PQ-3097-son Qaror · 27.06.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2660-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3097
  • Qabul qilingan sana:27.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:03.07.2017
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 26

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2660-sonli qarorining ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2660-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 27-iyun,

PQ-3097-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ-3097-sonli qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2660-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartishlar

17-bandning:

ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasidan tashqari” soʻzlari chiqarib tashlansin;

uchinchi — yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransportlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (respublika hududidagi) — koʻp kvartirali uylar obyektlarini “tayyor holda topshirish” shartlarida qurish uchun “Oʻzshahar qurilish invest” IK va pudrat tashkilotlariga sotiladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransportlari hajmi boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yagona soliq toʻlovlaridan;

“Oʻzshahar qurilish invest” IK va bosh pudrat tashkilotlari — koʻp kvartirali uylar obyektlarini qurish uchun xorijdan keltiriladigan, xomashyolar, buyumlar, uzellar, konstruksiyalar, qurilish materiallari, qurilish texnikasi va asbob-uskunalar, shuningdek, ularga ehtiyot qismlar, avtotransport vositalari, yoʻl-qurilish texnikasi bilan birga belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha bojxona (bojxona rasmiylashtiruv yigʻimlaridan tashqari) toʻlovlaridan;

import qiluvchi tashkilotlar — “Oʻzshahar qurilish invest” IK va bosh pudrat tashkilotlariga import mahsulotlarini yetkazib berishda import qilinadigan qurilish materiallari, xomashyolar, buyumlar, uzel va konstruksiyalar, shu jumladan, yogʻoch-taxta materiallari va tom yopish uchun temir listlar, asbob-uskuna va ehtiyot qismlar, passajir liftlari va yakka tartibdagi qozonxonalar bojxona (bojxona rasmiylashtiruv yigʻimlaridan tashqari) toʻlovlaridan, shuningdek, qoʻshimcha qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yagona soliq toʻlovlaridan;

ishlarni (xizmatlar) bajarayotgan tashkilotlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari — Dasturni amalga oshirish qismida qoʻshimcha qiymat soligʻidan, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yagona soliq toʻlovlaridan;

““Oʻzshahar qurilish invest” IK — davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va barcha turdagi soliq toʻlovlaridan ozod etilsin”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.