PQ-3506-son Qaror · 03.02.2018

2018-yilda aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3506
  • Qabul qilingan sana:03.02.2018
  • Kuchga kirgan sana:08.02.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasidagi yangi sanoat korxonalarini qurish hisobiga aholini, ayniqsa yoshlar va kam taʼminlangan oilalar bandligini taʼminlash, yangi doimiy ish oʻrinlarini yaratish, xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish, shuningdek, shu asosda aholi turmush sifati va farovonligini oshirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarni ijro etish maqsadida:

1. Quyidagilar, 2018-yilda aholi bandligiga koʻmaklashishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

birinchi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat hududlariga amalga oshirgan tashriflari davomida ishlab chiqilgan sanoat, qishloq xoʻjaligi tarmoqlari va xizmat koʻrsatish sohalaridagi loyihalar, shuningdek, respublika hududlari, shaharlar va tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlari hamda tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 168,2 mingdan kam boʻlmagan doimiy ish oʻrinlarini yaratish;

ikkinchi, faoliyat yuritmayotgan, xususiylashtirilgan korxonalar va davlat mulki obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha “yoʻl xarita”lari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 19,9 ming yangi ish oʻrinlarini tashkil etish;

uchinchi, qishloq joylarda arzon uy-joylar, koʻp qavatli turar-joylar, yoʻl-transport va muhandislik-kommunal infratuzilma qurilishi hisobiga 46,6 mingta ish oʻrinlarini tashkil etish;

toʻrtinchi, yangi maktabgacha taʼlim va taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport obyektlarini qurish va tiklash natijasida yangi ijtimoiy infratuzilma muassasalarini ishga tushirish hisobiga 10,6 mingta ish oʻrinlarini tashkil etish;

beshinchi, maksimal qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha ishlarni kuchaytirish natijasida 101,3 mingga yaqin ish joylari tashkil etish, shu jumladan, ularga soliq imtiyozlari berish, tekshiruvlarni oʻtkazishga ikki yillik moratoriy joriy qilish, imtiyozli mikrokreditlar ajratish, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishchilarni yollashni ragʻbatlantirish, hududlarda hunarmandchilik markazlarini tashkil etish asosida hunarmandchilikni rivojlantirish, hunarmandlarga boʻsh turgan xonalarni ajratish, ularni xomashyo va materiallar bilan taʼminlash, “usto-shogird” uslubi boʻyicha hunarlarga oʻrgatishni keng joriy etish hisobiga 26,9 ming ish joylari tashkil etish;

oltinchi, 169,5 mingga yaqin band boʻlmagan aholini mavsumiy va vaqtinchalik ishlar bilan band etish, ayniqsa 140,1 ming kam taʼminlangan aholining oila aʼzolarini jamoat ishlariga jalb qilish, shuningdek, 29,4 ming kishini Bir martalik ish bilan taʼminlash byurosi orqali vaqtinchalik bandligini taʼminlash;

yettinchi, 48,6 ming kvotalashtirilgan ish oʻrinlariga kasb-hunar kollej bitiruvchilari, Qurolli kuchlar safidan boʻshatilgan fuqarolar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar, shuningdek, boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi aholini ishga joylashtirish, 25,9 ming band boʻlmagan shaxslarni kasbga oʻqitish markazlarida kasb- hunarga oʻqitish va qayta tayyorlashni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 52 ming fuqaroni chet elda tashkillashtirilgan tarzda ishga joylashtirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublikaning ish beruvchi-tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan va quyidagilarni oʻz ichiga olgan:

2018-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, Oʻzbekiston Respublikasi tumanlari va shaharlarida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash prognoz parametrlari 1-, 1.1 — 1.14, la — 1a.14 ilovalarga muvofik;

faoliyat yuritmayotgan, xususiylashtirilgan korxonalar va davlat mulki obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha “yoʻl xarita”lari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga yangi ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga 2018-yilda band boʻlmagan aholini jamoat ishlariga jalb qilish prognoz parametrlari 3- va 3a-ilovalarga muvofiq;

2018-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga bandlikni taʼminlash prognoz parametrlari 4-ilovaga muvofiq;

band boʻlmagan shaxslarni tashkillashtirilgan kasb-hunarga oʻqitish va qayta tayyorlash, shuningdek, 2018-yilda Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ishsizlik nafaqasini toʻlash prognoz parametrlari 5-ilovaga muvofiq;

har chorakdagi taqsimot boʻyicha respublika hududlari kesimida 2018-yilda band boʻlgan aholi soni oʻsishining prognoz parametrlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iktisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda zarur hollarda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha yangidan tasdiqlanadigan davlat dasturlaridan kelib chiqib, Davlat dasturi prognoz parametrlariga asoslangan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hukuqi berilsin.

