Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli telekoʻrsatuvga texnik va texnologik jihatdan oʻtishning Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 17-apreldagi PQ-1741-sonli qarori hamda “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokomapaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash qoʻshimcha chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi PQ-3098-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokomapaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi PQ-3098-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “BFE Studio und Median Systeme Gmbh” (Germaniya) kompaniyasi bilan qoʻshimcha barcha uskunalar kompleksini yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha 4,5 million yevro miqdoridagi uskunalarni yetkazib berish sharti bilan tuzilgan import shartnomasiga qoʻshimcha bitim tuzilgan boʻlib, loyihani bir yil mobaynida kafolatlash va kafolatdan keyingi texnik xizmat koʻrsatish hamda ekspertlar kuzatuvida boʻlishning tegishli muddatlari berilishini hisobga olgan holda jami ishlar 2018-yilning 1-mayiga qadar toʻliq topshirilishi nazarda tutiladi.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-oktabrdagi 340-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokomapaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasining tuzatishlar kiritilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki (keyingi oʻrinlarda — “Asaka” ATB) tomonidan qayta moliyalashtiriladigan foizsiz kreditini soʻndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokomapaniyasi bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan holda (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) olib keladigan uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi ushbu qarorning 3-ilovasida* koʻrsatilgan va Oʻzbekiston Milliy teleradiokomapaniyasi tomonidan olib kelinadigan uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar respublikamizda ishlab chiqarilmasligi toʻgʻrisida bergan xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokomapaniyasi “Asaka” ATB bilan birgalikda Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokomapaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan qushimcha taʼminlash Jamgʻarmasi tomonidan ajratilayotgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokomapaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokomapaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 14-oktabrdagi 340-sonli qarori 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek, qarorning 1- va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokomapaniyasi raisi A.D. Xodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi V.M. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-oktabr,
PQ-3362-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PQ-3362-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-oktabrdagi 340-son qarori bilan tasdiqlangan “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasining tuzatishlar kiritilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitobi va uning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi Jami Moliyalashtirish manbalari: Oʻz.TTJ krediti MTRKning oʻz mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati* ming yevro** 23 071,733 22 500,000 571,733 2. Kapital qoʻyilmalar summasi — jami ming yevro** 23 071,733 22 500,000 571,733 Shu jumladan: mashina va uskunalar EAVda ming yevro 22 500,000 22 500,000 milliy valyutada ekv. ming yevro Qurilish montaj ishlari ekv. ming yevro investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar ekv. ming yevro 323,170 323,170 Boshlangʻich aylanma kapital EAVda ming yevro milliy valyutada ekv.ing yevro Boshqa xarajatlar EAVda ming yevro Milliy valyutada ekv. ming yevro 248,563 248,563 3. Mavjud asosiy fondlar qiymati*** ekv. ming yevro 1 516,385 4. Korxona quvvati shu jumladan: Arxivlashtirish kompleksi — 1 komplekt; Raqamli kompleks SA — 1 komplekt; Televizion studiya ASB — 3 studiya; Yangiliklar studiyasi ASB — 2 studiya; Yangiliklar ishlab chiqarish tizimi — 1 komplekt Virtual studiya — 1 komplekt; Telejurnalistika komplekti — 74 komplekt; Mediamarkaz studiyalarini qoʻshimcha jihozlash — qoʻshimcha 4 kamera; Mavjud 2 ND PTSni qoʻshimcha jihozlash; Uzatuvchi yoʻldosh tizimini qoʻshimcha jihozlash; Eshittirishlarni avtomatlashtirish hududiy tizimlari –12 komplekt; Hududiy studiyalar uchun yoritish tizimlari –3 komplekt; Gibrid koʻchma televizion stansiya — 1 komplekt; Apparat-studiya kompleksi — 1 komplekt. Ishlab chiqariladigan mahsulot yillik hajmi. Ehtimol tutilayotgan yillik eksport hajmi - 5. Band boʻlganlarning taxminiy soni - 6. Investitsiya davri muddati 16 oy 7. Tashkil etilayotgan ishlab chiqarish fondlari qiymati 23 071,733 ming. yevro. 8. Kredit berilgan muddat 10 yil shu jumladan valyuta krediti 10 yil
* Loyihaning umumiy qiymati mavjud ishlab chiqarish fondlari qiymati hisobga olinmasdan belgilangan.
** Hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017-yil 18-iyuldagi 1 yevro 4613,28 soʻmga teng boʻlgan kursi boʻyicha chiqarilgan.
*** Oʻzbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2016-yilga balansi maʼlumotlari boʻyicha.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi PQ-3362-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan foizsiz kreditini soʻndirishning
Kredit summasi — 22 500,0 ming. yevro Kredit muddati — 10 yil, shu jumladan imtiyozli davr — 2 yil Majburiyat uchun vositachilik haqi — 0,3% (shu jumladan. bank marjasi — 0,1%) Tashkillashtirish uchun vositachilik haqi — yillik bir yoʻla 0,3% (shu jumladan bank marjasi — 0,1%) Kredit boʻyicha foiz stavkasi (shu jumladan qayta moliyalashtirish boʻyicha) — 0% Toʻlash davrlari Tanlab olish Asosiy qarz toʻlanadigan summa Vositachilik haqi Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa* (ming. yevro) Respublika budjetidan MTRKning oʻz mablagʻlaridan Tashkillashtirish uchun Majburiyat uchun* I yarim yillik 2017-y. 18 000.0 67,5 3,2 70,7 II yarim yillik 2017-y. 4 500,0 0,3 0,3 I yarim yillik 2018-y. 0,0 II yarim yillik 2018-y. 0,0 I yarim yillik 2019-y. 661,76 661,76 1 323,5 II yarim yillik 2019-y. 661,76 661,76 1 323,5 I yarim yillik 2020-y. 661,76 661,76 1 323,5 II yarim yillik 2020-y. 661,76 661,76 1 323,5 I yarim yillik 2021-y. 661,76 661,76 1 323,5 II yarim yillik 2021-y. 661,76 661,76 1 323.5 I yarim yillik 2022-y. 661,76 661,76 1 323,5 II yarim yillik 2022-y. 661,76 661,76 1 323,5 I yarim yillik 2023-y. 661,76 661,76 1 323,5 II yarim yillik 2023-y. 661,76 661,76 1 323,5 I yarim yillik 2024-y. 661,76 661,76 1 323,5 II yarim yillik 2024-y. 661,76 661,76 1 323,5 I yarim yillik 2025-y. 661,76 661,76 1 323,5 II yarim yillik 2025-y. 661,76 661,76 1 323,5 I yarim yillik 2026-y. 661,76 661,76 1 323,5 II yarim yillik 2026-y. 661,76 661,76 1 323,5 I yarim yillik 2027-y. 661,76 661,76 1 323,5 Jami: 22 500,0 11 250,0 11 250,0 67,5 3,5 22 571,0
* Kreditning amaldagi summasi va tanlab olish sanasidan kelib chiqib aniqlashtirilishi lozim.