PF-5496-son Farmon · 01.08.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-sonli qarori)

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5496
  • Qabul qilingan sana:01.08.2018
  • Kuchga kirgan sana:01.08.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/18/5496/1603

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 1-avgust,

PF-5496-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-sonli Farmoni 4-ilovasining “Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari sohasida davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 7-ishchi guruh tarkibi” boʻlimidagi:

a) 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10. lavozimi boʻyicha — “Oʻzsharobsanoat” AJ raisi oʻrinbosari”;

b) 29-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“29. lavozimi boʻyicha — “Oʻzsharobsanoat” AJ boshqarmasi boshligʻi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-sonli Farmoni 1-ilovasining 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“23. lavozimi boʻyicha — “Oʻzsharobsanoat” AJ boshqaruvi raisi”.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-sonli qarori 1-bandining uchinchi xatboshi va 3-bandining ikkinchi xatboshidagi ““Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari ““Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni xar yili oʻtkazib turish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 1-iyundagi PQ-2539-sonli qarorida:

a) 8-bandidagi ““Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari ““Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovasidagi oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“lavozimi boʻyicha — “Oʻzsharobsanoat” AJ raisi”.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PK-3219-sonli qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi ““Oʻzvinosanoat-xolding” XK” soʻzlari ““Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzvinosanoat-xolding” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PK-3239-sonli qarorida:

a) nomlanishidagi “Oʻzvinosanoat-xolding” soʻzlari “Oʻzsharobsanoat” soʻzlari bilan almashtirilsin:

b) 2-bandida:

birinchi xatboshidagi ““Oʻzvinosanoat-xolding” AJ” soʻzlari ““Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

““Oʻzsharobsanoat” AJ” boshqaruvi raisi O.S. Mustafoyev zimmasiga ““Oʻzsharobsanoat” AJ”ga yuklatilgan vazifalar va faoliyat yoʻnalishlari sifatli xamda toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin”;

v) 3-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 5-bandidagi, shuningdek, 3 va 4-ilovalarning nomlanishidagi ““Oʻzvinosanoat-xolding” AJ” soʻzlari ““Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 7-bandining ikkinchi xatboshidagi ““Oʻzvinosanoat-xolding” AJ” (Sh.N. Raximov)” soʻzlari ““Oʻzsharobsanoat” AJ” (O.S. Mustafoyev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

d) 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

e) 3 va 4-ilovalardagi ““Oʻzvinosanoat-xolding” AJ” soʻzlari ““Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

j) 5-ilovadagi:

“Masʼul ijrochilar” grafasining 1.1, 2.1 — 2.3, 3.2. — 3.3, 4.1 — 4.3, 5.1 — 5.5-kichik bandlaridagi ““Oʻzvinosanoat-xoldpng” AJ” soʻzlari ““Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“Tadbirlar nomi” grafasining 3.1-kichik bandidagi ““Oʻzvinosanoat-xolding” AJ” soʻzlari va ““Oʻzvinosanoat-xolding” AJni Tiklash va rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari tegishli ravishda ““Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari xamda ““Oʻzsharobsanoat” AJni tiklash va rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

1, 3, 4 va 5-ilovalarning nomlanishidagi ““Oʻzvinosanoat-xolding” AJ” soʻzlari ““Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-oktabrdagi PK-3325-sonli qarori 1-ilovasining uchinchi bandidagi ““Oʻzvinosanoat-xolding” AJ” soʻzlari ““Oʻzsharobsanoat” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.