Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash, qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Obod qishloq” dasturining 2018-yil uchun moʻljallangan maqsadli parametrlari hamda dastur doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy koʻrsatkichlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
“Obod qishloq” dasturi doirasida ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib berish prefernsiyalari tatbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
“Obod qishloq” dasturi amalga oshirish uchun tuman va shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus shtablarning namunaviy tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 6-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorligini taʼminlash, shuningdek, yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish;
qurilish va obodonlashtirish ishlari boʻyicha belgilangan parametrlar ijrosini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlashning borishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish;
kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini tayyorlash, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari roʻyxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar — buyurtmachilarning takliflari asosida tasdiqlangan dasturning tegishli parametrlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, bajariladigan ish turlari va hajmlari hamda moliyalashtirish manbalariga kelishilgan holda aniqlik kiritish.
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti Respublika komissiyasining Ishchi organi etib belgilansin hamda unga kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini ishlab chiqish, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari roʻyxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin.
Respublika komissiyasi (Ramatov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonidan kelib chiqib, oʻn kun muddatda mahalliy hokimliklar va tegishli vazirlik (idora)lar tomonidan ishlab chiqilgan hamda Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan tuman va qishloqlar kesimidagi manzilli roʻyxatlarni tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelgusi yil Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish dasturi parametrlarini shakllantirishda “Obod qishloq” dasturi doirasida 2019-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari uchun zaruriy markazlashgan kapital qoʻyilmalar limiti koʻzda tutsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida ijtimoiy soha obyektlari, yoʻl-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiyalari qurilishi uchun xalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlarini jalb qilish uchun loyihaning moliyaviy-iqtisodiy hisobotini (loyihaoldi hujjatini) oʻn besh kun muddatda tayyorlab, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga taqdim etsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy hisobotlari (loyihaoldi hujjatlari) asosida “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlarning moliyalashtiruvchi tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari va grant mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar)lar hokimliklari bir oy muddatda tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan har bir tuman (shahar) va qishloq boʻyicha maxsus shtablarni shakllantirib, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻysin, shuningdek, har bir obyekt kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va monitoring natijalarini har oy yakuni bilan Respublika komissiyasiga taqdim etib borsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, boshqa tegishli vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlari bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
“Oʻzqurilishmateriallari” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK, “Oʻzeltexsanoat” AK, tarkibida qurilish materiallari va jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud boʻlgan xoʻjalik birlashmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini yetkazib berish uchun joylarda savdo shoxobchalari — korxonalarning firma doʻkonlari va filiallarini kompleks tarzda tashkil etsinlar.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, boshqa tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning natijalariga koʻra:
mavjud uy-joylar, bino-inshootlar, infratuzilma obyektlari, yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holatini oʻrgansinlar hamda shu asosda ularda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari bajarilishini;
texnik talablarga javob bermaydigan yoki noqonuniy ravishda qurilgan bino-inshootlar va qurilmalarning buzilishini;
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari tuman hokimliklarining yer zaxira fondlariga olinishini taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat avtomobil yoʻllari qoʻmitasi “Obod qishloq” dasturi doirasida tuman markazidan qishloqlargacha boʻlgan yoʻllarni, qishloqlarning markaziy koʻchalarini va asfalt bilan qoplangan yoʻllarni taʼmirlash, qishloqlarning asfalt qoplamasiz ichki yoʻllarini qum-shagʻal qorishma yotqizish va piyodalar yoʻlaklariga beton qoplama yotqizishni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari asosida amalga oshirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar)lar hokimlari hamda sektorlar rahbarlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida mavjud koʻp xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini (fasad, podyezd, zina maydonlari, tom, yertoʻla, trotuar, bolalar maydonchalari) taʼmirlash, maishiy infratuzilma obyektlarini (tashqi sanitariya tarmoqlari, tandirxona) joylashtirish hamda atrof-hududini tartibga keltirish boʻyicha namunaviy talablarni (eskiz loyihasini) ishlab chiqib, ishlarni shu asosda amalga oshirishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun alohida loyiha tashkilotlarini biriktirib, ular tomonidan koʻp xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, tashqi qiyofasini tartibga keltirish, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini taʼmirlash, maishiy infratuzilma obyektlarini joylashtirish hamda atrof-hududini obodonlashtirish boʻyicha loyihalar ishlab chiqilishi taʼminlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy “Toza hudud” DUKlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida chiqindi yigʻish punktlarini barpo etib, tizimli ravishda chiqindilarni yigʻish, olib ketish va utilizatsiya qilish ishlari tashkil qilsin hamda mazkur ishlarni bajaradigan korxonalarni zaruriy transport vositalari, texnika va mashina-mexanizmlar bilan taʼminlash yuzasidan choralar koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, xoʻjalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida yangi ish oʻrinlari yaratish va aholining ish bilan bandligi oshirilishini taʼminlasin.
Bunda, mavjud zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish, boʻsh turgan bino-inshootlarda ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish va taʼmirlash, shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalarini barpo etish hamda ularning tarmoqlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
PQ-3630-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Obod qishloq” dasturining 2018-yil uchun moʻljallangan
dona T/r Hududlar nomi Tumanlarsoni MFY va OFYlar soni Xonadon soni Aholi soni (ming kishi) JAMI 174 368 333,740 1,719,978 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 15 29 24,119 142,607 2. Andijon viloyati 14 28 18,114 101,533 3. Buxoro viloyati 11 22 18,020 93,705 4. Jizzax viloyati 12 24 18,709 121,796 5. Qashqadaryo viloyati 13 26 43,635 229,973 6. Navoiy viloyati 9 17 11,796 69,462 7. Namangan viloyati 11 22 18,551 100,882 8. Samarqand viloyati 16 32 17,565 104,113 9. Sirdaryo viloyati 8 16 11,756 62,312 10. Surxondaryo viloyati 14 28 20,645 117,612 11. Toshkent viloyati 15 30 20,027 103,719 12. Fargʻona viloyati 15 30 27,013 131,423 13. Xorazm viloyati 10 20 17,123 97,603 14. Toshkent shahri 11 44 66,667 243,238
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 2-ILOVA
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 3-ILOVA
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2661-son qarorida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan
** XMI tomonidan past kuchlanishli tarmoqlar va transformator modernizatsiyasi uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 4-ILOVA
“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018-yilda ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib berish preferensiyalari tatbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari
“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan obyektlarni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan taʼminlash maqsadida, asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallarini roʻyxati ishlab chiqarish uchun korxonalarga gaz va elektr energiyasi 2018-yil 1-maydan boshlab, aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib berish preferensiyalari asosida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 5-ILOVA
“Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni tashkil etish uchun tuman va shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus shtablarning namunaviy
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qaroriga 6-ILOVA
“Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Respublika komissiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini jalb qilish huquqiga ega.