PQ-3065-son Qaror · 16.06.2017

Tugatilgan “Motor zavodi” aksiyadorlik jamiyati mulki kompleksining bir qismini sotishda “Oʻzeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasini qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlovidan ozod etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3065
  • Qabul qilingan sana:16.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:27.06.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 25

Ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatdosh elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilishda “Oʻzeltexsanoat” AK faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2772-sonli qarorida nazarda tutilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi PQ-2123-sonli qarori bilan tugatilgan “Motor zavodi” AJning mulki kompleksining bir qismini investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda sotish;

tushgan mablagʻlarni tugatilgan “Motor zavodi” AJ kreditorlari talablarini qoplashga, elektrotexnika tarmogʻida yangi quvvatlar barpo etish, faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish boʻyicha investitsiya loyihalariga yoʻnaltirish;

b) Vazirlar Mahkamasining “Elektrmaishiy texnikalarni ishlab chiqarish va marketing qilish Markazini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-apreldagi 172-sonli qaroriga muvofiq “Motor zavodi” AJ mulki kompleksining bir qismini “Vedanta Production” MCHJ XKga sotishga ruxsat olingani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Tugatilgan “Motor zavodi” AJ mulki kompleksining bir qismini sotishda “Oʻzeltexsanoat” AK qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin, boʻshaydigan mablagʻlar elektrotexnika sanoatida yangi quvvatlar barpo etish, faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 16-iyun,

PQ-3065-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.