PQ-3064-son Qaror · 16.06.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2340-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3064
  • Qabul qilingan sana:16.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:27.06.2017
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 25

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining ulushini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2340-sonli qarorining 1-ilovasi 1-boʻlimining 26-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 16-iyun,

PQ-3064-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.