PQ-3931-son Qaror · 05.09.2018

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3931
  • Qabul qilingan sana:05.09.2018
  • Kuchga kirgan sana:06.09.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3931/1841

(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimi boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5538-son Farmoniga muvofiq:

1. 2018-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) idoraviy boʻysunuviga oʻtkazilsin:

(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

oliy taʼlim muassasalari huzuridagi pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlari.

(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)

3. Quyidagilar tashkil etilsin:

(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)

(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)

v) Vazirlikning markaziy apparati tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

(3-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga, pedagog kadrlarning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning mehnatga majburlanishiga, taʼlim-tarbiya jarayoniga toʻsqinlik qilishning har qanday shakllariga, oʻqituvchi va oʻquvchilarning huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrish;

(3-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida ichki nazoratni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etilishining, shuningdek, Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan kasbga oid odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish va profilaktika qilish.

(3-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

4. Vazirlik huzurida quyidagilar tuzilsin:

(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

b) yuridik shaxs maqomisiz Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Koʻmaklashish jamgʻarmasi).

(4-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

Quyidagilar Koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili 250 milliard soʻm miqdorida ajratiladigan mablagʻlar;

(4-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

muassisi Vazirlik hisoblangan korxonalar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foyda;

umumtaʼlim muassasalarining mol-mulkini sotishdan tushgan mablagʻlarning 100 foizi;

maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablagʻlarining, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;

(4-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hududiy markazlar tomonidan tashkil etilgan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash kurslarida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning 5 foizi;

(4-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan mablagʻlarning 5 foizi;

(4-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hududida oʻrnatilgan video kuzatuv kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq undiriladigan jarimalar summalarining 50 foizi;

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)

Koʻmaklashish jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan, shuningdek, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar tomonidan umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida nodavlat xizmatlarni koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — nodavlat umumtaʼlim tashkiloti) koʻrsatiladigan pulli xizmatlardan olinadigan daromadlarning bir qismi;

yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.

Belgilab qoʻyilsinki, Koʻmaklashish jamgʻarmasining mablagʻlari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:

Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar xodimlariga ustamalar, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar toʻlash;

fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy ekspertlar va xorijda yashaydigan vatandoshlarni Vazirlikda ishlash uchun jalb etish;

Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar balansidagi bino va inshootlarni saqlash, ulardan foydalanish, ularni qurish va taʼmirlash, zarur anjomlar, shu jumladan mebel, aloqa, kompyuterlar va boshqa vositalar bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish;

Vazirlik xodimlarini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarida oʻqitish, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish;

Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

Vazirlik xodimlariga mamlakatda va xorijdagi xizmat safarlari xarajatlarini toʻlab berish;

Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar;

(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

9. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga:

(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari, boshqa idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash;

(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

Koʻmaklashish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning boshqaruv xodimlari shtatiga qoʻshimcha mutaxassis birliklarini kiritish;

pedagog kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilash;

umumtaʼlim muassasalarining oʻquv va oʻquv-metodik komplekslarini nashr etish va yetkazib berish tartibini belgilash;

Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida Koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilmiy va oliy taʼlim muassasalari, yetakchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mutaxassislarini, shuningdek, ularning maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi ekspertlarini konsultantlar sifatida jalb etish;

(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni ishga qabul qilish;

maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini moliyalashtirish uchun zarur xarajatlar boʻyicha takliflarni shakllantirish hamda, zarur boʻlganda, xorijiy qarz, grantlar va boshqa mablagʻlarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirish;

(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

Vazirlikning, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning, shuningdek, umumtaʼlim muassasalarining koʻchmas mulki va boshqa mulkini samarali boshqarishni tashkil etish;

idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlar, shuningdek, umumtaʼlim va maktabdan tashqari muassasalarni tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.

10. Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xalq taʼlimi tizimida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:

(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari binolarini qurish uchun davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish;

(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

mavjud umumtaʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan nodavlat umumtaʼlim muassasalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarini begʻaraz berish;

yuklanganlik koeffitsiyenti past boʻlgan yoxud rekonstruksiya qilish yoki taʼmirlashni (qayta jihozlashni) talab etadigan mavjud umumtaʼlim muassasalarini ijaraga berish;

(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)

(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)

xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash.

Belgilab qoʻyilsinki:

maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida davlat-xususiy sheriklik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin;

(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim Vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari asosida tuziladi. Mazkur bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda tanlov oʻtkazilmaydi;

(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)

xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni davlat tomonidan sherik sifatida Vazirlik tuzadi va xususiy sherik tomonidan kelishuv shartlarining bajarilishini monitoring qiladi;

(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)

umumtaʼlim va maktabdan tashqari muassasalarning yer uchastkalari va koʻchmas mulkini Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan boshqa tartiblar bundan mustasno.

(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

11. Belgilansinki, xususiy sherik zimmasiga davlat-xususiy sheriklik shaklidan kelib chiqqan holda investitsiya majburiyatlarining quyidagi turlari yuklanishi mumkin:

ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalardan muayyan miqdordagi oʻquvchilarni imtiyozli ravishda oʻqitish;

oʻziga oʻtkazilayotgan umumtaʼlim muassasalarining mavjud oʻquvchilar kontingentini sifatli oʻqitishni taʼminlash;

xususiy sherikka biriktirilgan umumtaʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish;

bolalarni bolalar yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga yuborish;

oʻquvchilarni zamonaviy darsliklar, maktab formasi, anjomlar va boshqa maktab buyumlari bilan taʼminlash;

davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlar.

