Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarur uskunalar va butlovchi buyumlar, unga xomashyo va materiallarni import boʻyicha olib kirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh yuqori sifatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, aholining isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojini qanoatlantirish hamda ichki bozordagi narx-navoning oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
1. 2017-yilning 1-oktabridan boshlab:
import bojxona boji stavkalari 1-ilovaga* muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2017-yilning 1-oktabridan boshlab 3-ilovaga* muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Koʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-sentabr,
PQ-3303-son