Import oʻrnini bosadigan va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada ragʻbatlantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni olib kiriladigan xomashyo va materiallar bilan taʼminlash boʻyicha qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, aholining isteʼmolga nisbatan talab-ehtiyojini qondirish maqsadida:
1. 2017-yilning 10-sentabridan boshlab:
tovarlarning ayrim turlariga nisbatan import boji stavkalari 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan aksizga tortiladigan tovarlarning aksiz soligʻi stavkalari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2017-yilning 10-sentabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-sentabr,
PQ-3254-son