Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini samarali amalga oshirish hamda uni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
2018-yil 30-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — KAITJ) oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida “Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda 24 yilda soʻndirish muddati bilan eng yuqori foiz stavkasi yillik 2,5 foizdan oshmaydigan 9,0 million Kuvayt dinori (ekvivalenti 30,0 million AQSH dollari) miqdorida Qarz bitimi imzolandi;
loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishini oʻz vaqtida nihoyasiga yetkazish uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi va ular davlat ekspertizasidan oʻtkazildi.
2. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida “Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida 2018-yilda tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha yigʻma koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq;
Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasining qarzi yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa toʻlovlarni soʻndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
loyihani amalga oshirishni umumiy tarzda muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan bajariladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
“Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ loyihaning umumiy amalga oshirilishi va KAITJ qarzi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylarni Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qurish dasturini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga muvofiq qayta tuzilgan Loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish guruhi zimmasiga KAITJ ishtirokida loyihani amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish funksiyalari yuklandi.
4. Quyidagilar belgilansin:
QAITJning jalb etilayotgan qarzini, shu jumladan unga oid foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-sentabrdagi PQ-4435-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2019-y., 07/19/4435/3682-son)
“Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning loyiha-qidiruv ishlanmalarini moliyalashtirish hamda boshqa xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-sonli qaroriga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari hisobidan amalga oshiriladi;
QAITJdan kelib tushgan mablagʻlarning (koʻchirilgan kundagi) soʻmdagi ekvivalenti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uch bank ish kuni davomida “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning depozit hisob raqamiga oʻtkazib beriladi;
“Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning ushbu hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar uch bank ish kunida dasturni amalga oshirish doirasida tashqi injener tarmoqlari va transport aloqalari qurilishni moliyalashtirish uchun bankning tegishli hududiy filiallarida ochilgan “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ hududiy filiallarining depozit hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi.
(4-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-sentabrdagi PQ-4435-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2019-y., 07/19/4435/3682-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan KAITJ oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarining hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun pudrat tashkilotlari aniqlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida tegishli mutaxassislar mavjud boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, ushbu xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ bosh direktori K.Z. Xoshimbekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-sentabr,
PQ-3937-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-sentabrdagi PQ-3937-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyalarida “Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida mahandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida 2018-yilda tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha
№ Hududlar nomi Tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi (km)* avtomobil yoʻllari suv taʼminoti tarmoqlari Jami 138 198 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 16 20 2. Qashqadaryo viloyati 34 61 3. Samarqand viloyati 24 43 4. Surxondaryo viloyati 21 17 5. Toshkent viloyati 23 27 6. Fargʻona viloyati 19 31
* Parametrlar massivlar roʻyxatini tasdiqlash va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash yakunlariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-sentabrdagi PQ-3937-son qaroriga 2-ILOVA
Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasining qarzi yuzasidan asosiy qarzni, foizlar hamda boshqa toʻlovlarni soʻndirishning