PQ-3874-son Qaror · 19.07.2018

2018-2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3874
  • Qabul qilingan sana:19.07.2018
  • Kuchga kirgan sana:23.07.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3874/1575

[Koʻchirma]

Keyingi yillarda mamlakatda investitsiya jarayonlarini talay darajada takomillashtirish, davlat rivojlanish dasturlarini shakllantirish tartibini belgilash, loyihalarni tanlash shaffofligi va samaradorligini oshirish, ularni moliyalashtirish borasida saʼy-harakatlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasining Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqdaki, u Yagona milliy resurslar maʼlumotnomasini oʻz ichiga oladi, bu esa tovarlar, ishlar va xizmatlarning bozor qiymatini shakllantirish, loyiha yechimi samaradorligini baholash, resurslarning miqdori va turlarini toʻgʻri aniqlash, rejalar va jadvallar shakllantirilishi, dasturlar bajarilishi ustidan elektron nazoratni amalga oshirish imkonini beradi.

Shu bilan birga davlat rivojlanish dasturlarini shakllantirish yangi tartibining barcha komponentlari endigina boshlangan, maʼqullangan, shuningdek, joriy yilda shakllantiriladigan yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini, xususan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi shunday loyihalarni amalga oshirish bosqichlari bilan ularning muddatlari uygʻunlashtirilmaganligi ularni oʻz vaqtida nihoyasiga yetkazish, ishlab chiqarish quvvatlarini koʻpaytirish, mahsulot ishlab chiqara boshlash va yangi ish oʻrinlari yaratish uchun investitsiyaviy hamda moliyaviy xavotirliklarni vujudga keltiradi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, 2018-2019-yillarda boshlangan, maʼqullangan, shuningdek, shakllantirilayotgan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda:

2018-yilda amalga oshiriladigan, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ishtirokidagi tarmoq investitsiya loyihalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;

2019-yilda amalga oshiriladigan, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ishtirokidagi tarmoq investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;

toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi istiqbolli tarmoq investitsiya loyihalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;

2018-yilda amalga oshiriladigan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi mintaqaviy investitsiya loyihalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;

2019-yilda amalga oshiriladigan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi mintaqaviy investitsiya loyihalari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;

toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi istiqbolli mintaqaviy investitsiya loyihalari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq shakllantirilgan.

2. Quyidagilar:

tegishli vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari zimmasiga — 1, 2, 4 va 5-ilovalarga kiritilgan investitsiya loyihalari oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, ular amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida har oʻn kunda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga axborot berib borish;

(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari zimmasiga — toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilishining borishi ustidan tizimli monitoring olib borish, shuningdek, asosiy muammolarni oʻz vaqtida aniqlash hamda ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga oy sayin tegishli axborot kiritib borish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin.

(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:

(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

a) vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining:

1, 2, 4 va 5-ilovalarga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning kompleks tarmoq jadvallarini ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun bir oy muddatda kiritish, investitsiyalarni oʻzlashtirishning oylik hajmlarini, investitsiya loyihalari asosiy bosqichlarini amalga oshirish va obyektlarni foydalanishga topshirish muddatlarini, shuningdek, mazkur qarorning 3 va 6-ilovalariga muvofiq loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni belgilash yuzasidan;

2020 — 2024-yillarda tarmoq, mintaqaviy va maqsadli rivojlanish konsepsiyalari ishlab chiqilishini nihoyasiga yetkazish hamda 2019-yilning 1-apreliga qadar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish va loyihalar portfellarini shakllantirish yuzasidan ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;

b) bir oy muddatda loyihalar tashabbuskorlarining va davlat boshqaruv organlarining tegishli axborot bazasiga kirishni taʼminlagan holda infratuzilmaviy investitsiya loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish imkonini beradigan zamonaviy dasturiy taʼminotni ishlab chiqsin va joriy etsin;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan kelishib, belgilangan tartibda:

2018-yilning 1-noyabrigacha — barcha moliyalashtirish manbalari hisobiga yildan yilga oʻtuvchi hamda yangidan boshlanadigan tarmoq va mintaqaviy loyihalarni oʻz ichiga oladigan Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi shakllantirilishini va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;

2019-yilning 1-noyabriga qadar — tegishli rivojlanish konsepsiyalarini inobatga olgan holda tasdiqlanadigan tarmoq, mintaqaviy va maqsadli loyihalar portfellari asosida ishlab chiqilgan 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturi shakllantirilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.

4. Belgilansinki, 2019-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish doirasida:

faqat yildan yilga oʻtuvchi loyihalar, shuningdek, loyihalarning TIA/TIHlari belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng yangidan boshlanadigan loyihalargina manzilli roʻyxatga kiritiladi;

investorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi dastlabki qarorlar (maqsadlar) taqdim etilgan ana shunday loyihalar istiqbolli loyihalar roʻyxatiga kiritiladi.

5. Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha LTIA/DTIX albatta ishlab chiqilishi hamda ana shu loyihalar boʻyicha qurilishlarning manzilli roʻyxatlari Agentlik bilan kelishilishi talablarini bekor qilish toʻgʻrisidagi Agentlik takliflariga rozilik berilsin.

