[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-5706-son Farmoniga muvofiq hamda favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)
2019 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika vazirlik va idoralari rahbarlari zimmasiga “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
3. Quyidagilar saqlab qolinsin:
2019 moliya yilida Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi instituti uchun koʻzda tutilgan moliyalashtirish, shahodatlangan xodimlarga pul taʼminotini toʻlab berish, maxsus unvonga ega boʻlmagan shaxslar mehnatiga haq toʻlashning amaldagi tartibi va hajmi;
Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi institutining shahodatlangan xodimlari uchun mazkur qaror kuchga kirgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan uy-joy fondining yashash xonalaridan foydalanish boʻyicha mavjud boʻlgan huquqi.
4. Belgilansinki:
a) 2020-yil 1-yanvardan:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona tashkiliy-shtat tuzilmasi joriy etiladi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi institutidan oʻtkazilgan shahodatlangan xodimlar uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilariga nazarda tutilgan shartnoma boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash va pul taʼminoti tartibi hamda ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus unvonlari boʻyicha oylik maosh miqdori, kiyim-kechak bilan taʼminlash hamda tibbiy xizmat koʻrsatish meʼyorlari va tartibi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida nazarda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar va pensiya kafolatlari saqlanib qoladi;
professional yongʻin boʻlinmalarining ishchi-xizmatchilari qutqaruvchi maqomiga ega boʻlganidan soʻng, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash tartibi koʻllaniladi;
b) 2021-yil 1-yanvardan:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga oʻtkazilgan Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi institutining shahodatlangan xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan harbiy unvonlar boʻyicha oylik maoshi miqdori, kiyim-kechak va tibbiy taʼminot tartibi hamda boshqa taʼminot meʼyorlari, xizmat davrini hisoblash, ijtimoiy imtiyozlarni va pensiya kafolatlarini koʻllash joriy etiladi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga oʻtkazilgan Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yongʻin xavfsizligi institutining shahodatlangan xodimlariga pensiya hisoblanganda, ularning harbiy xizmat davriga oldingi xizmat joyi boʻyicha xizmat davri, shuningdek, maxsus ofitser unvonlari berilgan holda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilingan ofitserlar tarkibi uchun ularning oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi shaklida oʻqigan bir oy oʻqish davri bir oy xizmat davriga tenglashtirilgan holda kiritiladi.
5. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarining, shartnomalar tuzish asosida tashkil etiladigan boʻlinmalardan tashqari, moliyalashtirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil etilgan boʻlinmalari mazkur tashkilotlar mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga berilayotgan hamda yangidan tashkil etilgan tuzilmalar yongʻin xavfsizligi va ushbu sohadagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash masalalarini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinishiga qadar amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarining xususiyat va maqsadlarini inobatga olgan holda toʻlaqonli faoliyatini taʼminlash yuzasidan ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
7. Respublika vazirlik va idoralari boʻysunuvidagi obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalari bilan shartnoma asosida faoliyat koʻrsatayotgan yongʻin xavfsizligi boʻlinmalarining toʻlaqonli faoliyatini taʼminlasin.
8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni profilaktika qilish va bartaraf etish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, shu jumladan Yagona navbatchi-dispetcherlik xizmatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:
2020-yil 1-yanvar holatiga koʻra berilayotgan tuzilmalarning balansidagi bino, inshootlar va ularga tutash hududlarni, maxsus va boshqa moddiy vositalarni, mulklarni, maxsus va avtomobil texnikalarini, Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarma va Yongʻin xavfsizligi instituti xodimlariga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan uy-joy fondining yashash xonalarini, qurol-yaroq va oʻq-dorilarni, safarbarlik zaxirasi omborlarini operativ boshqaruv asosida begʻaraz topshirish-qabul qilishni amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining boshqa tarkibiy tuzilmalariga berilishiga yoʻl qoʻymagan holda, Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarma va Yongʻin xavfsizligi institutining binolari, inshootlari, maxsus va avtomobil texnikalari, uskunalari, asbob-anjomlari va boshqa mol-mulkining saqlanishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilsin;
tashkiliy-shtat oʻzgarishlarini amalga oshirish davomida berilayotgan tuzilmalarning doimiy jangovar tayyorgarligi, yuqori darajadagi intizomi va uyushqoqligini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuklatilayotgan yangi vazifalar mazmun-mohiyatini barcha shaxsiy tarkibga yetkazish boʻyicha kompleks choralarni koʻrsin;
ikki oy muddatda barcha darajadagi ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarining ichki ishlar organlari bilan hamkorlikdagi harakatlari boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” DUK va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda berilayotgan tuzilmalarni maxsus yongʻin-texnik va tadqiqot uskunalari, aloqa vositalari va maxsus kiyim-bosh bilan bosqichma-bosqich taʼminlash, shuningdek, yongʻin xavfsizligi tuzilmalarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni nazarda tutuvchi avval qabul qilingan kompleks dasturlar ijrosini taʼminlasin;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son)
v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil yakuniga qadar, yuklatilgan vazifalarni bajarish xususiyatlari va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda, favqulodda vaziyatlar tuzilmalari harbiy xizmatchi va qutqaruvchilari uchun tubdan yangi xizmat va maxsus kiyimlarni, atributikalarni, farqlash belgilarini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va kiritsin;
g) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshida Ixtisoslashtirilgan litseyni tashkil etish, joylashtirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
d) Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, shaxsiy tarkibini ragʻbatlantirish uchun tushgan mablagʻlarni taqsimlash va maqsadli yoʻnaltirish boʻyicha amaldagi tartibni saqlab qolgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga pullik xizmat koʻrsatish boʻyicha tasdiqlangan roʻyxatga tegishli qoʻshimchalar kiritsin;
e) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
10. Moliya vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining xarajatlar smetalariga mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha budjetdan qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-aprel,
PQ-4276-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qaroriga 2-ILOVA
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
Izoh:
1. Normativ-huquqiy hujjatlar turi sohalar boʻyicha huquqiy munosabatlar tartibidan kelib chiqqan holda yagona hujjatga birlashtirilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
2. Ikki yoki undan koʻp bandlar ijrosi birlashtirilganda, muddati boʻyicha kechroq vaqt belgilangan bandda koʻrsatilgan muddat hisobga olinadi.