[Koʻchirma]
Insonparvarlik, shuningdek inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, kadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlarini oliy qadriyat deb tan olish kabi umuminsoniy va konstitutsiyaviy prinsiplarning amalda taʼminlanishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar va yangilanishlarning asosidir.
Qonunni buzgan, biroq oʻz qilmishining huquqqa xilofligini anglagan va tuzalish yoʻliga oʻtganligini qatʼiyatlik bilan namoyon qilgan shaxslarga jamiyat va oʻz oilasi davrasiga qaytish imkonining berilishi, oʻzbek xalqining kechirimlilik, rahmdillik va bagʻrikenglik kabi azaliy qadriyatlarining roʻyobga chiqarilishi hisoblanadi.
Mahkumlarni afv etish, yaʼni shaxsni jazodan ozod qilish yoki unga nisbatan tayinlangan jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish yuqorida sanab oʻtilgan prinsip va anʼanalarning bir koʻrinishi sifatida namoyon boʻladi.
Shu bilan birga, aholi bilan ochiq muloqot natijalari shundan dalolat bermoqdaki, sud amaliyotida jazoning sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib boʻlishi, mahkumning shaxsini tavsiflovchi va aybini yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olish yetarlicha toʻliq taʼminlanmayapti.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 274 ta jinoyat ishlari boʻyicha ayblov qayta malakalanganligi, jinoyat ishlarining 50 tasi qonun oʻzgarishi, 805 tasi javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketganligi, 26 tasi qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligi munosabati bilan tugatilganligi bu haqda guvohlik bermoqda.
Yuqorida bayon etilganlarni, jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlarning afv etish haqida iltimosnomalar bilan qilgan murojaatlarini inobatga olib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan:
1. Jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlar shaxsini va ularga oid materiallarni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhlar) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
2. Maxsus komissiya (I.B. Abdullayev):
jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlar (keyinchalik — mahkumlar) shaxsini va ularga oid materiallarni joylarda ishchi guruhlar tomonidan sinchkovlik bilan, shu jumladan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazish yoʻli bilan oʻrganilishini tashkil qilsin;
amalga oshirilgan ishlar natijasi boʻyicha 2017-yil 10-noyabrga kadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish uchun tegishli takliflar va materiallarni, shu jumladan mahkumlarni afv etish haqidagi iltimosnomalarni taqdim etsin.
3. Ishchi guruhlar 2017-yil 30-oktabrga qadar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining muassasalariga borib, mahkumlarga oid shaxsiy jildlarni, materiallarni va ularning shaxsini sinchkovlik bilan, shu jumladan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazish orqali oʻrgansinlar va bunda quyidagilarga:
sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga, shu jumladan mahkumning jinoyat sodir etilishidagi ishtiroki darajasiga;
mahkumning qilmishiga chin koʻngildan pushaymonligiga;
jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararning qoplanishiga, boshqa oqibatlarning bartaraf qilinishiga, shuningdek aybni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi boshqa holatlarning mavjudligiga;
sudlanganlik holatining mavjudligiga, shu jumladan sudlanganlikning tugallanganligi yoki olib tashlanganligiga;
mahkumning shaxsini tavsiflovchi maʼlumotlarga, uning yoshi, sogʻligining holati, oilaviy ahvoliga (qaramogʻida voyaga yetmagan farzandlar, mehnatga qobiliyatsiz er (xotin) va (yoki) keksa yoshdagi ota-onasi mavjudligiga);
jazoning sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosibligiga alohida eʼtibor qaratsinlar;
b) amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Maxsus komissiyaga tegishli takliflar va materiallarni, shu jumladan mahkumlarni afv etish haqidagi iltimosnomalarni taqdim etsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari boʻyicha komissiya (A.X.Shadmanov) 2017-yil 20-noyabrga qadar Maxsus komissiya tomonidan afv etish haqidagi iltimosnomalar bilan taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqsin va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan mahkumlarni afv etish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
6. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-sentabr,
F-5071-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi F-5071-son farmoyishiga 1-ILOVA
Jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash boʻyicha maxsus komissiya
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi F-5071-son farmoyishiga 2-ILOVA
Jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan mahkumlar shaxsini va ularga oid materiallarni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar
1-Ishchi guruh (Toshkent shahri va Toshkent viloyati) 1. Samadov S.I. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari 2. Rasulov R.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi inspektori 3. kelishuv asosida — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi 4. Bazarov J.Sh. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari 5. Karimov B.B. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma katta prokurori 6. Eshankulov S.B. — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi 7. Nazarov Z.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi 8. Xudayarov K.M. — Oʻzbekiston Respublikasi IIV JIEBB boshqarma boshligʻi oʻrinbosari 9. Xaydarov A.A. — Oʻzbekiston Respublikasi IIV JIEBB boʻlinma boshligʻi 2-Ishchi guruh (Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Fargʻona viloyatlari) 1. Xafizov R.F. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi inspektori 2. kelishuv asosida — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi 3. Arabov O.J. — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi 4. Jalov L.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma katta prokurori 5. Mirabidov S.Sh. — Oʻzbekiston Respublikasi IIV JIEBB boʻlim boshligʻi 3-Ishchi guruh (Qoraqalpogʻiston R�spublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlari) 1. Abdullayev G.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi inspektori 2. kelishuv asosida — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi 3. Muminov B.M. — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi 4. Raximov D.F. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari 5. Xamrakulova D.S. — Oʻzbekiston Respublikasi IIV JIEBB boʻlinma boshligʻi 4-Ishchi guruh (Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari) 1. Usmanov S.X. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni yetakchi inspektori 2. kelishuv asosida — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi 3. Nazarov V.M. — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi katta konsultanti 4. Fozilov X.X. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma katta prokurori 5. Muxammadiyev O.B. — Oʻzbekiston Respublikasi IIV JIEBB katta inspektori