6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi loyihalar va import shartnomalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi” (keyingi oʻrinlarda — Markaz) DUKda faqat investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi hujjatlari kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi:

(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)

a) budjet tizimining budjetlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan:

namunaviy loyihani ekspertizadan oʻtkazish qismida — namunaviy va takroriy qoʻllaniladigan loyihalardan foydalangan holda infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha (ijtimoiy soha va uy-joy fondi obyektlari qurilishi). Bunda namunaviy loyihaning keyingi bogʻlanishini ekspertiza qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKda amalga oshiriladi;

qiymati 10 milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan — individual hamda boshqa investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha. Bunda qiymati 10 milliard soʻmdan kamroq boʻlgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKda ekspertizadan oʻtkazilishi lozim;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berilishini nazarda tutuvchi alohida qarorlari asosida amalga oshiriladiganlari;

v) qiymati ekvivalentda 5 million AQSH dollaridan koʻproqni tashkil etuvchi loyihalar boʻyicha — ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan, shuningdek, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan koʻprogʻi yuridik shaxsga tegishli boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladiganlari;

g) moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, strategik foydali qazilma boyliklari qazib olinishi va/yoki qayta ishlanishini nazarda tutuvchi loyihalar, hujjatlarni ishlab chiqish va kelishishning alohida tartibi koʻzda tutilgan, mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalar bundan mustasno.

Bunda:

ushbu bandning “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilmagan boshqa investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi hujjatlarini loyihalarning tashabbuskorlari tomonidan ixtiyoriy va shartnomaviy asosda kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga kiritishga yoʻl qoʻyiladi;

Markaz loyihalarning tashabbuskorlari murojaat qilgan taqdirda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha shartnoma asosida loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish huquqiga egadir.

7. Belgilansinki, oʻtkazilgan tender savdolarining yakunlari boʻyicha tuzilgan import shartnomalarini ekspertizadan oʻtkazish va qayd etish uchun Markazga kiritishda ular boʻyicha ekspertiza faqat ularning tender hujjatlari shartlariga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos kelishi hamda matnning davlat tili va rus tiliga toʻgʻri tarjima qilinganligi ekspertizadan oʻtkaziladi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi loyihalarning tashabbuskorlari — vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari bilan hamkorlikda bir oy muddatda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tanqidiy oʻrganib chiqsin va zarur hollarda agentlik bilan kelishgan holda tuzatilgan tarmoq jadvallarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov, A.S. Sultonov) Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda boshqa manfaatdor idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan hamkorlikda:

qonun hujjatlarida budjet mablagʻlari va boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobiga zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini xatlovdan oʻtkazsin;

oʻtkazilgan xatlov yakunlari boʻyicha 2018-yilning 1-oktabriga qadar qurilish bosqichlari, muddatlari va ishlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda yangi qurilayotgan obyektlarga zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ulash boʻyicha belgilangan tartibda “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:

(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

ikki oy muddatda qoʻmitaning veb-saytida “Investitsiya portali” toʻliq joriy etilishini, unga investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlar uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalari roʻyxati kiritilishini taʼminlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda tijorat banklari bilan birgalikda kreditlarni taqdim etish shartlari va kredit liniyalarining oʻzlashtirilmay qolgan joriy qoldiqlarini koʻrsatgan holda tijorat banklari tomonidan jalb etilgan xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari toʻgʻrisidagi axborotlar “Investitsiya portali”ga joylashtirilishi va muttasil yangilab turilishini taʼminlasin.

(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 07/22/332/0677-son)

13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi agentlik bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 19-iyul,

PQ-3874-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-son qaroriga1-ILOVA

2018-yilda amalga oshiriladigan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi tarmoq investitsiya loyihalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-son qaroriga2-ILOVA

2019-yilda amalga oshiriladigan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi tarmoq investitsiya loyihalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-son qaroriga3-ILOVA

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi istiqbolli tarmoq investitsiya loyihalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-son qaroriga4-ILOVA

2018-yilda amalga oshiriladigan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi mintaqaviy investitsiya loyihalari

Izohlar:

1. Parametrlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat tashkilotlari (yoki mahsulot yetkazib beruvchilar)ni belgilash yakunlari boʻyicha aniqlashtirilishi lozim.

2. Roʻyxatga, zarur boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari tomonidan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-son qaroriga5-ILOVA

2019-yilda amalga oshiriladigan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi mintaqaviy investitsiya loyihalari

Izohlar:

1. Parametrlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat tashkilotlari (yoki mahsulot yetkazib beruvchilar)ni belgilash yakunlari boʻyicha aniqlashtirilishi lozim.

1. Roʻyxatga, zarur boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari tomonidan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-son qaroriga6-ILOVA

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi istiqbolli mintaqaviy investitsiya loyihalari

Izoh:

Parametrlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat tashkilotlari (yoki mahsulot yetkazib beruvchilar)ni belgilash yakunlari boʻyicha aniqlashtirilishi lozim.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.