PQ-2812-son Qaror · 02.03.2017

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2812
  • Qabul qilingan sana:02.03.2017
  • Kuchga kirgan sana:02.03.2017
  • Holati:Amalda

2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurilishiga doir dasturiy chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish va qishloq joylarda aholining keng qatlamlari uchun zamonaviy, qulay uy-joylar mavjudligini oshirish orqali ularning hayot sifati yaxshilanishini taʼminlash maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi qarori bilan quyidagilar tasdiqlangan:

2017-yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining umumiy va asosiy koʻrsatkichlari;

2017-yilda uy-joy massivlari uchun muhandislik-transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha umumiy koʻrsatkichlar.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ, “Qishloqqurilishbank” ATB, “Ipoteka-Bank” ATIB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Xalq banki” AT, “Asakabank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (keyingi oʻrinlarda — ishtirokchi tijorat banklari) tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) maʼqullansin, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish dasturining hududlar kesimidagi umumiy va asosiy koʻrsatkichlari, 1, 1.1 — 1.4-ilovalarga muvofiq;

2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida muhandislik-transport, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini qurishning hududlar kesimidagi umumiy va asosiy koʻrsatkichlari, 2, 2.1 — 2.4 va 3-ilovalarga muvofiq.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ, “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va ishtirok etuvchi tijorat banklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlariga Dastur koʻrsatkichlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.

3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) bilan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) ikkinchi bosqichini moliyalashtirish uchun 500,0 mln. AQSH dollari miqdorida OTB qarzini jalb qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Moliyalashtirish mexanizmi — natijalarga asoslangan kreditlash boʻlib, qarzning qaytarish muddati 18 yilni, shundan 3 yili imtiyozli davrni tashkil etadi.

Shu bilan birga, 499,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarz Dastur doirasida ipoteka kreditlarini berish uchun kredit liniyasini ochishga hamda 1,0 mln. AQSH dollari — salohiyatni rivojlantirish va loyihani boshqarishda koʻmaklashishga yoʻnaltiriladi.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi — Dastur doirasida loyihaning amalga oshirilishini umumiy muvofiqlashtirish va monitoring qilish, OTB mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek OTB ishtirokida salohiyatni rivojlantirish va loyihani boshqarishda koʻmaklashish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ etib belgilansin;

“Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka-bank” ATIB, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi — Dasturni amalga oshirish va monitoring qilish boʻyicha agentlari sifatida belgilansin;

OTB qarzini qaytarish, shuningdek, u boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka-bank” ATIB mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

5. Quyidagilar:

2017 ― 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini moliyalashtirish manbalari, 4-ilovaga muvofiq;

“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi boʻyicha OTB qarzini taqsimlash va qaytarish sxemasi, 5-ilovaga muvofiq;

OTB qarzini olish bilan bogʻliq indikatorlarga erishish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar majmuasi, 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan loyihaning ikkinchi bosqichi boʻyicha qarz bitimini hamda “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka-bank” ATIB bilan OTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash vakolati berilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi OTBdan 2017-yilda olinadigan 100,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi avans mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan maxsus maqsadli hisob raqamiga joylashtirsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasidagi qarz bitimi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka-bank” ATIB oʻrtasidagi OTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha yuridik xulosalar bersin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturini amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 11-yanvardagi PQ-1683-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi amaldagi loyihani amalga oshirish guruhi loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish guruhiga aylantirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurishda pudratchi tashkilotlarni hamda qurilish materiallari va uskunalarini yetkazib beruvchilarni aniqlash boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.

10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hamda “Oʻzgidromet” markazi bilan birgalikda har yili 1-mayga qadar, keyinchalik “Qishloq qurilish invest” IK MCHJga uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarini qurish uchun berish maqsadida, tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish imkoniyati mavjud boʻlgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va oʻrmon fondi toifasiga kirmaydigan, shuningdek sugʻorilmaydigan va unumdorligi past boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidan himoya choralari talablariga mosligini hamda iqlim oʻzgarishlari, tabiiy ofatlar (favqulodda vaziyatlar) xavfiga moyilligini baholash nuqtai nazaridan yer massivlarini tanlashni amalga oshirsin.

