PQ-3297-son Qaror · 29.09.2017

Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida davlat aktivlarini sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3297
  • Qabul qilingan sana:29.09.2017
  • Kuchga kirgan sana:05.10.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3297/0064

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyatini ragʻbatlantirish, samarasiz faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarini xususiylashtirish, xususiy tibbiy xizmatlar sektorini kengaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining samarasiz faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini xususiylashtirish tartibida, xususiy tibbiy xizmatlar ulushini yanada koʻpaytirish uchun tadbirkorlik subyektlariga sotish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.

2. Davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida, ularning faoliyat turini 10 yil mobaynida saqlab qolish sharti bilan savdolarda sotiladigan davlat tibbiyot tashkilotlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, savdo shartlariga koʻra qatnashchilarning takliflari bir xil boʻlgan hollarda xususiylashtirish jarayonida davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida sotilayotgan davlat tibbiyot tashkiloti mehnat jamoasining aʼzosi boʻlgan savdo qatnashchisiga afzallik beriladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:

ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini baholash, savdoga qoʻyish va tadbirkorlik subyektlariga sotish reja-jadvali tasdiqlanishini taʼminlasin;

keyinchalik ularning negizida zamonaviy tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi xususiy tibbiyot tashkilotlarini barpo etib, ulardagi ish joylarini saqlab qolgan holda davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini sotish shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot tashkilotlarining tuzilmasini yanada optimallashtirish va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 37-son, 429-modda) 4-ilovasining 11 — 13, 23 — 33, 43, 45 — 55, 61, 73 — 78, 81, 82, 88, 94, 100, 104, 106, 119, 120, 122, 124, 125, 131, 138, 139-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 29-sentabr,

PQ-3297-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3297-son qarorigaILOVA

Davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida, ularning faoliyat turini 10 yil mobaynida saqlab qolish sharti bilan savdolarda sotiladigan davlat tibbiyot tashkilotlari

* Ijara shartnomasi asosida binolarda joylashgan davlat tibbiyot tashkilotlari.

Izoh.

Davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlari ular negizida zamonaviy tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish sharti bilan xususiylashtirish tartibida sotiladi.

Davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida sotiladigan davlat tibbiyot tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakli yangi mulkdor tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirilishi mumkin.

Balans saqlovchilar obyektlarni belgilangan tartibda yangi mulkdorga topshirgunga qadar ularning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.