PQ-4470-son Qaror · 02.10.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4470
  • Qabul qilingan sana:02.10.2019
  • Kuchga kirgan sana:01.01.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4470/3841

Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini qoʻllab-quvvatlash, innovatsion rivojlanish va yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.

2. Mazkur qaror 2020-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

a) mazkur qarorning mazmun va mohiyatini, shu jumladan tadbirkorlik faolligini oshirish va aholining muhim ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirishda uning taʼsirini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari eʼtiboriga yetkazishni taʼminlasin;

b) ikki hafta muddatda:

qonun hujjatlariga xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda xalqaro kuryerlik joʻnatmalari uchun bir martalik bojsiz narx va ogʻirlik meʼyorlarini joriy etish, shuningdek, ushbu meʼyorlardan oshgan taqdirda yigʻim stavkalarini belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar;

2020-yil 1-yanvardan boshlab bojxona boji va aksiz soligʻi boʻyicha imtiyozlarni ushbu imtiyozlarning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qilish boʻyicha takliflar kiritsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gʻulomov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 2-oktabr,

PQ-4470-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-oktabrdagi PQ-4470-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

1. 1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

importnix tamojennix poshlin

Primechaniye:

* stavka importnoy tamojennoy poshlini do 30-iyunya 2020 goda vklyuchitelno sostavlyayet 0 protsentov.”.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.