3. 2018-yilda Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha Konsepsiya va chora-tadbirlar Kompleksi 7- va 8-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan hududiy dasturlar prognoz parametrlarini mintaqalar, tumanlar va shaharlar sektorlari kesimida belgilash bilan birga, aniq tashkilotlar va loyihalarni koʻrsatgan holda, shuningdek, 2018-yilda aholi bandligini taʼminlashning asosiy yoʻnalishlari va Davlat dasturi prognoz parametrlarini hisobga olgan ravishda, aholi bandligiga koʻmaklashish hududiy dasturlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy dasturlar);

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-sonli qarori talablariga muvofiq 2018-yilda tumanlar va shaharlar kesimida band boʻlgan aholi sonini oshirish prognoz parametrlari tasdiqlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik, shaxsiy va dehqon xoʻjaliklarida band boʻlgan, shuningdek, bandlikning boshqa samarali turlariga jalb etilgan kasb-hunar kollejlar va akademik litseylar bitiruvchilarining bandlik hisobini yuritishni tartibga solish qismida “college, mehnat.uz” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish;

umumtaʼlim maktablarini tugatgan yoshlarni, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini, jamoat ishiga jalb etilgan band boʻlmagan aholi, Qurolli Kuchlar safidan boʻshatilgan fuqarolar hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar bandligi hisobi boʻyicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

sanoat tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarida rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida yangi doimiy ish oʻrinlarini tashkil etishda shaffof va ishonchli hisob-kitobni olib borishni taʼminlash boʻyicha avtomatlashtirilib takomillashtirilgan axborot tizimini yaratish choralarini amalga oshirsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ish oʻrinlariga daʼvogarlarning yarmarkalarda onlayn rejimda masofaviy ishtirokini nazarda tutuvchi, band boʻlmagan aholi uchun vakant (boʻsh) ish oʻrinlar yarmarkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan birgalikda sugʻurta badallarining belgilangan miqdorini toʻlash yoʻli bilan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarni davlat ijtimoiy sugʻurta tizimiga ixtiyoriy tarzda jalb etish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kam taʼminlangan oila aʼzolarining bandligini taʼminlash va ularning daromadlarini oshirish boʻyicha respublikaning barcha hududlarida “hankin tajribasi”ni samarali ommalashtirish maqsadida mahallalarda aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarni ishga joylashtirishda fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlariga Boʻsh oʻrinlar milliy bazasiga kirish huquqini taqdim etish orqali, shu jumladan, bazaga yangi boʻsh oʻrinlar kiritish va ishga joylashtirish uchun yoʻllanma berishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

7. Bandlikka koʻmaklashish hududiy va tarmoq dasturlari bajarilishining borishi yuzasidan muvofiqlashtirish va nazorat qilish funksiyalari:

respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleks organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Komissiyasi zimmasiga;

hududiy, tuman va shahar darajasida — bandlikka koʻmaklashish hududiy va tarmoq dasturlarining ijrosini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifalari Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturini ishlab chiqish va ijrosini muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy faoliyat olib boradigan hududiy, tuman (shahar) ishchi komissiyalari zimmasiga yuklansin.

Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturini ishlab chiqish va ijrosini muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy faoliyat olib boruvchi hududiy, tuman (shahar) ishchi komissiyalarining namunaviy tarkibi 9-10-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi “Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2960-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari uzluksiz ikki chorak davomida, yoki yil davomida uch chorakda prognoz koʻrsatkichlari bajarilmagan, joylardagi aholi bandligini taʼminlash boʻyicha ishlar qoniqarsiz deb topilgan taqdirda, egallab turgan lavozimlariga munosibligi masalasi koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yilda Davlat dasturi ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli monitoring natijasini umumlashtirilishini taʼminlasin, natijasi yuzasidan har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli maʼlumotlarni kiritsin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari har bir hududga biriktirilgan masʼul mansabdor shaxslar ishtirokida tumanlar va shaharlar hokimlari, tumanlarni (shaharlarni) kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlarining hisobotlarini tinglagan holda aholi bandligiga koʻmaklashish hududiy dasturlarni amalga oshirilib borilishi har oyda muhokama qilinishini taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari — Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari:

har chorakda kompleks yigʻilishlarida 2018-yilda aholi bandligiga koʻmaklashish tarmoq dasturlarini amalga oshirish jarayoni, shuningdek, nazorat qiluvchi vazirlik, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash masalalarini tanqidiy koʻrib chiqilishini;

tegishli komplekslar tarkibiga va Davlat dasturining manzilli roʻyxatiga kiritilgan tashkilotlar tomonidan loyihalarni amalga oshirish doirasida tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar loyihalar ishga tushirilganidan soʻng tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimlariga, shuningdek, tumanlar (shaharlar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga taqdim etilishini taʼminlasin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazir oʻrinbosarlari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev va bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 3-fevral,

