PQ-3502-son Qaror · 02.02.2018

2018-2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan taʼminlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3502
  • Qabul qilingan sana:02.02.2018
  • Kuchga kirgan sana:03.02.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3502/0655

Keyingi yillarda respublikada turar joylar va ijtimoiy-maishiy obyektlar qurilishini rivojlantirish hamda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmalarini yangilash hisobga olingan holda aholi punktlarini shaharlar va qishloq aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantiruvchi shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar tizimli asosda amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida respublikaning 96 ta shahri va 87 ta shahar posyolkasi bosh rejalar bilan taʼminlandi, 550 ta qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarni arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalariga ega.

Loyiha-qidiruv tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish hamda respublika mintaqalarida istiqbolli va iqtisodiy samarali investitsiya yechimlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etishda ularning faol ishtirok etishini taʼminlash maqsadida 26 ta yetakchi loyiha-qidiruv tashkiloti hamda “Oʻzshaharsozlik LITI” DUKning 12 ta filiali tashkil etilgan.

Biroq, shaharlar va qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari bilan yetarli taʼminlanmaganligi ularni rejali rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy va ishlab chiqarish yoʻnalishidagi obyektlarni oqilona joylashtirish, rivojlantirishning qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi omil boʻlib qolmoqda. Jumladan, 23 ta shahar va 994 ta shahar posyolkalarini, shu jumladan, qisqa muddatli davrda respublikaning 138 ta shaharlari va shahar posyolkalarini bosh rejalar bilan taʼminlash talab etiladi.

Loyiha-qidiruv tashkilotlarining ilgʻor innovatsion dasturiy yechimlar va zamonaviy axborot bazasi bilan jihozlanishi hamon yetarli emas, ilgʻor xorijiy tajriba sust joriy etilmoqda, tarmoq uchun zarur malakaga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash yetarli darajada amalga oshirilmayapti, bu, shubhasiz, loyiha mahsulotlari sifatiga taʼsir koʻrsatmoqda.

Birinchi navbatda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ular bilan aholi punktlarini oʻz vaqtida qamrab olishni taʼminlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilash va oliy taʼlim muassasalari tomonidan shaharsozlik sohasi mutaxassislari tayyorlash sifatini oshirish borasida shaharsozlik sohasidagi ishlarning holatini tubdan takomillashtirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

2018 — 2022-yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishning yigʻma parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

2018 — 2022-yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturlari 2a va 2b-ilovalarga muvofiq;

2018-2019-yillarda aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish dasturi 3-ilovaga muvofiq;

ishlab chiqilayotgan shaharsozlik hujjatlari sifatini yaxshilash, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirish boʻyicha kompleks tadbirlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturiga muvofiq maʼmuriy-hududiy birliklarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining belgilangan chegaralari va tuzilgan xaritalari asosida 2019-yil 1-fevralgacha boʻlgan muddatda 2020 — 2022-yillarda aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda hududlari fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish dasturi tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

3. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi funksiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalariga yuklansin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 07/20/4936/1671-son)

4. Quyidagilar:

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK — shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi;

“ToshkentboshplanLITI” DUK — Toshkent va Samarqand shaharlari, Toshkent viloyati shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi etib;

“Qishloqqurilishloyiha” MCHJ — qishloq joylarda qishloqlar, ovullar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini va ular tarkibida batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda ushbu batafsil rejalashtirish loyihalari uchun topogeodeziya xaritalarini ishlab chiquvchi etib;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-maydagi PQ-2946-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari — loyihaga koʻra aholi soni 20 ming kishidan kam boʻlgan shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiquvchilar etib;

“OʻzGASHKLITI” DUK — topografiya-geodeziya ishlarini va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologiya qidiruvlarini ijro etuvchi etib belgilansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qurilish vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili Davlat budjeti va Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturi loyihalarini shakllantirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga belgilangan tartibda zarur mablagʻlarni nazarda tutsinlar.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 07/20/4936/1671-son)

6. Belgilab qoʻyilsinki:

loyihaga koʻra aholi soni 20 ming kishidan kam boʻlgan shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari, qoidaga koʻra, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlanadigan ushbu qarorning 4-bandida koʻrsatilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilishi kerak;

mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan aholi punktlarining bosh rejalari faqat tegishli ravishda “OʻzshaharsozlikLITI” DUK va “ToshkentboshplanLITI” DUKning bosh loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan kelishilgandan keyin tasdiqlanishi kerak;

Toshkent shahri, Toshkent viloyati shaharlari va shahar posyolkalarining hamda boshqa shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan tuzilgan litsenziya bitimlari asosida arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish huquqiga litsenziya olinmasdan xorijiy loyiha-qidiruv tashkilotlari tanlov asosida jalb etilishi mumkin;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi “Arxitektura-rejalashtirish byurosi” davlat unitar korxonalari tasdiqlangan bosh rejalarga ega boʻlgan aholi punktlarining maydoni oʻn gektardan ortiq boʻlmagan hududlarida ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini va qurish loyihalarini ishlab chiqishga haqlidir.

