PQ-3110-son Qaror · 05.07.2017

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3110
  • Qabul qilingan sana:05.07.2017
  • Kuchga kirgan sana:10.07.2017
  • Holati:Amalda

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati oʻrtasida 2015-yil 3-aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan xalqaro soliq qonunchiligi talablariga rioya qilishni yaxshilash va xorijiy moliya muassasalaridagi hisobraqamlarning soliq nazorati toʻgʻrisidagi Amerika Qoʻshma Shtatlari Qonunini amalga oshirish haqidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani yuborsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 5-iyul,

PQ-3110-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.