F-5491-son Farmoyish · 03.08.2019

Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmoyish
  • Raqami:F-5491
  • Qabul qilingan sana:03.08.2019
  • Kuchga kirgan sana:05.08.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 08/19/5491/3513

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashni taʼminlash hamda shu munosabat bilan yetkazilgan zararlarni qoplashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarma tashkil etilganligi hamda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishini mazkur jamgʻarma bilan majburiy tarzda kelishish tartibi joriy etilganligi;

(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)

2. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 5-avgustdan boshlab, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, boshqa maqsadlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalarini olib qoʻyish hamda koʻchmas mulk obyektlarini buzish ishlari quyidagi bosqichlardan iborat tartibda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud boʻyicha materiallar toʻplami Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;

ikkinchi bosqichda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida shaharsozlik talablari boʻyicha — Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A. Ramatov va moliyaviy hisob-kitoblar boʻyicha Bosh vazirning oʻrinbosari — moliya vaziri J. Qoʻchqorov tomonidan xulosa tayyorlanadi;

uchinchi bosqichda — tayyorlangan xulosa Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritiladi.

Mazkur tartib ushbu farmoyishning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan Hukumat qarori qabul qilinguniga qadar amal qiladi.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelgusida shaharsozlik faoliyatini rejalashtirish va hududlarni kompleks rivojlantirishda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli yer uchastkalarini olib qoʻyish hamda koʻchmas mulk obyektlarini buzish ishlari eng kam darajada amalga oshirilishini hisobga olsin.

5. Quyidagilar:

Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan oʻtkazish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda Respublika ishchi guruhi deb yuritiladi) tarkibi va hududiy ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;

Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan oʻtkazishga koʻmaklashish uchun hududlarga biriktiriladigan masʼullar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;

Respublika hududlarida yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni xatlovdan oʻtkazish hamda ularni qoplashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Respublika ishchi guruhi (J. Qoʻchqorov) ikki hafta muddatda:

hududiy ishchi guruhlar, hududlarga biriktiriladigan masʼullar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni joylarga chiqqan holda xatlovdan oʻtkazib, ularning qonunchilikka muvofiq bozor qiymati asosida haqqoniy va adolatli miqdori belgilanishini;

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda yetkazilgan zararlarni qoplashning aniq manbalari belgilanishini, shu jumladan olib qoʻyilgan yer uchastkalari tegishli tashkilotlarga ajratilgan taqdirda yetkazilgan zararlar qonun hujjatlariga muvofiq ular tomonidan qoplanishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini, shuningdek, agar zarar mansabdor shaxsning noqonuniy qarori qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan boʻlsa — mazkur mansabdor shaxslardan regress tartibida undirib olinishini;

aniqlangan muammolarning bartaraf etilishini, shu jumladan aybdor mansabdor shaxslarga javobgarlik choralari koʻrilishini, qonun hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilishini taʼminlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

a) davlat va jamiyat ehtiyojlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalar amalga oshirilishi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi yer uchastkalarini olib qoʻyish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin:

muayyan hududda fuqarolarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda talab yuqori boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik obyektlarni qurishni nazarda tutuvchi davlat dasturlari, yirik investitsiya va boshqa loyihalarni hududdagi koʻpchilik aholining fikrini inobatga olgan holda amalga oshirish;

yer uchastkalari olib qoʻyilishida ularda joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining mulkdorlari bilan ochiq muhokamalar oʻtkazgan holda, birinchi navbatda, eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obyektlardan tashqari) bilan band boʻlgan yer uchastkalarini tanlab olish;

tegishli hokimlar tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalarini olib qoʻyish haqida qaror qabul qilish uchun ushbu hududda joylashgan turar va noturar koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining roziligini olish hamda yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi, turlari, miqdori va muddatlarini, tomonlarning huquq va majburiyatlarini koʻchmas mulk obyektlarining mulkdori, manfaatdor tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organi oʻrtasida tuziladigan yozma kelishuv bilan belgilash;

b) yer uchastkalari noqonuniy olib qoʻyilganligi va shu munosabat bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari, investorlar va mustaqil ekspertlar oʻrtasida keng muhokama qilinishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yer uchastkalarini olib qoʻyish, bino va inshootlarni buzish, fuqarolarni koʻchirish hamda mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, bu borada qonunga zid qarorlar qabul qilinishi va xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, yetkazilgan zararlarni aybdor mansabdor shaxslardan undirish masalalari ustidan doimiy qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

9. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 3-avgust,

F-5491-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga1-ILOVA

Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan oʻtkazish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi

Izoh: Ishchi guruhiaʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga2-ILOVA

Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan oʻtkazish boʻyicha hududiy ishchi guruhlarning

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakili, ishchi guruh rahbari

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlari

6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari

7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari boshliqlari

9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari

10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari

11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari

Izoh: Hududiy ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga3-ILOVA

Respublika hududlarida olib qoʻyilgan yer uchastkalarini hamda shu munosabat bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlar miqdorini (tovon pullari) xatlovdan oʻtkazishga koʻmaklashish uchun hududlarga biriktirilgan masʼullar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-avgustdagi F-5491-son farmoyishiga 4-ILOVA

Respublika hududlarida yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni xatlovdan oʻtkazish hamda ularni qoplashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.