(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi 2a-ilovaga muvofiq 2018 — 2022-yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish dasturi va 2b-ilovaga muvofiq 2018 — 2022-yillarda respublika shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish dasturi doirasida shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha potensial loyiha-qidiruv tashkilotlari 2018-yil fevral oyi mobaynida belgilanishini, shuningdek, kelgusi yillarda koʻrsatib oʻtilgan dasturlarning parametrlarini tayyorlash doirasida har yili:

(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

1-dekabrgacha — eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha loyiha-qidiruv tashkilotlari belgilanishini;

1-yanvargacha — shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarining tasdiqlangan manzilli va titul roʻyxatlari tasdiqlanishini, keyinchalik loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilishini;

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK, “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ, “OʻzGASHKLITI” DUK va mintaqaviy yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarda nazarda tutilgan muddatlarda shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari hamda qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalari ishlab chiqilishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:

(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bilan birgalikda shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini qurishda ularga rioya etilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining muntazam ravishda monitoringini olib borsin, keyinchalik monitoring natijalarini har bir yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Oliy taʼlim muassasalari bazasida mutaxassis arxitektorlar, loyihalashtiruvchilar va quruvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirish tashkil etilishini nazarda tutgan holda “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK, “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ va mintaqaviy loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlari sifati oshirilishini taʼminlasin.

uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmalarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:

turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va infratuzilmaning namunaviy loyihalari asosida shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlari qurilishi tegishli aholi punktlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga va zarurat boʻlganda ularga belgilangan tartibda kiritiladigan tuzatishlarga qatʼiy muvofiq ravishda qurilishini;

mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirishda va hududlarni qurishda shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishini taʼminlasinlar.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida belgilangan tartibda:

(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

ikki oy muddatda “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “ToshkentboshplanLITI” DUK va “Qishloqqurilishloyiha” MCHJning yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari tuzilmasiga hududlarni rejalashtirish va qurish boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida ular faoliyatining samaradorligini oshirishni, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda hajm-rejalashtirish jihatidan loyihalashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilishini;

loyiha-tashkilotlari va shaharsozlik faoliyatining boshqa ishtirokchilari orasida ixtisosli dolzarb axborotni tezlikda va keng koʻlamli tarqatish imkonini beruvchi zamonaviy texnik darajadagi axborot-tahliliy baza tashkil etilishini taminlasin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihalashtirish, qurilish jarayonini tashkil etish va boshqarishning yangi usullarini, shuningdek, ilgʻor qurilish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida arxitektura sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatishda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga har tomonlama koʻmaklashsin.

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

12. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:

(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

taʼlimning yangi talab etilgan yoʻnalishlari (qurilishda marketing, qurilishda menejment va boshqalar) boʻyicha qurilish tarmogʻida yuzaga kelayotgan kadrlarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqib, har yili 1-dekabrgacha taʼlimning ushbu yoʻnalishlarini ochish va boʻlajak oʻquv yilida ular boʻyicha qabul kvotalarini belgilash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga yagona shakllarga muvofiq aniqlangan ehtiyojlar boʻyicha asoslangan takliflarni kiritsinlar;

(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirish uchun tizimli asosda tajriba almashishni va maqsadli tajriba orttirishlarni tashkil etish uchun har yili 1-dekabrgacha yetakchi ixtisosli xorijiy oliy taʼlim va tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasinlar.

13. Oʻzbekiston Respublikasining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 2-fevral,

PQ-3502-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qaroriga 1-ILOVA

2018 — 2022-yillarda respublika shaharlari va shahar posyolkalarining bosh rejalarini, shuningdek, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishning

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qaroriga 2a-ILOVA

2018 — 2022-yillarda respublika shaharlarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish

(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qaroriga 2b-ILOVA

2018 — 2022-yillarda respublika shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish

(2b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qaroriga 3-ILOVA

2018-2019-yillarda aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qaroriga 4-ILOVA

Ishlab chiqilayotgan shaharsozlik hujjatlari sifatini yaxshilash, loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish va ularning malakasini oshirish boʻyicha

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qaroriga 5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, shahar posyolkalari bosh rejalarini, qishloq fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 4-dekabrdagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 49-son, 455-modda);

2. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning aholi punktlarini va qishliklararo hududlarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, ularni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-iyuldagi 203-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda).

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.