PQ-3066-son Qaror · 16.06.2017

Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuvi darajasini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3066
  • Qabul qilingan sana:16.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:03.07.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 26

[Koʻchirma]

Tijorat banklarining kapitallashuvi darajasini yanada qoʻllab-quvvatlash, bank tizimining moliyaviy barqarorligini oshirish hamda investitsiya loyihalari va tadbirkorlikni moliyalashtirishda ularning ishtirokini kengaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 2017-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ekvivalenti 500 mln. AQSH dollari miqdorida tijorat banklarining ustav kapitallarida davlat ulushini oshirish toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga muvofiq maʼqullansin.

Belgilansinki, mazkur qarorning ilovasiga muvofiq tijorat banklarining ustav kapitallariga yoʻnaltirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari, ularning ustav kapitallariga mablagʻlar tushgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha hisobga olinadi.

2. Mazkur qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushini shakllantirish va oshirish hisobiga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar, birinchi navbatda, 2017-2018-yillarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning tasdiqlangan manzilli dasturlarini moliyalashtirishga (birgalikda moliyalashtirishga) sarflanadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Markaziy bank bir hafta muddatda ilovaga muvofiq tijorat banklarining ustav kapitallariga mablagʻlar oʻtkazilishini taʼminlasin.

Bunda, tijorat banklarining aksiyalarini qoʻshimcha chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishiga qadar mablagʻlar, ularni keyinchalik aksiyalarni xarid qilishga yoʻnaltirgan holda “Aksiyalarga yozilish depoziti” tijorat banklarining maxsus hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki likvidlikning chuqur yetishmovchiligi yuzaga kelgan holda tijorat banklariga 3 oy muddatgacha taʼminotsiz kreditlarni berish mexanizmini joriy etsin. Belgilansinki, ushbu kreditlar faqat banklarning likvidligini taʼminlab turish, toʻlovlarning uzilmasligini taʼminlash maqsadida beriladi, ushbu resurslardan kreditlar berish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining taʼminotsiz kreditlarini olgandan soʻng mijozlarning toʻlovlarini uzluksiz amalga oshirishni taʼminlaolmagan tijorat banki ustidan Markaziy bank vasiylikka olish rejimini joriy etish huquqiga ega.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi belgilangan tartibda, mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan tijorat banklarining qoʻshimcha va yangi chiqarilgan aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.

8. Mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan tijorat banklari, ushbu qarordan kelib chiqadigan, ularning ustaviga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.

Vazirlik va idoralar ushbu qarorga oʻzining normativ-huquqiy hujjatlarini muvofiqlashtirsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 16-iyun,

PQ-3066-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PQ-3066-son qarorigaILOVA

2017-yilda ayrim tijorat banklarining ustav kapitallarini oshirish

mln AQSH dollari ekv. T/r Banklarning nomi 01.06.2017-yilgi ustav kapitali miqdori Ustav kapitalini qoʻshimcha koʻpaytirish 1. Oʻzbekiston Respublikasi TIF milliy banki 452 51 2. “Asaka” ATB 264 70 3. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 266 71 4. Xalq banki 134 65 5. “Qishloq qurilish bank” ATB 158 46 6. “Ipoteka-bank” ATIB 120 60 7. “Mikrokreditbank” ATB 91 30 8. “Agrobank” ATB 152 100 9. “Turonbank” ATB 26 7 Jami 1661 500

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.