11. OTB ishtirokidagi Dasturni amalga oshirish davrida, shuningdek kafolat muddati davomida quyidagilar ozod etilsin:

yuridik shaxslarning foyda soligʻidan — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (loyiha ijrochilari);

jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan — Dasturni amalga oshirishda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar;

qoʻshilgan qiymat soligʻidan — Dasturni amalga oshirish doirasida olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).

Belgilansinki, yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlarni taqdim etish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining ushbu loyihani amalga oshirishdagi hissasi hisoblanadi.

12. 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish Dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi 7-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov) quyidagilarning aniq muvofiqlashtirilishini taʼminlasin:

2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish Dasturining amalga oshirilishi;

OTB qarzini olish bilan bogʻliq indikatorlarga erishish qismida tashkiliy-texnik tadbirlar Kompleksini amalga oshirish boʻyicha investitsiya jarayonining barcha ishtirokchilari oʻzaro hamkorligi, 6-ilovaga muvofiq.

13. Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining talabnomalari asosida Dastur ijrosida ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarini, konsullik va boshqa yigʻimlarsiz rasmiylashtirishni taʼminlasin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining talabnomalari asosida Dastur ijrosida ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislar uchun koʻp martalik vizalarni berish va ularni uzaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddati uzaytirilishini davlat bojlari undirilmasdan taʼminlash topshirilsin.

15. Mehnat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining talabnomalari asosida Dasturni amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmagan) xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatilgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.

17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 2-mart,

PQ-2812-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga1-ILOVA

2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining

Hududlar nomiUy-joylar soni (dona)Shu jumladan:Hisoblangan xarajatlar qiymati (mlrd. soʻm)Shundan:2017-yil2018-yil2019-yil2020-yil2021-yilquruvchilarning ulushikreditlash uchun tijorat banklariga yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar, shu jumladan, XMI mablagʻlaritijorat banklari uchun kredit tarmoqlaritijorat banklarining mablagʻlari, shu jumladan, ilgari berilgan kreditlarning qaytarilishiJAMI75 00015 00015 00015 00015 00015 00010 371,02 004,33 377,03 391,91 597,9shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasi4 810962962962962962629,1114,5209,7205,399,6Andijon viloyati5 8251 1651 1651 1651 1651 165779,6143,1262,7249,6124,3Buxoro viloyati5 7101 1421 1421 1421 1421 142881,9190,3276,0285,9129,7Jizzax viloyati4 540908908908908908580,6102,9197,9185,893,9Qashqadaryo viloyati7 6151 5231 5231 5231 5231 5231 100,6221,6351,2362,0165,8Navoiy viloyati5 9251 1851 1851 1851 1851 185792,6148,9255,1267,4121,2Namangan viloyati5 9201 1841 1841 1841 1841 184776,7141,1257,1256,4122,1Samarqand viloyati8 7901 7581 7581 7581 7581 7581 198,8228,1388,4398,1184,1Surxondaryo viloyati5 0451 0091 0091 0091 0091 009654,6119,2220,7210,0104,7Sirdaryo viloyati4 520904904904904904585,3103,8198,0189,594,0Toshkent viloyati5 3751 0751 0751 0751 0751 075864,5191,6270,7275,4126,7Fargʻona viloyati6 1401 2281 2281 2281 2281 228866,5171,2277,1287,2131,1Xorazm viloyati4 785957957957957957660,3128,0212,4219,3100,6

* Loyiha turlari boʻyicha uy-joylar soni ularga boʻlgan talabni oʻrganish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

