PQ-2822-son Qaror · 09.03.2017

2017-2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib olishni koʻpaytirish Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2822
  • Qabul qilingan sana:09.03.2017
  • Kuchga kirgan sana:09.03.2017
  • Holati:Amalda

[Koʻchirma]

Aholining va mamlakat iqtisodiyotining uglevodorodlarga boʻlgan ehtiyojini barqaror taʼminlash, neftgaz tarmogʻining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini turgʻun rivojlantirish va oshirib borish, istiqbolli maydonlar va konlarda quduqlar va obyektlar qurishni jadallashtirish yoʻli orqali uglevodorod qazib olish hajmlarini yanada barqaror saqlab turish hamda oshirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish hisobiga ularni jihozlash maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ustyurt, Buxoro-Xiva, Surxondaryo va Fargʻona neftgaz va gazkondensat konlarida uglevodorodlarni qazib olish hajmlarini barqaror saqlab turish va yanada oshirish uchun 2017 — 2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib olishni koʻpaytirish Dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqildi;

“Oʻzbekneftgaz” MXK va “Gazprombank” AJ oʻrtasida oʻzaro kelishilgan shartlarda Dasturni birgalikda moliyalashtirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-sentabrdagi PQ-2607-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan “Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida, shuningdek, Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarini oʻrganish geologiya qidiruv ishlarini olib borish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzbekneftgaz” MXK va “Gazprom” JAJ (Rossiya) kompaniyasining — hamkor “Gas Project Development Central Asia AG” kompaniyalari tomonidan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Natural Gas Stream” qoʻshma korxonasi (keyingi oʻrinlarda — qoʻshma korxona) tashkil etildi;

Dasturni amalga oshirish “Oʻzbekneftgaz” MXK milliy valyutadagi oʻz mablagʻlari hisobidan, shuningdek, Dastur boʻyicha ishlarni amalga oshirishni tashkil etish va xorijiy valyutada belgilangan xarajatlar qismida ularni moliyalashtirish uchun xorijiy korxonani jalb etish hisobiga amalga oshiriladi;

tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishga oid tanlov savdolarini oʻtkazish qoʻshma korxonaning ichki nizomiga muvofiq tanlov komissiyasi tarkibida “Oʻzbekneftgaz” MXK vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

2. 2017 — 2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib olishni koʻpaytirish Dasturi:

2017 — 2021-yillarda neftgaz konlarini qurish va jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini oʻz ichiga olgan holda tasdiqlansin;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Dasturning amalga oshirilishi, jalb qilinayotgan kreditlardan maqsadli va samarali ishlatilishi, zarur hollarda Dastur parametrlariga aniqlik va tuzatishlar kiritilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

“Oʻzbekneftgaz” AJ (A. Sultanov) va “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ (D. Xaqberdiyev) rahbarlari zimmasiga, Dasturni amalga oshirish boʻyicha biznes-reja doirasida tasdiqlanadigan chora-tadbirlar rejalarini oʻz ichiga olgan holda Dasturning asosiy parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)

3. “Oʻzbekneftgaz” MXK ikki oy muddatda:

“Oʻzbekneftgaz” MXK va qoʻshma korxona masʼuliyatini aniq koʻrsatib beradigan Dasturni amalga oshirish mexanizmini;

“Oʻzbekneftgaz” MXK tashkilotlari tomonidan 2017-yilda eksport qilish uchun qoʻshma korxonaga sotiladigan tabiiy gaz hajmlari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish shartlarini hisobga olgan holda bajariladigan ishlar hajmlari va narxlarini;

2018-yildan boshlab toki kreditlar va ularning foizlari, shuningdek, Dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq uzilgunicha, keyinchalik eksport qilish uchun qoʻshma korxonaga “Oʻzbekneftgaz” MXK tashkilotlari tomonidan sotiladigan tabiiy gaz hajmlari, xorijiy kreditlarni jalb etish shartlarini hisobga olgan holda bajarilgan ishlarning har yilgi hajmlari va narxlarini belgilash, kelishish va tasdiqlash tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)

5. Dasturni amalga oshirish doirasida “Oʻzbekneftgaz” MXKning:

Dastur chora-tadbirlarini bajarish uchun “Oʻzbekneftgaz” MXK tashkilotlarining, ularni modernizatsiya qilish va qoʻshimcha jihozlashni nazarda tutgan holda mavjud quvvatlari, uskunalari va maxsus texnikasini jalb qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

7. “Oʻzbekneftgaz” AJga, uning tarkibiy boʻlinmalariga, qoʻshma korxona va moliyalashtirayotgan bankka, istisno tariqasida, Dasturni amalga oshirish doirasida:

(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)

ish hujjatlari asosida — obyektlarni qurish uchun loyiha hujjatlarini bir bosqichli tartibda ishlab chiqish;

2018-yilning 1-yanvarigacha loyihalashtirish, muhandislik ishlari, texnik xizmat koʻrsatish, sogʻliqni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va atrof muhitni asrash boʻyicha xalqaro normalar va standartlar talablariga muvofiq obyektlarni bir vaqtning oʻzida qurish hamda ulardan foydalanishni amalga oshirishga;

tuzilgan uch tomonlama shartnomalarga muvofiq, qurilishi tugallangan obyektlarni “Oʻzbekneftgaz” AJ tashkilotlariga topshirishga ruxsat etilsin.

(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)

9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tasdiqlanadigan, qoʻshma korxonaning talabnomalariga koʻra Dasturni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)

10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tasdiqlanadigan, qoʻshma korxonaning talabnomalariga koʻra Dasturni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik propiska va vaqtinchalik propiska muddatini uzaytirishni taʼminlasin.

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)

11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi mahalliy mutaxassislar boʻlmagan holda qoʻshma korxonaga belgilangan tartibda turdosh mutaxassisliklar boʻyicha xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini, shuningdek, qoʻshma korxonaning talabnomalariga koʻra — xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 9-mart,

PQ-2822-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi PQ-2822-son qaroriga1-ILOVA

2017 — 2021-yillarda neftgaz konlarini qurish va jihozlash boʻyicha

Izoh. Ishlar hajmi va qiymati Dasturni amalga oshirish davomida hamda tanlov savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.