PF-5444-son Farmon · 18.05.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoniga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5444
  • Qabul qilingan sana:18.05.2018
  • Kuchga kirgan sana:22.05.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/18/5444/1244

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada rivojlantirish, chiqindilarni qayta ishlashda yuqori texnologiyalar qoʻllanilgan ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni amalga oshirayotgan xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmonida:

a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi “va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

b) ilovaga quyidagi mazmundagi 22-band qoʻshilsin:

“22. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish”.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 18-may,

PF-5444-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.