** Uy-joylarning hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga1.1-ILOVA

2018-yil uchun qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining

Hududlar nomiUy-joylar soni(dona)Shu jumladan:Xarajatlarning qiymati (mlrd. soʻm)Shundan:2, 3 qavatli 3 podyezdli koʻp kvartirali uylar (2, 3 xonali) uylarBir qavatli 2, 3 xonali uylar (0,02 ga)2 qavatli, 4 xonali, tutash holda qurilgan (blokli) turar joy uylari (0,04 ga)quruvchilarning ulushikreditlash uchun tijorat banklariga yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar, shu jumladan, XMI mablagʻlaritijorat banklari uchun kredit tarmoqlaritijorat banklarining mablagʻlari, shu jumladan, ilgari berilgan kreditlarning qaytarilishiJami15 0005 9845 3443 6721 914,0353,9703,0545,6311,5shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasi962480318164117,120,543,533,819,3viloyatlar:Andijon1 165384507274148,627,354,742,424,2Buxoro1 142352280510162,133,657,944,925,7Jizzax908512230166110,719,641,031,918,2Qashqadaryo1 523432643448201,038,373,356,932,5Navoiy1 185560473152141,123,952,841,023,4Namangan1 184512500172142,824,653,341,423,6Samarqand1 758688740330217,738,780,762,635,8Surxondaryo1 009624179206124,022,345,835,520,3Sirdaryo904368386150110,519,341,131,918,2Toshkent1 075208267600161,835,257,044,325,3Fargʻona1 228448480300157,029,057,744,825,6Xorazm957416341200119,521,644,134,219,6

* Loyiha turlari boʻyicha uy-joylar soni ularga boʻlgan talabni oʻrganish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

** Uy-joylarning hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga1.2-ILOVA

2019-yil uchun qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining

Hududlar nomiUy-joylar soni (dona)Shu jumladan:Xarajatlarning qiymati (mlrd. soʻm)Shundan:2, 3 qavatli 3 podyezdli koʻp kvartirali uylar (2, 3 xonali) uylarBir qavatli 2, 3 xonali uylar (0,02 ga)2 qavatli, 4 xonali, tutash holda qurilgan (blokli) turar joy uylari (0,04 ga)quruvchilarning ulushikreditlash uchun tijorat banklariga yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar, shu jumladan, XMI mablagʻlaritijorat banklari uchun kredit tarmoqlaritijorat banklarining mablagʻlari, shu jumladan, ilgari berilgan kreditlarning qaytarilishiJami15 0005 9845 3443 6722 009,7371,6737,0583,9317,2shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasi962480318164122,921,645,636,119,6viloyatlar:Andijon1 165384507274156,128,657,345,424,7Buxoro1 142352280510170,235,360,748,126,1Jizzax908512230166116,220,643,034,118,5Qashqadaryo1 523432643448211,040,276,960,933,1Navoiy1 185560473152148,225,155,443,923,8Namangan1 184512500172150,025,855,944,324,0Samarqand1 758688740330228,640,684,667,036,4Surxondaryo1 009624179206130,223,548,038,020,7Sirdaryo904368386150116,020,343,134,118,5Toshkent1 075208267600169,936,959,847,425,7Fargʻona1 228448480300164,930,560,547,926,0Xorazm957416341200125,522,646,336,719,9

* Loyiha turlari boʻyicha uy-joylar soni ularga boʻlgan talabni oʻrganish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

** Uy-joylarning hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga1.3-ILOVA

2020-yil uchun qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining

Hududlar nomiUy-joylar soni(dona)Shu jumladan:Xarajatlarning qiymati (mlrd. soʻm)Shundan:2, 3 qavatli 3 podyezdli koʻp kvartirali uylar (2, 3 xonali) uylarBir qavatli 2, 3 xonali uylar (0,02 ga)2 qavatli, 4 xonali, tutash holda qurilgan (blokli) turar joy uylari (0,04 ga)quruvchilarning ulushikreditlash uchun tijorat banklariga yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar, shu jumladan, XMI mablagʻlaritijorat banklari uchun kredit tarmoqlaritijorat banklarining mablagʻlari, shu jumladan, ilgari berilgan kreditlarning qaytarilishiJami15 0005 9845 3443 6722 110,2390,2773,0624,5322,5shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasi962480318164129,122,647,838,620,0viloyatlar:Andijon1 165384507274163,930,160,148,625,1Buxoro1 142352280510178,737,063,751,426,6Jizzax908512230166122,121,645,136,518,8Qashqadaryo1 523432643448221,642,280,665,133,6Navoiy1 185560473152155,626,458,146,924,2Namangan1 184512500172157,427,158,647,324,4Samarqand1 758688740330240,042,688,771,737,0Surxondaryo1 009624179206136,724,650,440,721,0Sirdaryo904368386150121,821,345,236,518,9Toshkent1 075208267600178,438,862,750,726,2Fargʻona1 228448480300173,132,063,451,226,5Xorazm957416341200131,723,848,539,220,2

