PQ-4029-son Qaror · 24.11.2018

“Oʻzbekneftgaz” aksionerlik jamiyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4029
  • Qabul qilingan sana:24.11.2018
  • Kuchga kirgan sana:24.11.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4029/0906

Respublika iqtisodiyoti va aholisini tabiiy gaz va neft mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻi korxonalarining moliyaviy holatini yaxshilash va muntazam rivojlantirishda “Oʻzbekneftgaz” aksionerlik jamiyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB va “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining ilovaga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” aksionerlik jamiyati investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari boʻyicha 2019-yil 1-yanvardan 2021-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda soʻndirilishi lozim boʻlgan asosiy qarzni qaytarish muddatlarini, qayta moliyalashtiruvchi banklarning majburiyatlarini restrukturizatsiya qilgan holda 3 yilga uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorovga mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgarmasi kreditlari boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” aksionerlik jamiyatining tijorat banklari oldidagi majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining avval takdim etilgan davlat kafolatlariga oʻzgartirishlar kiritish vakolati berilsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 24-noyabr,

PQ-4029-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PQ-4029-son qaroriga ILOVA

“Oʻzbekneftgaz” AJ investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan, qayta moliyalashtiruvchi banklarning majburiyatlarini restrukturizatsiya qilgan holda, asosiy qarz toʻlovlari muddati 3 yilga uzaytiriladigan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari

* Kreditlarni toʻlash muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisidagi bitimlar, joriy kredit bitimlari bilan belgilangan muddatlarda toʻliq soʻndirilishini nazarda tutgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining har bir krediti boʻyicha alohida tuziladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.