PQ-3609-son Qaror · 16.03.2018

2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3609
  • Qabul qilingan sana:16.03.2018
  • Kuchga kirgan sana:17.03.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3609/1535

Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi xalqaro imidjini shakllantirishda ayrim hududlar, xususan, Samarqand viloyati va Samarqand shahrining turizm salohiyati beqiyos oʻrin egallaydi. Samarqand viloyatida jami 69 ta turizm operatorlari xamda 107 ta joylashtirish vositalari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

2001-yilda Samarqandning oʻrta asrlar meʼmorchiligining noyob arxitektura shakllariga ega boʻlgan yodgorliklari, madaniy meros obyektlari, oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan ilmiy, tarixiy va sanʼat asarlari haqli ravishda YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan.

Bugungi kunda Samarqand viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, undan foydalanish samaradorligini oshirish, turistlarni noyob madaniy meros obyektlari bilan keng tanishtirish uchun kulay shart-sharoitlar yaratish, hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining izchil rivojlanishini taʼminlash hamda “Samarkand city” turizm zonasini barpo etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, Samarqand viloyatiga 2016-yilda 76,2 mingta xorijiy fuqaro tashrif buyurgan boʻlsa, 2017-yilda bu koʻrsatkich 179,6 mingtaga yetdi va respublika boʻyicha atigi 7,0 foizni tashkil etdi.

Samarqand viloyati va Samarqand shahrining mavjud turizm imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayapti, jumladan, hududdagi mavjud joylashtirish vositalarining sigʻimi, ularda koʻrsatilayotgan xizmatlar turi va sifati, turizm obyektlariga olib boruvchi yoʻllar holati, koʻngilochar obyektlarning soni va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar, ekskursovod va gidlarning kasb mahoratlari talab darajasida emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bu boradagi farmon va qarorlari ijrosini taʼminlash doirasida mazkur masalalarni kompleks yondashuv asosida hal etish xamda istiqbolda tashrif buyuradigan xorijiy turistlar uchun yanada qulay shart-sharoitlarga ega turizm infratuzilmasini barpo etish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha chora-tadbirlarga ehtiyoj sezilmoqda.

Shu munosabat bilan Samarqand viloyatiga xorijiy va mahalliy turistlar oqimini koʻpaytirish, ularga koʻrsatiladigan xizmatlar xilma-xilligini oshirish va sifatini taʼminlash, yangi turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi 450-son qarori qabul qilingani va uning doirasida amaliy ishlar olib borilayotgani inobatga olinsin.

2. Quyidagilar:

2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini koʻpaytirish, yangi infratuzilma obyektlarini barpo etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;

2018-2019-yillarda Samarqand viloyatiga xorijiy mamlakatlardan jalb qilinadigan turistlar sonini 2017-yilga nisbatan 2018-yilda 1,9 karra xamda 2019-yilda 2,8 karra miqdorida oshirish boʻyicha prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;

2018-2019-yillarda Samarqand viloyatiga ichki turizmni rivojlantirish maqsadida respublika hududlaridan jalb qilinadigan mahalliy turistlar soni 2017-yilga nisbatan 2018-yilda 1,7 karra xamda 2019-yilda 2,3 karra miqdorida oshirish boʻyicha prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki, 1-ilovadagi dasturga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar va ijrochilar mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi.

4. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Abduxakimov) va Samarqand viloyati hokimligi (Joʻrayev):

Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilsin va muvofiqlashtirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi (Kamilov), Halq taʼlimi vazirligi (Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Yusupov), Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi (Narbayeva), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Rafikov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranboyev), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Javlonov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (Jalilov) hamda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda ushbu qarorning 2-3-ilovalaridagi prognoz parametrlarda belgilangan koʻrsatkichlarga erishish yuzasidan taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30 shondagi 450-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2019-yillarda Samarqand viloyati va Samarqand shahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi amalga oshirilishining nazoratini taʼminlash boʻyicha Ishchi guruh (Xolmuradov) xar chorak yakuni boʻyicha ushbu qarorda hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyundagi 450-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan masʼul davlat organlari rahbarlarining hisobotini joyiga chiqqan xolda eshitsin xamda yuklatilgan vazifalar ijrosining buzilishi holatlari va sabablarini aniqlab, ularni bartaraf egish choralarini koʻrsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov va Samarqand viloyati xokimi T.I. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 16-mart,

PQ-3609-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3609-son qaroriga 1-ILOVA

2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini koʻpaytirish, yangi infratuzilma obyektlarini barpo etishga doir qoʻshimcha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3609-son qaroriga 2-ILOVA

2018-2019-yillarda Samarqand viloyatiga xorijiy mamlakatlardan jalb qilinadigan turistlar sonini 2017-yilga nisbatan 2018-yilda 1,9 karra xamda 2019-yilda 2,8 karra miqdorida oshirish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3609-son qaroriga 3-ILOVA

2018-2019 nillarda Samarqand viloyatiga ichki turizmin rivojlantirish maqsadida respublika hududlaridan jalb qilinadigan mahalliy turistlar soni 2017-yilga nisbatan 2018-yilda 1,7 karra xamda 2019-yilda 2,3 karra miqdorida oshirish boʻyicha

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.