* Loyiha turlari boʻyicha uy-joylar soni ularga boʻlgan talabni oʻrganish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

** Uy-joylarning hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga1.4-ILOVA

2021-yil uchun qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining

Hududlar nomiUy-joylar soni (dona)Shu jumladan:Xarajatlarning qiymati (mlrd. soʻm)Shundan:2, 3 qavatli 3 podyezdli koʻp kvartirali uylar (2, 3 xonali) uylarBir qavatli 2, 3 xonali uylar (0,02 ga)2 qavatli, 4 xonali, tutash holda qurilgan (blokli) turar joy uylari (0,04 ga)quruvchilarning ulushikreditlash uchun tijorat banklariga yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar, shu jumladan, XMI mablagʻlaritijorat banklari uchun kredit tarmoqlaritijorat banklarining mablagʻlari, shu jumladan, ilgari berilgan kreditlarning qaytarilishiJami15 0005 9845 3443 6722 215,7409,7814,0653,4338,6shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasi962480318164135,523,850,440.421,0viloyatlar:Andijon1 165384507274172,131,663,350,826,3Buxoro1 142352280510187,738,967,153,827,9Jizzax908512230166128,222,747,538,119,8Qashqadaryo1 523432643448232,744,384,968,135,3Navoiy1 185560473152163,427,761,249,125,4Namangan1 184512500172165,328,461,749,525,7Samarqand1 758688740330252,044,893,475,038,9Surxondaryo1 009624179206143,525,953,042,622,1Sirdaryo904368386150127,922,347,638,219,8Toshkent1 075208267600187,340,766,153,027,5Fargʻona1 228448480300181,833,666,853,627,8Xorazm957416341200138,325,051,141,021,3

* Loyiha turlari boʻyicha uy-joylar soni ularga boʻlgan talabni oʻrganish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

** Uy-joylarning hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga2-ILOVA

2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida muhandislik va transport infratuzilmasini qurish boʻyicha

Muhandislik kommunikatsiyalarining nomi2017-yil2018-yil2019-yil2020-yil2021-yilkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmSuv taʼminoti tarmoqlari415,338,8436,148,6457,953,5480,859,0504,965,1Podyezd va ichki avtomobil yoʻllari260,3101,2273,3111,6287,0123,0301,3135,7316,4149,6Elektr taʼminoti tarmoqlari291,530,7306,134,2321,437,7337,541,6354,345,8Gaz taʼminoti tarmoqlari316,819,7332,621,9349,324,1366,726,6385,129,3

*Koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga2.1-ILOVA

2017 — 2021-yillarda qishloq hududlaridagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida ichimlik suv taʼminoti inshootlarini qurishning

Hududlar nomiSuv taʼminoti tarmoqlari2017-yil2018-yil2019-yil2020-yil2021-yilkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmJami415,338,8436,148,6457,953,5480,859,0504,965,1shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasi14,51,415,31,716,01,916,82,117,72,3Andijon viloyati32,23,033,83,835,54,237,34,639,15,0Buxoro viloyati30,52,932,03,633,63,935,34,337,14,8Jizzax viloyati26,92,528,23,129,73,531,13,832,74,2Qashqadaryo viloyati60,25,663,27,066,37,869,68,573,19,4Navoiy viloyati32,63,034,23,835,94,237,74,639,65,1Namangan viloyati42,84,044,95,047,25,549,56,152,06,7Samarqand viloyati37,53,539,44,441,34,843,45,345,65,9Surxondaryo viloyati22,92,124,02,725,23,026,53,327,83,6Sirdaryo viloyati15,21,416,01,816,82,017,62,218,52,4Toshkent viloyati39,23,741,24,643,25,145,45,647,66,1Fargʻona viloyati30,92,932,43,634,04,035,74,437,54,8Xorazm viloyati30,02,831,53,533,13,934,74,336,54,7

* Koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga2.2-ILOVA

2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida kirish va ichki avtomobil yoʻllarini qurishning

