F-5057-son Farmoyish · 15.09.2017

Respublika shaharlarida maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish boʻyicha klasterlarni tashkil etish doirasida olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika, texnologik uskuna hamda butlovchi buyumlarni olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod etish roʻyxatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmoyish
  • Raqami:F-5057
  • Qabul qilingan sana:15.09.2017
  • Kuchga kirgan sana:25.09.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 08/17/5057/0011

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-sonli qarorni ijro etish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim shaharlarida maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish klasterlarini tashkil etish boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining (keyingi oʻrinlarda — loyihalar tashabbuskorlari) roʻyxati maʼqullandi.

loyihalar tashabbuskorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki moliyalashtiradigan maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish uchun ishlatiladigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika, texnologik uskunalar va butlovchi buyumlarni xarid qilish boʻyicha Xitoy Xalq Respublikasining yetkazib beruvchilari bilan shartnomalar tuzilgan.

2. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim shaharlarida chiqindilarni yigʻish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va koʻmish boʻyicha klasterlarni tashkil etish doirasida olib kiriladigan, maishiy chiqindilar bilan bogʻlik ishlarning texnologik jarayonlarida ishlatiladigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika, texnologik uskunalar, butlovchi buyumlarning roʻyxati tasdiqlandi hamda 1- va 2-ilovalarga muvofiq 2022-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etildi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur farmoyish bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq loyiha tashabbuskorlari tomonidan olib kelinadigan maxsus texnika, texnologik uskunalar, butlovchi buyumlarni maqsadli ishlatilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.

Belgilansinki, ushbu farmoyish bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga muvofiq olib kelinadigan maxsus texnika, texnologik uskunalar, butlovchi buyumlarni maqsaddan tashqari ishlatish holatlarida, qonun hujjatlariga muvofiq, taqdim etilgan bojxona imtiyozlari bilan bogʻlik toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi moliyaviy sanksiyalarni koʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirib olinadi.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 15-sentabr,

F-5057-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi F-5057-son Farmoyishiga1-ILOVA

2022-yilning 1-yanvarigacha loyiha tashabbuskorlari tomonidan olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladigan maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarning texnologik jarayonlarida ishlatiladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnikalar

* Mahsulotlarning TIF TN boʻyicha yakuniy kodlari ularni bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida aniqlanadi.

** Loyiha tashabbuskori “Andijon Special Eco Trans” MChJ tomonidan olib kiriladigan maishiy chiqindilar bilan bogʻlik ishlar maxsus texnikasidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, Ohangaron va Angren shaharlarida sanitariya jihatidan tozalash hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish xizmatlarini koʻrsatish uchun foydalaniladi. Toshkent viloyatidagi “Andijon Special Eco Trans” MChJ uchun zarar yer uchastkalari va infratuzilma obyektlari ajratish Toshkent viloyati hokimligi tomonidan taʼminlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi F-5057-son Farmoyishiga2-ILOVA

2022-yilning 1-yanvarigacha loyiha tashabbuskorlari tomonidan olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladigan maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarning texnologik jarayonlarida ishlatiladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik uskunalar va butlovchi buyumlar

* Mahsulotlarning TIF TN boʻyicha yakuniy kodlari ularni bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida aniqlanadi.

** Loyiha tashabbuskori “Andijon Special Eco Trans” MChJ tomonidan maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash boʻyicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi qismlar va materiallar Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, Ohangaron va Angren shaharlarida maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash va realizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Toshkent viloyatida “Andijon Special Eco Trans” MChJ uchun zarar yer uchastkalari va infratuzilma obyektlari ajratish Toshkent viloyati hokimligi tomonidan taʼminlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.