PF-5445-son Farmon · 22.05.2018

Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5445
  • Qabul qilingan sana:22.05.2018
  • Kuchga kirgan sana:23.05.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/18/5445/1245

Investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish va tasdiqlash hamda qurilish-montaj ishlarini olib borish tartibini soddalashtirish, shuningdek, kapital qurilishda pudratchilarning roli va javobgarligini kuchaytirish maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki:

(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)

Arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)

2. Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash bekor qilinsin.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadigan shaxslarni akkreditatsiyalashga masʼul organ hisoblanadi;

(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)

(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5392-son Farmoni uchinchi bandining beshinchi xatboshisi hamda uning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

6. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash tartibi hamda qurilish sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash uchun kiritishni;

qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritishni taʼminlasin.

7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 22-may,

PF-5445-son

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.