Hududlar nomiPodyezd va ichki avtomobil yoʻllari2017-yil2018-yil2019-yil2020-yil2021-yilkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmJami260,3101,2273,3111,6287,0123,0301,3135,7316,4149,6shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasi14,55,615,26,215,96,816,77,517,68,3Andijon viloyati18,87,319,78,020,78,921,79,822,810,8Buxoro viloyati19,07,420,08,120,99,022,09,923,110,9Jizzax viloyati15,05,815,86,416,57,117,47,818,28,6Qashqadaryo viloyati23,89,325,010,226,211,227,612,428,913,7Navoiy viloyati22,98,924,09,825,210,826,511,927,813,2Namangan viloyati18,37,119,27,820,28,721,29,522,210,5Samarqand viloyati32,812,834,414,136,215,538,017,139,918,8Surxondaryo viloyati20,88,121,88,922,99,824,110,825,312,0Sirdaryo viloyati12,85,013,45,514,16,114,86,715,67,4Toshkent viloyati23,19,024,39,925,510,926,712,028,113,3Fargʻona viloyati18,77,319,68,020,68,821,69,722,710,7Xorazm viloyati19,97,720,98,521,99,423,010,424,211,4

* Koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga2.3-ILOVA

2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida elektr taʼminoti obyektlarini qurishning

Hududlar nomiElektr taʼminoti tarmoqlari2017-yil2018-yil2019-yil2020-yil2021-yilkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmJami291,530,7306,134,2321,437,7337,541,6354,345,8shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasi16,11,716,91,917,72,118,62,319,52,5Andijon viloyati22,72,423,82,725,02,926,23,227,53,6Buxoro viloyati22,72,423,82,725,02,926,23,227,53,6Jizzax viloyati15,21,616,01,816,82,017,62,218,52,4Qashqadaryo viloyati31,53,333,03,734,74,136,44,538,24,9Navoiy viloyati23,22,424,42,725,63,026,93,328,23,6Namangan viloyati21,52,322,62,523,72,824,93,126,13,4Samarqand viloyati32,83,534,43,836,24,238,04,739,95,2Surxondaryo viloyati25,42,726,73,028,03,329,43,630,94,0Sirdaryo viloyati12,91,413,51,514,21,714,91,815,72,0Toshkent viloyati23,52,524,72,825,93,027,23,428,63,7Fargʻona viloyati22,02,323,12,624,32,825,53,126,73,5Xorazm viloyati22,22,323,32,624,52,925,73,227,03,5

* Koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga2.4-ILOVA

2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida gaz taʼminoti obyektlarini qurishning

Hududlar nomiGaz taʼminoti tarmoqlari2017-yil2018-yil2019-yil2020-yil2021-yilkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmkmmlrd. soʻmJami316,819,7332,621,9349,324,1366,726,6385,129,3shu jumladan:Qoraqalpogʻiston Respublikasi21,11,322,21,523,31,624,41,825,62,0Andijon viloyati27,81,729,21,930,62,132,22,333,82,6Buxoro viloyati33,42,135,12,336,82,538,72,840,63,1Jizzax viloyati15,51,016,31,117,11,217,91,318,81,4Qashqadaryo viloyati30,31,931,82,133,42,335,12,536,82,8Navoiy viloyati30,31,931,82,133,42,335,12,536,82,8Namangan viloyati20,81,321,81,422,91,624,11,725,31,9Samarqand viloyati34,22,135,92,437,72,639,62,941,63,2Surxondaryo viloyati22,41,423,51,524,71,725,91,927,22,1Sirdaryo viloyati15,30,916,11,116,91,217,71,318,61,4Toshkent viloyati18,41,119,31,320,31,421,31,522,41,7Fargʻona viloyati24,81,526,01,727,31,928,72,130,12,3Xorazm viloyati22,51,423,61,624,81,726,01,927,32,1

* Koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga3-ILOVA

2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurishning

T/rObyektlar nomiObyektlar soni2017-yil2018-yil2019-yil2020-yil2021-yilJami134145150156160shu jumladan:1.Mahalla markazlari26272828292.Savdo majmualari (doʻkonlar, minimarketlar, supermarketlar)18212122223.Dehqon bozorlari25282830324.Non mahsulotlari kichik novvoyxonalari30373642455.Maishiy xizmat koʻrsatish majmualari (choyxona, maishiy xizmat uyi, xalq hunarmandchiligi binolari)29283228286.Kichik banklar64564

