PQ-3366-son Qaror · 01.11.2017

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3366
  • Qabul qilingan sana:01.11.2017
  • Kuchga kirgan sana:02.11.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3366/0201

1. Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoyalash sohasida hamkorlik qilish hamda Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoyalash masalalari boʻyicha Davlatlararo kengashni tashkil etish toʻgʻrisida 2010-yil 19-noyabrdagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida 2017-yil 26-mayda Qozon shahrida (Rossiya Federatsiyasi) imzolangan Protokol tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 1-noyabr,

PQ-3366-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.