Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorligini yanada faollashtirish va ustuvor masalalarni amalda roʻyobga chiqarish, shuningdek, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari va sektorlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish masalalari boʻyicha diplomatik vakolatxonalar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi (keyingi oʻrinlarda — Elchixona)ning ish haqi fondiga tegishli oʻzgartirish kiritib, kiritilayotgan birliklarni yangi tashkil etilayotgan boʻlimlar oʻrtasida taqsimlagan holda qoʻshimcha ravishda birinchi kotib (1 ta birlik) va ikkinchi kotib (1 ta birlik) lavozimlari kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi yangilangan shtatlar jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Elchixonaning 2019-yil uchun xarajatlar smetasini mazkur xorijiy muassasaning tashkiliy-shtat tuzilmasidagi yangilanishlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Elchixona xarajatlarini tashkiliy-shtat tuzilmasidagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Davlat budjetida xorijdagi muassasalarni moliyalashtirish boʻyicha tasdiqlangan miqdorlar doirasida moliyalashtirsin;
Elchixonaga bitta yengil avtomashina xarajatlari uchun qoʻshimcha limit ajratsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-aprel,
PQ-4299-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4299-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi shtatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4299-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2095-son qarorining 2-ilovasi “Bir oylik miqdor (AQSH dollari)” ustuni 17-pozitsiyasidagi “4500” raqami “10000” raqami bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 16-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari shtatlar jadvallariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1369-son qarorining 4-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3950-son qarorida:
a) 1-banddagi “va turizm boʻyicha maslahatchi (1 shtat birligi) hamda savdo-iqtisodiy masalalar va turizm boʻyicha maslahatchi yordamchisi (1 shtat birligi)” soʻzlari “boʻyicha maslahatchi (1 shtat birligi) va birinchi kotib (turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha) (1 shtat birligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) Ilovaning “Diplomatik xodimlar tarkibi” boʻlimida:
2-banddagi “va turizm” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-banddagi “Savdo-iqtisodiy masalalar va turizm boʻyicha maslahatchi yordamchisi” soʻzlari “Birinchi kotib (turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-band “Birinchi kotib” soʻzlaridan keyin “(siyosiy, konsullik masalalari va madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.