[Koʻchirma]
Mamlakatimizda ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirish, ularning quyi boʻgʻinlarini aholiga yanada yaqinlashtirgan holda mustahkamlash, barcha darajadagi tuzilmalarning vazifalari va funksiyalarini aniq belgilash, zamonaviy xavf-xatarlarni hisobga olgan holda kuch va vositalarni oqilona taqsimlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar ichki ishlar organlari rolini oshirish, ularni har bir xodim tomonidan oʻz xizmat burchi — “Xalq manfaatlariga xizmat qilish”ni soʻzsiz bajaradigan ijtimoiy yoʻnaltirilgan professional tuzilmaga aylantirish imkonini berdi.
Shu bilan birga, ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatini tashkil etishda qator tizimli kamchiliklar mavjud boʻlib, ular, kuch va vositalar boshqaruvining yetarli darajada muvofiqlashmaganligi, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlar va ularning kasb mahorati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning maqsadli nazorat-tahlilini taʼminlash holatining past darajadaligi namoyon boʻlmoqda.
Ichki ishlar organlari faoliyatiga samarali boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlash tizimini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Quyidagilar ichki ishlar organlarining kundalik faoliyatini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari deb hisoblansin:
birinchidan, vujudga kelayotgan real tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirgan tarzda taqsimlash va boshqarishning samarali mexanizmini joriy etish;
ikkinchidan, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tahliliy ishlarni aniqlanayotgan amaliy muammolarni tizimli tahlil qilish va kriminogen vaziyatni prognozlashga yoʻnaltirish maqsadida tubdan qayta koʻrib chiqish;
uchinchidan, lavozimlarni yuqori maʼnaviy-axloqiy, ishchanlik va kasbiy sifatlarga ega nomzodlar bilan jamlashni nazarda tutgan holda, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilishning sifat jihatdan yangi, soddalashtirilgan tartibini oʻrnatish;
toʻrtinchidan, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali tizimini joriy etish, shu jumladan ilmiy-psixologik uslublarni maqsadli qoʻllash orqali ularning xizmat va oilaviy-maishiy muammolarini oʻrganish;
beshinchidan, qonuniylikni soʻzsiz taʼminlash, xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish va xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlashga qaratilgan vazifalarni bajarish yuzasidan taʼsirchan idoraviy nazoratni tashkil qilish;
oltinchidan, ish yuritish mexanizmi va hujjatlar aylanishi tartibini takomillashtirish, ichki ishlar organlari tizimining barcha boʻgʻinlarida normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida, bir xilda va toʻliq bajarilishini taʼminlash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi, yuridik taʼminlash boshqarmasi, jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi negizida Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Belgilansinki, Departament bosh boshqarmaga tenglashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining devonini tashkil etib, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublikada kriminogen vaziyatni tizimli tahlil va prognoz qilish, undagi oʻzgarishlarga oʻz vaqtida munosabat bildirish, ichki ishlar organlari faoliyatini jinoyatchilik holati va unga qarshi kurashish natijalarini oʻrganish asosida rejalashtirish;
ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash, ularni kompleks tekshirish va nazorat qilish, amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish, shu jumladan ish natijadorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etish sohasidagi qarorlarini oʻz vaqtida, bir xilda va toʻliq bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining huquqni qoʻllash amaliyotida yagona huquqiy siyosat va nazoratni tashkil etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
ichki ishlar organlari tizimida maxfiylik rejimiga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash, samarali ish yuritish va hujjatlar aylanishini hamda jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-171-sonli Farmoni tahririda)
3. Ichki ishlar organlarining hududiy, harbiy va sohaviy tuzilmalari, shuningdek, idoraviy oliy taʼlim muassasalaridagi oʻz xavfsizlik boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining bevosita boʻysunuviga oʻtkazilsin, ularning budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining shtatlar jadvaliga kiritilib, tegishlicha hududiy, harbiy va sohaviy ichki ishlar organlari, shuningdek, idoraviy oliy taʼlim muassasalariga maqsadli biriktirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
5. Barcha darajadagi ichki ishlar organlari boshliqlari boʻysunuvidagi shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlar, shuningdek, ularning oilaviy-maishiy muammolarini doimiy oʻrganish va hal etish boʻyicha ishlar samaradorligi uchun shaxsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Departament belgilangan vazifalar ijrosi samaradorligini mustaqil oʻrganish, rahbar xodimlariga baho berish hamda ichki ishlar organlarining tezkor-xizmat faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish huquqiga ega;
oliy taʼlim muassasalarini aʼlo baholar bilan tamomlagan ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati va kasbiy oʻsishiga nisbatan Departament tomonidan nazorat oʻrnatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti tomonidan tizimli monitoring olib boriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik taʼminlash boʻlinmalariga birinchi marotaba xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar, istisno tariqasida, qabulning dastlabki tanlov imtihonlaridan ozod etiladilar;
ichki ishlar organlarining qabul va attestatsiya, shu jumladan maxsus unvonlarni berish boʻyicha komissiyalari faoliyatida psixolog-mutaxassislar ishtirok etadi va ular individual suhbat oʻtkazish natijasi boʻyicha har bir nomzod va xodim boʻyicha yakuniy qaror qabul qilishda hisobga olinadigan xulosa beradi.
