PQ-4277-son Qaror · 10.04.2019

Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4277
  • Qabul qilingan sana:10.04.2019
  • Kuchga kirgan sana:11.04.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4277/2919

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4145-son qaroriga muvofiq, shuningdek, shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy nano-texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3417-son qaroriga muvofiq “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan shisha tola, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarish boʻyicha loyiha amalga oshirila boshlandi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Turonbank” ATB va “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha 21,4 million yevro miqdoridagi loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) 1-ilovaga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirish taklif etildi;

loyihalarni samarali amalga oshirish maqsadida “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK tomonidan “Falk Porsche Fiberglass” MCHJ tashkil etildi;

“Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QK aksiyadorlari tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 12-fevraldagi 4-1001-1806/20410-son qarori asosida olingan 60 434 million soʻmlik mulkni, shuningdek, 2-ilovaga muvofiq mulklarni “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga mulk qilib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

2. Belgilansinki, 1-bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan mulkni topshirish va qabul qilib olish qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.

3. “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga nisbatan:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3594-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar jamiyat joylashgan manzildan qatʼiy nazar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3417-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi bilan belgilangan imtiyozlar 2024-yil 31-dekabrga qadar tatbiq etilsin.

4. Toshkent shahar hokimligi va “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ ikki oy muddatda umumiy maydoni 3 620 kvadrat metr (0022 va 0027 literlar) boʻlgan, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Olmazor koʻchasi, 51-uy manzilida joylashgan binolar va inshootlar baholanishi hamda “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga sotilishini taʼminlasin.

“Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ 0022 literda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektiga barqaror ishlab chiqarish siklini taʼminlash maqsadida oʻz ishlab chiqarish quvvatlari va uskunalarini joylashtirish uchun muhandislik kommunikatsiyalari holati boʻyicha mavjud binodan qolishmaydigan, 1 008 metr kvadrat maydonga ega boʻsh bino berilishini taʼminlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi 3-ilovaga muvofiq saqlanayotgan, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan texnologik uzellar va uskunalarni “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga topshirsin.

6. “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga ishlab chiqarish zarurati taqozo etganda ishlab chiqarish uzluksizligini taʼminlash maqsadida tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan texnologik uzellar va uskunalarni ulardan qaytarib berish sharti asosida foydalanishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilsin.

7. Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjet mablagʻlari, shuningdek, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ oʻz mablagʻlari hisobiga tegishliligiga qarab mavjud muhandislik kommunikatsiyalarining uzluksiz ishlashini inobatga olgan holda, ularning “Falk Porsche Fiberglass” MCHJ hududi ajratilgan chegaragacha loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ulanishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllar” AJ bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiq topshirilayotgan obyektlarning “Falk Porsche Fiberglass” MCHJga rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda loyihalarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot kiritib borsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarishda bino va inshootlarning energiya samaradorligi sinflarini (A, B, V sinflari va boshqalar) belgilash, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari, energiya tejaydigan texnologiyalar va uskunalar, shuningdek, energiya tejashning boshqa zamonaviy tizimlaridan foydalanish boʻyicha talablarni normativ hujjatlarga kiritish choralarini koʻrsin.

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3417-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 10-aprel,

PQ-4277-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4277-son qaroriga 1-ILOVA

Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihalar

T/r Nomlanishi Investitsiya summasi (mln yevro) Loyiha quvvati Foydalanishga topshirish sanasi 1 Shisha tola ishlab chiqarishni tashkil etish 12,4 13 000 tn 2021-yil, mart 2 Shisha tola buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish 7,0 3 000 tn 2022-yil, fevral 3 Energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish 2,0 240 dan 40 000 kVt gacha 2022-yil, oktabr Jami: 21,4

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4277-son qaroriga 2-ILOVA

“Falk Porsche Fiberglass” MCHJga topshiriladigan, “Deutsche Kabel AG Taschkent” AJ QKning Toshkent shahar, Olmazor tumani, Olmazor koʻchasi, 51-uy va Usta Shirin koʻchasi, 120-uyda joylashgan bino va inshootlari

T/r Obyektning nomi Kadastr boʻyicha raqami (liter) Maydoni (kv. m) / uzunligi (m) 1. Omborxona 0024 402 2. 7-sex binosi 0028 7 327 3. Ayvon 0029 477 4. Sex binosi 0030 386 5. Chiqindilarni qayta ishlash binosi 0031 37 6. Chiqindilarni qayta ishlash binosi 0032 810 7. Qoʻriqlash binosi 0035 6 8. 8-sex binosi 0036 13 099 9. Chuqursoy stansiyasi kirish yoʻllari 676,14 p.m. Jami: 22 544 kv. m 676,14 p.m.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4277-son qaroriga 3-ILOVA

“Falk Porsche Fiberglass” MCHJga topshiriladigan, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan texnologik uzellar va asbob-uskunalar

T/r TMQ nomi Miqdori Qimmatbaho metallning netto ogʻirligi, gramm 1.1 800-raqamli bushinglar termoelementlari bilan 20 dona 40 857,154 2.1 Termoelementlar 6 dona 506,1 3.1 Babler forsunkalari 8 dona 2 374,712 3.2 Texnologik bushinglar (temporlash vannasi) 8 dona 15 643,368 3.3 812-raqamli bushinglar 1 dona 2051,04 3.4 800-raqamli bushinglar 4 dona 8 204,16 3.5 Termoelement simlari 2 rul. 446,00 3.6 Plastina (sirkulyatsiya uchun material) 1 up. 4 257,554 4.1 Termoelementlar (uzunlari) 15 dona 5 086,159 5.1 Keramik termoelementlar (kaltalari — 60 sm) 12 dona Platina termoelementlari (kaltalari) 12 dona Jami: 89 79 426,247

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4277-son qaroriga 4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3417-son qaroriga kiritiladigan

1. 1-bandning oltinchi xatboshidagi “1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin.

2. 2-bandda:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.

3. 6-band va 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.