* Koʻrsatkichlar uy-joy massivlariga boʻlgan talabni oʻrganish va bosh rejalarni ishlab chiqish natijalari boʻyicha aniqlashtirilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga4-ILOVA

2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini

T/rKoʻrsatkichlarOʻlchov birligiJamiShu jumladan:2017-yil2018-yil2019-yil2020-yil2021-yilI.Namunaviy uylardona75 00015 00015 00015 00015 00015 000II.Jami moliyaviy resurslarmlrd. soʻm10 3712 1221 9142 0102 1102 216erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaekv. mln AQSH dollari2 446597492472452434III.Qarz oluvchilarning oʻz mablagʻlarimlrd. soʻm2 004479354372390410erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaekv. mln AQSH dollari47713591878480IV.Tijorat banklariga kreditlash uchun yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar, shu jumladan XMI mablagʻlarimlrd. soʻm3 732705703737773814erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaekv. mln AQSH dollari8771981811731661594.1.shu jumladan, OTB mablagʻlarimlrd. soʻm2 149355389426467511ekv. mln AQSH dollariekv. mln AQSH dollari500100100100100100V.Tijorat banklari uchun ochiladigan kredit tarmoqlarimlrd. soʻm3 036629546584624653erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaekv. mln AQSH dollari716177140137134128VI.Ishtirok etuvchi tijorat banklari mablagʻlarimlrd. soʻm1 599308312317323339erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadaekv. mln AQSH dollari3778780746966

* Prognoz koʻrsatkichlari OTB qarzi jalb etilishiga qarab Loyihani amalga oshirish jarayonida aniqlashtirilishi lozim. ITBning ishtiroki hisobga olinmagan.

** Suv taʼminoti obyektlari, gaz taʼminoti, elektr taʼminoti tarmoqlari va avtomobil yoʻllari qurilishini moliyalashtirish ushbu jadvalga kiritilmagan va tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzbekenergo” AJ va Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

*** OTBning 1,0 mln. dollar miqdoridagi qarz mablagʻlari salohiyatni rivojlantirish va loyihani boshqarishda qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga5-ILOVA

“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini taqsimlash va qaytarish

T/rTarkibiy qism nomiHajmiToʻlov manbalarimln. AQSH dollarifoizda1.Ipoteka krediti berish uchun kredit liniyasi499,099,8“Qishloq qurilish bank” ATB, “Ipoteka-bank” ATIB va Oʻzmilliybank mablagʻlari qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim asosida ― asosiy qarzni, foizlarni va majburiyat uchun vositachilik haqini toʻlash uchun;Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari ― valyuta va foiz xavflarini qamrab olish boʻyicha2.Loyihani boshqarishda salohiyatni oshirish va qoʻllab-quvvatlash1,00,2Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariJAMI:500,0100,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga6-ILOVA

OTB qarz mablagʻlarini olish bilan bogʻliq indikatorlarga erishishni taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar

T/rKoʻrsatkichlar tafsilotiAmalga oshiruvchi chora-tadbirlarBajarish muddatlariMasʼul ijrochilar1.2021-yilga qadar qishloq joylarda yashovchi oilalar uchun kamida 29 mingta namunaviy uy-joylar qurilishiNamunaviy uy-joylarni foydalanishga topshirish va tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish.2019-2020-yillar 15-fevralgacha va 2021-yil 1-dekabrgachaQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar hokimliklari,“Davarxitektqurilish”,“Qishloq qurilish invest” IK MCHJ, UZishtirok etuvchi tijorat banklari2.2021-yilga kelib, tanlab olingan benefitsiarlar bilan namunaviy uy-joylar qurish uchun kamida 29 000 ta ipoteka krediti shartnomasi tuzilishi.Dastur doirasida benefitsiarlarni tanlab olish mezonlarini Hukumat va ishtirok etuvchi tijorat banklarining veb-saytlarida eʼlon qilish.2017-yil 1-mayIshtirokchi tijorat banklari,“Qishloq qurilish invest” IK MCHJBenefitsiarlar bilan kredit shartnomalarini rasmiylashtirish.har yili iyun oyi oxirigachaIshtirokchi tijorat banklari,“Qishloq qurilish invest” IK MCHJ3.2021-yil 31-mayga qadar Dastur doirasida namunaviy uy-joylar xaridorlari orasida ayollar ulushi oʻrtacha kamida 30 foizga yetishi.Kredit shartnomalarining oʻrtacha 30 foizini ayol-benefitsiarlar bilan rasmiylashtirish.har yili iyun oyi oxirigachaIshtirokchi tijorat banklari,“Qishloq qurilish invest” MCHJ4.2021-yilga kelib, iqlim xavfini baholash Dastur doirasida har yili yer uchastkalarini tanlash tartib-taomillarining ajralmas qismiga aylantiriladi.Yer uchastkalari/massivlarini tanlash boʻyicha hududiy ishchi guruhlar tarkibiga “Oʻzgidromet”ning hududiy boʻlinmalarini kiritishni nazarda tutgan idoralararo normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirishlar kiritish.2017-yil 1-mayDavlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi,Davlat yer resurslari, geodeziya, kartografiya va kadastrlar qoʻmitasi,“Qishloq qurilish invest” IK MCHJ,“Oʻzgidromet”Yer uchastkalari/massivlarini tanlash jarayonida “Oʻzgidromet”ning hududiy boʻlinmalari xulosalarini olish, zarurat tugʻilganda, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ va “Oʻzgidromet” oʻrtasidagi shartnoma asosida hisob-kitob va tahliliy ishlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda.har yili 15-aprelgachaIjtimoiy va atrof-muhitni boshqarish tizimini joriy etish.2017-yil 1-mayIshtirokchi tijorat banklari,“Qishloq qurilish invest” IK MCHJ5.2021-yilga kelib, Hukumat va ishtirokchi tijorat banklari tijorat banklarining barqarorligi, samaradorligi va boshqaruv tuzilmasini yaxshilash boʻyicha siyosat va amaliy harakatlarni amalga oshiradi.6 ta ishtirokchi tijorat bankidan 4 tasining Kuzatuv kengashiga ikki nafar mustaqil direktor kiritilishini joriy etish.2020-yil iyulIshtirok etuvchi tijorat banklari,Markaziy bankKredit portfeli tarkibida muddati oʻtgan qarzlar ulushining 10% dan oshib ketishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasini qabul qilish.DoimiyIshtirok etuvchi tijorat banklari,Markaziy bank6.2021-yilga kelib, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJning rahbariyati, moliyaviy boshqaruvi va institutsional salohiyati aniq muddatlar koʻrsatilgan harakatlar rejasi asosida, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot yuritish, ichki va tashqi auditni ham qamrab olgan holda, yaxshilandi.Korporativ va moliyaviy boshqaruvni, shuningdek, institutsional salohiyatni yaxshilash boʻyicha harakatlar rejasini qabul qilish.2017-yil aprel“Qishloq qurilish invest” IK MCHJYillik moliyaviy hisobotning auditi OTB talablarga javob beradigan kompaniya tomonidan oʻtkazilishi.2018-yilgi hisobot uchun 2019-yil 30-iyungacha, 2019-yilgi hisobot uchun 2020-yil 30-iyungachaHar yili xalqaro kasbiy auditorlik xizmatlari tarmogʻiga mansub kompaniyani jalb qilgan holda audit oʻtkazilishi.2020-yildan boshlab hisobot davrida7.2021-yilga kelib, Dastur uchun ishlab chiqilgan Xaridlar boʻyicha harakatlar rejasi toʻliq amalga oshiriladi.Dastur doirasida qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurilishi uchun pudratchi tashkilotlarni hamda qurilish materiallari va uskunalarini yetkazib beruvchilarni aniqlash boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash, shu jumladan: qurilish materiallari va xarid qilish usulini aniqlashda bozor mezonlaridan foydalanish; qurilish ishlari va tovarlar uchun takomillashtirilgan namunaviy tender hujjatlari; tender takliflarini baholash boʻyicha qoʻllanma.2017-yil 1-maygachaDavlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi,“Qishloq qurilish invest” IK MCHJ8.2021-yilga kelib, Dastur boshqaruvi va monitoring tizimi kuchaytiriladi.2017 — 2021-yillarga moʻljallangan koʻp yillik “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” Dasturining batafsil texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va OTBga taqdim etish.2017-yil 1-aprelgachaIqtisodiyot vazirligi,Moliya vazirligi,Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi,“Qishloq qurilish invest” IK MCHJ,ishtirokchi tijorat banklariDastur monitoringi va baholashini amalga oshirish vakolati bilan, yetarli shtat va resurslarga ega boʻlgan boshqaruv va monitoring guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida tashkil etilsin.2017-yil 1-iyungacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga7-ILOVA

