Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi PF-5148-son Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-oktabr,
PQ-3349-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3349-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-son qarori 2-ilovasining rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“SOSTAV Respublikanskogo metodicheskogo soveta pri Natsionalnoy biblioteke Uzbekistana imeni Alishera Navoiy — informatsionnom resursnom tsentre
Primechaniye. Pri perexode chlena Respublikanskogo metodicheskogo soveta na druguyu rabotu naznachennoye na ego mesto litso stanovitsya chlenom Soveta”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son qarori 2-ilovasining rus tili matnidagi “Kuriruyemie ministerstva, vedomstva i drugiye organizatsii” boʻlimidan 5-band chiqarib tashlansin.