PQ-3506-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1-ILOVA

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hududlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

* Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda zarur hollarda hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlari (korxonalari)ni rivojlantirishning yangi tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq 2018-yilda doimiy ish oʻrinlari tashkil etish prognoz parametrlariga asosli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.

** shu jumladan hududlarniva iqtisodiyot tarmoqlari (korxonalari)ni rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.1-ILOVA

2018-yilda Qaraqalpogʻiston Respublikasi tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.2-ILOVA

2018-yilda Andijon viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.3-ILOVA

2018-yilda Buxoro viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.4-ILOVA

2018-yilda Jizzax viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.5-ILOVA

2018-yilda Qashqadaryo viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.6-ILOVA

2018-yilda Navoiy viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.7-ILOVA

2018-yilda Namangan viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.8-ILOVA

2018-yilda Samarqand viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.9-ILOVA

2018-yilda Surxondaryo viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.10-ILOVA

2018-yilda Sirdaryo viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.11-ILOVA

2018-yilda Toshkent viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.12-ILOVA

2018-yilda Fargʻona viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.13-ILOVA

2018-yilda Xorazm viloyati tuman va shaharlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1.14-ILOVA

2018-yilda Toshkent shahri tumanlari kesimida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a-ILOVA

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasida respublika hududlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.1-ILOVA

2018-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.2-ILOVA

2018-yilda Andijon viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.3-ILOVA

2018-yilda Buxoro viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.4-ILOVA

2018-yilda Jizzax viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.5-ILOVA

2018-yilda Qashqadaryo viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.6-ILOVA

2018-yilda Navoiy viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.7-ILOVA

2018-yilda Namangan viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.8-ILOVA

2018-yilda Samarqand viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.9-ILOVA

2018-yilda Surxondaryo viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.10-ILOVA

2018-yilda Sirdaryo viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.11-ILOVA

2018-yilda Toshkent viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.12-ILOVA

2018-yilda Fargʻona viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.13-ILOVA

2018-yilda Xorazm viloyati tuman va shaharlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 1a.14-ILOVA

2018-yilda Toshkent shahar tumanlari kesimida aholi vaqtincha bandligini taʼminlashning prognoz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 2-ILOVA

Faoliyat yuritmayotgan, xususiylashtirilgan korxonalar va davlat mulki obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritalari” va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga yangi ish oʻrinlarini tashkil etish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga 2018-yilda band boʻlmagan aholini jamoat ishlariga jalb qilish

* Prognoz parametrlariga Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-sonli qarori bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 3a-ILOVA

2018-yilda band boʻlmagan aholini jamoat ishlariga jalb qilishni moliyalashtirishga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratish

* Prognoz parametrlariga Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-sonli qarori bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 4-ILOVA

2018-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga ish oʻrinlari tashkil etish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 5-ILOVA

Band boʻlmagan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish va qayta tayyorlash, shuningdek, 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ishsizlik nafaqasini toʻlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi hududlari kesimida 2018-yilda band boʻlgan aholi soni oʻsishining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 7-ILOVA

2018-yilda Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturi

1-bob. Kirish

1. 2018-yilda Aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi Konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida bayon etilgan gʻoyat muhim ustuvor yoʻnalishlar va vazifalarni, “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan.

2. Konsepsiya aholi, ayniqsa yoshlar bandligini taʼminlash, mehnat bozorini tartibga solishning bozor vositalarini hamda kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlashning yangi taʼsirchan mexanizmlarini tatbiq etish, aholini tadbirkorlikka va samarali bandlik shakllariga jalb etish, ishga joylashishga muhtoj shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash sifatini takomillashtirish, buning asosida aholi farovonligi darajasi va turmushi sifatini oshirish boʻyicha tizimli, aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va oʻzaro bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan.