10. 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
hududiy ichki ishlar organlari faoliyatiga oid muammolarni oldindan oʻrgangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hayʼatining sayyor va tezkor majlislarini oʻtkazish va ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha maqsadli qarorlar qabul qilish;
hududiy ichki ishlar organlarini har uch yilda kamida bir marotaba tekshirish hamda u oʻtkazilganidan soʻng bir yil ichida ular faoliyatini nazorat tartibida oʻrganish amaliyoti joriy etilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi malaka oshirish fakulteti, akademik litseylar bilan ishlash boʻlimi, modellashtirish va simulyatsiya markazi hamda pedagogik kadrlar tayyorlash kursi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Malaka oshirish instituti) tashkil etilsin.
Belgilansinki:
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Malaka oshirish instituti boshligʻiga boshqa oliy taʼlim muassasalari va davlat organlari, shu jumladan xorijiy malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish huquqi beriladi;
malaka oshirish yigʻinlariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tajribali amaliyotchi xodimlari hamda Akademiya professor-oʻqituvchilari jalb etilishi mumkin;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
joylarda Malaka oshirish institutining filiallari tashkil etiladi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
pedagogik kadrlar tayyorlash kursi funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish ofisiga yuklatiladi.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2026-y., 07/26/303/0895-son)
14. Ichki ishlar organlari boshqaruvi, nazorati va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Malaka oshirish instituti va uning joylardagi filiallarini joylashtirish, jihozlash, shuningdek, ular faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun boshqa tashkiliy masalalarni hal etishni taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” idoraviy koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, ushbu koʻkrak nishoni bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash, shaxslarni qidirish va kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan ichki ishlar organlari, shu jumladan xorijiy politsiya tuzilmalari xodimlari va harbiy xizmatchilari mukofotlanadi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
ikki hafta muddat ichida ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tashkiliy departamenti hamda “Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” idoraviy koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro standartlarni hamda fuqarolar ongida ichki ishlar organlari toʻgʻrisida ijobiy tasavvurni shakllantirish zaruratini hisobga olgan holda huquqni muhofaza qiluvchi tuzilma xodimlarining mutlaqo yangi maxsus kiyim-boshi, atributikasi va farqlovchi belgilarini joriy etish toʻgʻrisida taklif kiritsin;
bir oy muddatda ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda Malaka oshirish institutining tuzilmasi va nizomini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻz xavfsizligi boshqarmasining yangilangan shtatlar jadvalini tasdiqlasin;
bir oy muddatda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, rotatsiya va yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishni tartibga soluvchi idoraviy hujjatlarni oʻrnatilgan tartib-taomillarni tubdan soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda tanlov muddatlarini qisqartirishni hisobga olgan holda tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;
bir oy muddatda ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha psixologlar guruhini, birinchi navbatda xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash va shakllantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish boʻyicha taklif kiritsin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ichki ishlar organlari kadrlar boʻlinmalari faoliyatiga kadrlar zaxirasini hisobga olish, kadrlar siljishini monitoring qilish, xodimlar rotatsiyasi va xizmatda koʻtarilishini tahlil qilishni nazarda tutuvchi “e-Kadr” markazlashgan avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni taʼminlasin;
ikki oy muddatda Departamentni ustuvor ravishda tahliliy va tashkiliy qobiliyatga ega boʻlgan malakali mutaxassislar bilan jamlanishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiquvchi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
19. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida amalga oshiriladi.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-avgust,
PQ-3919-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-son qaroriga 6-ILOVA
Ichki ishlar organlari boshqaruvi, nazorati va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha
Izohlar:
1. Huquqiy munosabatlar predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqqan holda, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, mazkur bandlar uchun koʻrsatib oʻtilgan eng oxirgi muddat ijro muddati etib belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi PQ-3919-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3216-son qarorida 7-band toʻrtinchi xatboshisi “Ichki ishlar vazirligi” degan soʻzlardan keyin “Malaka oshirish instituti bilan birgalikda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3413-son qarorida:
a) 1-ilovada:
6-band yettinchi xatboshisi “tashkilotlaridan xodimlar” degan soʻzlardan keyin “shuningdek, ichki ishlar organlarining katta amaliy ish tajribasiga ega pensionerlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
14-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik taʼminlash boʻlinmalariga birinchi marotaba xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar, istisno tariqasida, dastlabki tanlov imtihonlaridan ozod etiladi”;
b) 2-ilovada:
16-band “xizmat intizomiga rioya etilishi” soʻzlaridan keyin “va tarbiyaviy ishlar samarali amalga oshirilishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.