2017 ― 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish Dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirishga doir Respublika komissiyasining

A.J. Ramatov—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi, Respublika komissiyasi raisiB.A. Xoʻjayev—Moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosariS.X. Bekenov—Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosariB.I. Zokirov—Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosariS.S. Xoʻjayev—Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosariB.M. Mullaxanov—“Qishloqqurilishbank” ATB boshqaruvi raisiS.B. Raximov—“Oʻzmilliybank” boshqaruvi raisiO.M. Musaev—“Ipoteka Bank” ATIB boshqaruvi raisiA.K. Mirsoatov—“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisiA.N. Abdullayev—“Xalq banki” ATB boshqaruvi raisiA.I. Ahmedxoʻjayev—“Asakabank” ATB boshqaruvi raisiK.Z. Xoshimbekov—“Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bosh direktoriI.S. Ahmedov—“Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bosh direktoriF.I. Salomov—“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisiE.R. Shoismatov—“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisiLavozimga koʻra—Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi ijrochi direktoriLavozimga koʻra—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariB. Qodirov—Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Axborot-tahlil departamenti boʻlimi mudiri, Respublika komissiyasi kotibi

Eslatmalar: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, ularning oʻrniga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi.

Respublika komissiyasi zarur hollarda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga8-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturini amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 11-yanvardagi PQ-1683-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

a) 1-bandning ikkinchi xatboshi tarkibida raqamlar “499,0” va “1,0” mos ravishda “498,16” va “1,84” raqamlari bilan almashtirilsin;

b) 3-bandning uchinchi xatboshida “499,0” raqami “498,16” raqami bilan almashtirilsin;

d) 1-ilovada:

“2015-yil/Qiymati” ustunida raqamlar “501,69”, “109,85”, “0,66” va “0,15” mos ravishda “500,85”, “109,01”, “1,5” va “0,99” raqamlari bilan almashtirilsin;

“Jami/Qiymati” ustunida raqamlar “2191,99”, “499,00”, “4,40” va “1,00” mos ravishda “2191,15”, “498,16”, “5,24” va “1,84” raqamlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli “2013-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga quyidagicha qoʻshimcha kiritilsin:

a) quyidagi mazmundagi 13-1-band bilan toʻldirilsin:

“13-1. “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha OTBning ikkinchi bosqich qarzini taqsimlash va qaytarish sxemasini 6-ilovaga muvofiq tasdiqlash.”

b) qarorga quyidagi mazmunda 6-ilova kiritilsin.

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli qaroriga6-ILOVA

“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha OTBning ikkinchi bosqich qarzini taqsimlash va qaytarish

Tarkibiy qism nomiZayomning taqsimoti:Toʻlov manbalarimln. AQSH dollarifoizda1. Ipoteka kreditlari berish uchun kredit liniyasi198,5699,28“Qishloqqurilishbank” ATB va “Oʻzmilliybank” mablagʻlari — qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim asosida asosiy qarzni, foizlarni hamda majburiyat uchun komissiyani toʻlashga yoʻnaltiriladi;Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari — valyuta va foiz xavfini qoplash uchun yoʻnaltiriladi.2. Loyihani boshqarishda salohiyatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash1,440,72Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariJami:200,0100,0

”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida uy-joy massivlarida suv taʼminoti va avtomobil yoʻllari obyektlarini qurish boʻyicha quyidagilarni belgilash:

buyurtmachi — “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ;

bosh loyiha tashkiloti — “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.