2-bob. 2018-yilgi Konsepsiyaning asosiy tamoyillari va yangiligi

3. Quyidagilar 2018-yilgi Konsepsiyaning asosiy tamoyillari hisoblanadi:

yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va respublika tarmoqlari hamda hududlaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati kengaytirilishini taʼminlashga qaratilgan faol investitsiya siyosatini izchil oʻtkazish hisobiga munosib mehnat sharoitlari va xodimlarning ijtimoiy himoyasini taʼminlaydigan doimiy barqaror ish oʻrinlarini tashkil etish ustuvorligi;

ish oʻrinlari yaratilishi va aholi bandligi taʼminlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar buzib koʻrsatilishiga va notoʻgʻri taqdim etilishiga yoʻl qoʻymaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda tashkil etilayotgan ish oʻrinlari monitoringi va nazoratining ishonarli, shaffof hamda samarali tizimini taʼminlash;

oliy va oʻrta taʼlim muassasalarini bitirgan yoshlar, Qurolli Kuchlar safidan boʻshagan fuqarolar, jazoni ijro etish joylaridan qaytib kelgan shaxslar, kam taʼminlangan oilalarning mehnatga qobiliyatli aʼzolari, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlaridan boʻlgan yoshlar uchun ham ish oʻrinlarining minimal miqdorini kvotalashtirish yoʻli bilan mehnat bozorida oʻzining raqobatdoshligini oshirishga muhtoj aholi toifalarining bandligini taʼminlash;

aholi bandligining samarali shakllarini ragʻbatlantirish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka aholini keng jalb etish, chet ellarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda yuborish hajmlarini tubdan koʻpaytirish;

mehnat bozorida talab etilayotgan kasb-hunarlarga oʻqitish va qayta oʻqitish yoʻli bilan ishga muhtoj shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash sifatini takomillashtirish, ishsiz shaxslarni jamoat ishlariga jalb etishni kengaytirish, ularga ishsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlashni koʻpaytirish yoʻli bilan ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish.

4. 2018-yilda Konsepsiyani amalga oshirishga yondoshuvlarda asosiy yangilik quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika mintaqalariga qilgan tashriflari davomida ishlab chiqilgan yangi doimiy ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarta tutuvchi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish dasturlarida koʻzda tutilgan investitsiya loyihalari bajarilishining tizimli monitoringini amalga oshirish va unga koʻmaklashish;

respublikaning butun hududi boʻylab band boʻlmagan aholini haqi toʻlanadigan jamoat ishlariga, shu jumladan, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va mahallalar hududlarini obodonlashtirishga, uy-joy fondi va uy-joy kommunal infratuzilmasi obyektlarini, avtomobil yoʻllari, muhandislik kommunikatsiyalari, ijtimoiy-madaniy ahamiyatdagi obyektlar, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash ishlariga, shuningdek, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlariga, nogironlar va bemorlarni parvarish qilish hamda boshqa ishlarga jalb etish yoʻli bilan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

turli xalq hunarmandchiliklarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish, hunarmandlar va ularning oilalarini qoʻllab-quvvatlash, hunarmandchilikni yanada rivojlantirishga, jumladan, hunarmandlar va ularning shogirdlarini hisobga olish hamda bandligini qayd etishni takomillashtirishga, “Ustoz-shogird” uslubida hunarmandlarning shogirdlarini oʻqitishning samarali usulini yanada rivojlantirish, turli xalq hunarmandchiligi sohasida band boʻlgan kishilarga soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish, ularning ishlab chiqarish binolaridan, moddiy resurslar hamda infratuzilmadan foydalanishlarini kengaytirish;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda uning hududiy tuzilmalari orqali, shuningdek, xorijda ishlashga joʻnab ketuvchi shaxslar uchun mehnat organlarida maslahatlar berish tizimini joriy etish yoʻli bilan fuqarolarning chet ellarda uyushgan tarzda ishga joylashuvini kengaytirish, ishchi kuchini import qiluvchi salohiyatli mamlakatlar bilan mehnat migratsiyasi toʻgʻrisidagi bitimlar tuzishni faollashtirish, chet ellik sheriklar bilan birgalikda fuqarolarning chet elda ishlashga ketishidan oldin kasbiy va ijtimoiy moslashuv tizimini yaratish;

yangi ish oʻrinlari tashkil etishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish, xususan tadbirkorlik subyektlari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining bitiruvchilari, kam taʼminlangan oilalarning aʼzolari hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni roʻyobga chiqarishda “Mikrokreditbank” ATBning moliyaviy hamda kredit madadini kuchaytirish.

