PQ-3076-son Qaror · 20.06.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3076
  • Qabul qilingan sana:20.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:27.06.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 25

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 14-dekabrdagi PQ-2679-sonli va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-sonli qarorlariga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 20-iyun,

PQ-3076-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ–3076-sonli qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada koʻpaytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Nomidagi “Davlat-tijorat” soʻzlari “Aksiyadorlik tijorat” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining (keyinchalik — Xalq banki)” soʻzlari bilan almashtirilsin.

3. 1-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining” soʻzlari “Xalq bankining” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. 3-banddagi “Davlat-tijorat Xalq bankining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. 4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Kuzatuv kengashi (B.A. Xodjayev) va Xalq banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda:”.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.