PF-5459-son Farmon · 20.06.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5459
  • Qabul qilingan sana:20.06.2018
  • Kuchga kirgan sana:20.06.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/18/5459/1374

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart- sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-sonli Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari asosida eksport qilinadigan buyumlar va mahsulotlar roʻyxatida:

10-bandining “TN TIF kodi” grafasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashki savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 20-iyun,

PF-5459-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PF-5459-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari roʻyxati

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-sonli qarori 4-ilovasining 21 -bandi.

3. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-iyuldagi PQ-2213-sonli qarori ilovasining 1-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashki iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-iyundagi PQ-3077-sonli qarori 1-bandining beshinchi xatboshi va 3-bandi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.