3-bob. Mehnat bozorining holati va ish oʻrinlariga talab

5. Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2017-yil oxiriga kelib 32 387,2 ming kishini tashkil etdi, 2016-yilgi koʻrsatkichga nisbatan 101,7 foizga oʻsdi. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining soni 18 672,5 ming kishini tashkil etdi (2016-yilgi koʻrsatkichga nisbatan 101%oʻsdi). 2017-yilning 1-yanvarida band aholining soni 13 520,3 ming kishini tashkil etib, oʻsish surʼati 2016-yilgi koʻrsatkichga nisbatan 101,7 foiz boʻldi.

2017-yilda tashkil etilgan ish oʻrinlari miqdori 336,1 ming ish oʻrnini tashkil etdi, shulardan 246,1 mingtasi doimiy ish oʻrinlari, shu jumladan, rivojlanishning maqsadli dasturlarini amalga oshirish doirasida sanoat tarmoqlarida — 101,6 mingta, xizmat koʻrsatish sohasida — 66,2 mingta, qishloq xoʻjaligida — 51,6 mingta, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, boʻsh yotgan davlat obyektlarini ijaraga berish yoki xususiylashtirish — 26,8 mingta, yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida — 90,0 mingtani tashkil etdi.

Oʻtgan uch yil mobaynida mehnat bozorining rivoji dinamikasini tahlil etish shuni koʻrsatadiki, doimiy aholi sonining oʻsishi (102%)ga nisbatan band aholi sonining oʻrtacha oʻsishi biroz boʻlsada olgʻa siljidi (102,1%), shuningdek, mehnat resurslarining oʻsishi (101,2%)ga nisbatan iqtisodiy faol aholining oʻsishida (101,9%) sezilarli siljishga erishildi. Natijada, band boʻlganlarning mehnat resurslari soniga nisbatan solishtirma ogʻirligi 2017-yilda 2015-yilga nisbatan 71,4 foizdan 72,5 foizga, iqtisodiy faol aholiga nisbatan esa 94,8 foizdan 94,9 foizga oʻsdi.

Iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha band boʻlganlar tarkibida sanoat eng koʻp oʻsishni (2017-yilda 2015-yilga nisbatan 103,1%) va qurilish (103,1%) koʻrsatdi. Bunda qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklarida band boʻlganlarning oʻsishi (102,3%) xizmat koʻrsatish sohasiga qaraganda yuqoriroq (101,5%) boʻldi. Kichik biznes sohasida band boʻlganlar ulushi 2017-yilda 2015-yildagi 77,9 foizga nisbatan 78,5 foizgacha oʻsdi.

6. Mehnat bozoridagi talab va taklifning hisob-kitob balansi prognoz parametrlariga koʻra 2018-yilda ish oʻrinlariga talab 1 362,5 ming kishini tashkil etadi.

Mehnat bozoriga ilk bora chiqqan oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridan boʻlgan yoshlarning soni 484,5 ming kishini tashkil etadi. Ishga joylashtirishga muhtoj, band boʻlmagan aholi soni 851,9 ming kishidan iborat boʻlib, shulardan 220,4 ming kishi — iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar natijasida boʻshatilganlardir. Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalariga mansub ishga muhtoj shaxslar soni salkam 26,1 ming kishini tashkil etadi.

Taklif etilayotgan ish joylari 1 295,3 mingtani, shu jumladan, tabiiy chiqib ketish (pensiyaga chiqish, oʻlim va boshqalar) hisobiga — 188 mingta, yil boshida vakant (boʻsh) ish oʻrinlari —152,5 mingta, doimiy muqim ish oʻrinlari tashkil etish — 346,7 mingta, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda, uy-joylar qurilishida, infratuzilma obyektlarida, obodonlashtirish ishlarida bandlikni taʼminlash — 169,5 mingta, himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun ish oʻrinlarini kvotalashtirish — 48,6 mingta, ishsizlarni kasb-hunarga qayta oʻqitish — 25,8 mingta va fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish — 208,4 mingta, shu jumladan, tashkillashtirilgan tarzda joʻnatish — 52 mingta, shuningdek, aholining shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida oʻzini-oʻzi ish bilan taʼminlashi — 155,8 ming kishi.