(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)

12. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarning amal qilish muddatlari quyidagicha belgilansin:

(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)

nodavlat umumtaʼlim muassasalari binolarini qurish uchun davlat sherigiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalari bepul asosda ijaraga berilganda — kamida 30 yil;

(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

mavjud umumtaʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash sharti bilan nodavlat umumtaʼlim muassasalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari begʻaraz berilganda — kamida 20 yil;

yuklanganlik koeffitsiyenti past boʻlgan yoxud rekonstruksiya qilish yoki taʼmirlashni (qayta jihozlashni) talab etadigan mavjud umumtaʼlim muassasalari ijaraga berilganda — kamida 30 yil;

(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)

boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, shu jumladan faoliyat koʻrsatmayotgan umumtaʼlim muassasalarining binolari “nol” xarid qiymatida sotilganda — kamida 30 yil;

umumtaʼlim muassasalarining foydalanilmayotgan binolari (yoki ularning bir qismi) xususiy sheriklarga maqsadli foydalanish uchun ijara toʻlovining “nol” stavkasi bilan ijaraga berilganda — 30 yilgacha;

xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari moddiy taʼminlanganda — kamida 10 yil.

Tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik shartlarida berilgan obyektlarda faoliyat boshlagan nodavlat umumtaʼlim tashkilotining kelishuvning amal qilish muddati davomida oʻz faoliyatini qayta ixtisoslashtirishi taqiqlanadi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3276-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.

(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)

Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini taʼminlash uchun olib kiriladigan zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar 2030-yil 1-yanvarga qadar muddatga bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);

(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)

Vazirlik oʻqituvchilarning oʻz kasb faoliyatini amalga oshirishi chogʻida huquq va erkinliklari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.

14. Ichki ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidagi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.

(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)

15. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Vazirlikning buyurtmanomalariga muvofiq respublikaga xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislarni jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.

(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

16. A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida umumtaʼlim muassasalari rahbarlarining maktab taʼlimi sohasida menejerlik koʻnikmalarini shakllantirish kurslari (keyingi oʻrinlarda — kurslar) tashkil etilsin.

(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

Vazirlik:

bir oy muddatda kurslarni tashkil etish tartibini tasdiqlasin;

umumtaʼlim muassasalari rahbarlari xalq taʼlimi tizimi rahbar kadrlari malakasini oshirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida bosqichma-bosqich kurslarda oʻqitilishini taʼminlasin.

17. Vazirlik va Qurilish vazirligi 2019-yil 1-martga qadar muddatda xalq taʼlimi muassasalari bino va inshootlarining holatini yalpi xatlovdan va texnik koʻrikdan oʻtkazsin hamda natijalari boʻyicha ushbu muassasalarni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, mebel, inventar va boshqa texnika vositalari bilan jihozlashning 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan manzilli dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Belgilansinki, umumtaʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlari har yili Vazirlik tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shakllantiriladi hamda navbatdagi yilgi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladi.

18. 2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

19. Vazirlik:

a) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda oʻqituvchi kasbining nufuzi va ijtimoiy maqomini oshirish boʻyicha maʼrifiy dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va maʻrifat” telekanalini taʼlim tizimining bosh axborot sherigi etib belgilash;

jamiyatda oʻqituvchi kasbining nufuzini keng targʻib qilish, oʻquvchilar erishayotgan yutuqlarni ommalashtirish, taʼlim sohasidagi dolzarb muammolarni yoritish, maxsus televizion taʼlim dasturlarini uzatish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirlik va idoralar, shuningdek, taʼlim muassasalari faoliyati bilan bogʻliq boshqa tashkilotlar rahbarlarining televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan chiqishlarini tashkil etish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda umumtaʼlim muassasalari mulkini puxta xatlovdan oʻtkazsin va natijalari boʻyicha ulardan samarali foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2019-yil 1-sentabrdan boshlab direktorlar menejerlik koʻnikmalariga ega boʻlishiga doir majburiy talabni oʻz ichiga olgan direktorlarni sertifikatlashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni, shuningdek, direktor oʻrinbosarlarining masʼuliyatini oshirishni nazarda tutgan holda umumtaʼlim muassasalari rahbarlariga qoʻyiladigan malaka talablarini qayta koʻrib chiqsin.

20. Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga ushbu qarorga muvofiq tashkil etilayotgan muassasalar va tashkilotlar faoliyati samarali va toʻlaqonli tashkil etilishi, ular ishida yuzaga keladigan muammolar oʻz vaqtida hal etilishi uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga ushbu qarorda nazarda tutilgan, shu jumladan Vazirlikning tegishli jamgʻarmalariga oʻtkazilishi shart boʻlgan zarur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ajratilishi uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga xalq taʼlimi tizimi muassasalarining real ehtiyojlari 2019-yil va keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlariga toʻliq kiritilishi, xalq taʼlimini, shu jumladan muvaffaqiyatli xalqaro maktab tarmoqlarini rivojlantirish uchun xalqaro grantlar va xorijiy investitsiyalar jalb etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

21. Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni 2018-yilda ajratsin, 2019-yildan boshlab esa har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir oy muddatda Vazirlik toʻgʻrisidagi nizomni, shu jumladan uning rahbarlari, xodimlari va boʻlinmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini tasdiqlasin;

2018-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida uzluksiz taʼlimni taʼminlash sohasida idoralararo hamkorlikning samarali va barqaror mexanizmini ishlab chiqsin va joriy etsin.

(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3304-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Respublika taʼlim markazi hamda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik tashxis respublika markazi xodimlariga Vazirlikning tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etilsin.

25. Vazirlik Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvahitov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 5-sentabr,

PQ-3931-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qaroriga 3-ILOVA

2018 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish

Izoh: tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetidan kelib chiqqan holda, normativ-huquqiy hujjatlar yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PQ-203-sonli qarori tahririda)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.