Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni nazoratini kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5065-sonli Farmonini ijro etish maqsadida:
(1 — 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasini yanada rivojlantirish, 2017 — 2021-yillarda sohaga ilgʻor fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy- texnika bazasini yangilash, tarmoqqa xalqaro grantlarni jalb etish chora-tadbirlari Dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari masʼul ijrochilari zimmasiga 6-ilovada koʻrsatilgan chora- tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari, ularning vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan daʼvo va arizalari boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod etilsin.
6. Innovatsion rivojlanish agentligiga fundamental, amaliy va innovatsiyaviy davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini shakllantirishda, ularga yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini ilmiy boshqarish va meliorativ holatini yaxshilash hamda iqlimning oʻzgarishi hisobiga sugʻoriladigan yerlarning degradatsiyasiga uchrashining oldini olish boʻyicha innovatsiyaviy va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiquvchi ilmiy loyihalarni kiritishni taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kadastr agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
ikki oy muddatda yangilangan “xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari Klassifikatori” asosida yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning nazoratini kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyati boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashda oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, yoʻnalishlar, kasb va ixtisosliklari boʻyicha roʻyxatni belgilash, ularni amalga oshiradigan oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini aniqlash, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bilan bogʻliq korxonalar va tashkilotlarda oʻqitish, amaliyot oʻtkazish va tajriba orttirish majburiyatini hisobga olgan holda, ular boʻyicha taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va dasturlarini zamonaviy talab va xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, qaytadan tanqidiy koʻrib chiqsin;
har yili, ixtisoslashgan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul kvotasini shakllantirishda yer tuzish, geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida malakali kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni hisobga olsin;
oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tanlagan kasb va ixtisosliklari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining korxona va tashkilotlariga ishga joylashtirishni, avvalo oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlarining bu boradagi masʼuliyatlarini nazorat qilish va kuchaytirishning amaliy mexanizmini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-may,
PQ-3024-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qaroriga6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasini yanada rivojlantirish, 2017 — 2021-yillarda sohaga ilgʻor fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yangilash, tarmoqqa xalqaro grantlarni jalb etish