4-bob. 2018-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va bandlikni taʼminlashning asosiy yoʻnalishlari

7. Konsepsiyaga muvofiq 2018-yilda quyidagi yoʻnalishlar hisobidan yangi ish oʻrinlari tashkil etish nazarda tutilmoqda:

168 224 ta yangi doimiy ish oʻrinlari, jumladan, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat hududlariga amalga oshirgan tashriflari davomida ishlab chiqilgan loyihalar, respublika hududlari, shahar va tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlari hamda tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari doirasida korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish hisobiga sanoat tarmoqlarida (110 918) ish oʻrni, qishloq xoʻjaligida (26 655) va xizmat koʻrsatish sohasida (30 651) yangi doimiy ish oʻrinlari yaratiladi;

tadbirkorlik subyektlariga xususiylashtirishdan keyingi madad koʻrsatish, faoliyat yuritmayotgan, xususiylashtirilgan korxonalar va davlat mulki obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritalari” va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 19 994 ta yangi ish oʻrni tashkil etiladi;

qishloq joylarda arzon uy-joylar, koʻp qavatli turar-joylar va yoʻl-muhandislik infratuzilmasi qurilishi hisobiga 46 601 ish oʻrni yaratiladi;

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 10 661 ish oʻrni tashkil etiladi;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 101 310 ish oʻrinlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli Farmonida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan hunarmandchilikda 26 883 ish oʻrinlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari:

respublikaning barcha hududlari, tumanlari, shahar va mahallalaridagi 140 083 nafar band boʻlmagan shaxslarni jamoat ishlariga jalb etish, shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam taʼminlangan aholi qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3268-sonli qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 5-oktabrdagi 799-sonli qaroriga muvofiq budjetdan mablagʻlar ajratiladi;

mamlakat hududlarida tashkil etilgan 28 ta Vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosi orqali 29 374 nafar fuqaroning bandligini taʼminlash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun kvotalashtiriladigan 48 607 ish oʻrnini zaxiraga olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli Farmoniga muvofiq “Ustoz-shogird” uslubi boʻyicha takomillashtirilgan oʻquv dasturi asosida band boʻlmagan fuqarolar, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish va qayta oʻqitishni, shuningdek, hunarmandchilik koʻnikmalariga oʻqitishni tashkillashtirish orqali band boʻlmagan 25 850 nafar shaxsning bandligini taʼminlash;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududiy byurolari orqali 52 067 nafar fuqaroni chet ellarda ishga joylashtirish yoʻli bilan 340 194 nafar kishining bandligini taʼminlash nazarda tutilmoqda.

8. Konsepsiya yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha asosiy tadbirlar, ularni bajarish mexanizmi, ijro etish muddatlari va masʼul bajaruvchilar “Yoʻl xaritasi” — 2018-yilda aholi bandligiga koʻmaklashish chora-tadbirlari kompleksida koʻrsatiladi.

5-bob. 2018-yilda Aholi bandligiga koʻmaklashish dasturini amalga oshirish monitoringi

9. 2018-yilda Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturini bajarish monitoringi tasdiqlanadigan quyidagi prognoz parametrlari kesimida amalga oshiriladi:

respublika hududlari kesimida aholi bandligini taʼminlash — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;

tarmoqlar va Vazirlar Mahkamasi komplekslari kesimida ish oʻrinlari tashkil etish — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli mutasaddi departamentlari tomonidan;

sanoat tarmoqlari, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida doimiy ish oʻrinlarini tashkil etish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;

faoliyat yuritmayotgan, xususiylashtirilgan korxonalar va davlat mulki obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritalari” va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga ish oʻrinlarini tashkil etish — Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan;

band boʻlmagan aholini jamoat ishlariga jalb etish — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi tomonidan;

hunarmandchilikni rivojlantirish, ishsizlarni kasb-hunarga qayta oʻqitish, vaqtichalik bir martalik ish berish, shuningdek, “Mikrokreditbank” ATBning maqsadli mikrokeditlarini ajratish hisobiga bandlikni taʼminlash — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan;

fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan.

10. 2018-yilda Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturining bajarilishi monitoringini amalga oshirayotgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hisobot oyidan keyingi oyning 7-kunidan kechiktirmay har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tasdiqlangan tegishli parametrlarning bajarilishi toʻgʻrisida axborot berib boradilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 8-ILOVA

2018-yilda Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturini amalga oshirish kompleks

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 9-ILOVA

Aholi bandligiga koʻmaklashish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy faoliyat olib boruvchi hududiy ishchi komissiyalarining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3506-son qaroriga 10-ILOVA

Aholi bandligiga koʻmaklashish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy faoliyat olib boruvchi tuman ( shahar) ishchi komissiyalarining

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.