PQ-4513-son Qaror · 08.11.2019

Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4513
  • Qabul qilingan sana:08.11.2019
  • Kuchga kirgan sana:08.11.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4513/4011

Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida hamda 2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq:

1. Quyidagilar reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan birlamchi tibbiy yordam hajmini kengaytirish va sifatini oshirish;

ayollar va bolalarga malakali, ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;

homilador ayollar va bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy xizmat koʻrsatadigan muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, ularning binolarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va yangilarini qurish;

nogironligi boʻlgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va sogʻlomlashtirish, ularning jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

zamonaviy talablarga javob bera oladigan va ilgʻor texnologiyalarni egallagan yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar hamda bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash;

sogʻlom farzandlarning tugʻilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish.

2. 2019 — 2023-yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) 2-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.

4. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan dasturlar va chora-tadbirlarning har bir viloyatda, tumanda (shaharda) amalga oshirilishini hamda masʼullar tomonidan ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;

aholi, eng avvalo yoshlar orasida tibbiyot va taʼlim muassasalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda sogʻlom oilani shakllantirish, oʻsmirlar, ayniqsa oʻsmir qizlar reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish boʻyicha keng targʻibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish va olib borish;

(4-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)

onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tizimi muassasalari faoliyatini chuqur tahlil qilish, ushbu yoʻnalishda tegishli vazirlik va idoralarning ishini muvofiqlashtirish, onalar va bolalar kasallanishi hamda oʻlimini kamaytirish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlash.

Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Kengashning ishchi organi hisoblanadi;

Kengash vazifalarini amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar unga vakolatlari doirasida har tomonlama koʻmak beradilar hamda soʻralgan zarur maʼlumotlarni taqdim etib boradilar;

Kengashning ishchi organi aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan dasturlar va chora-tadbirlarning ijrosi boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritib boradi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonalari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasining moliyaviy koʻmagida amalga oshirilishi belgilangan Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.

Loyiha doirasida:

kirib kelayotgan dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnikaga nisbatan ularni davlat reyestriga kiritmasdan va oʻrnatilgan yigʻimlarni undirmagan holda bir martalik davlat roʻyxatiga olinishi va roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarini roʻyxatga olish natijalarining tan olinishi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonalariga Loyihani oʻz vaqtida sifatli amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashishi va buning uchun zarur tashkiliy-amaliy choralar koʻrishi belgilab qoʻyilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar viloyatlar va Toshkent shahrida ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam tizimini chuqur tahlil qilib, uning sifati va ommabopligini oshirish boʻyicha hududiy loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — hududiy loyihalar) ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Belgilansinki:

hududiy loyihalarni amalga oshirishdan asosiy maqsad perinatal yordam sifatini oshirish va tibbiyot muassasalari infratuzilmasi, ularning tibbiy uskunalar bilan jihozlanganlik va kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasini Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tavsiya qilingan standartlarga muvofiqlashtirish hisoblanadi;

hududiy loyihalar har bir hududning individual xususiyatlari, shu jumladan uning geografik joylashuvini aholi sogʻligʻiga taʼsiri, onalar va bolalar kasallanishi hamda oʻlimi darajasi, tibbiyot muassasalarining jihozlanganligi, kadrlar salohiyati va aholining tibbiy savodxonligini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda hududiy loyihalar doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalarini xorijiy mamlakatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar imtiyozli kreditlari va grantlari hamda budjetdan tashqari boshqa mablagʻlarni jalb qilgan holda tibbiy, shu jumladan yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlash choralarini koʻrsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:

Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Bolalar xirurgiyasi markazi);

Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Reabilitatsiya markazi);

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazi;

tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida, bolalar anesteziologiya-reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari hamda bemor bolalarga tunu-kun shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatuvchi navbatchi shifokor postlari.

9. Belgilansinki:

Bolalar xirurgiyasi markazi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi, Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi, Respublika perinatal markazi qoshidagi neonatal xirurgiya oʻquv davolash metodik markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar boʻlimi hamda Toshkent shahar 2-son bolalar klinik shifoxonasining mavjud oʻrinlar fondi va shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududida davlat tibbiyot muassasasi shaklida;

Reabilitatsiya markazi Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiya markazi negizida hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar birlashmasining mavjud oʻrinlar fondi va shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga davlat tibbiyot muassasasi shaklida;

bolalar anesteziologiya-reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari hamda bemor bolalarga tunu-kun shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatuvchi navbatchi shifokor postlari tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch boʻlimlarining mavjud pediatrik oʻrinlar fondi va shtat birliklari negizida;

Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazi Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etiladi.

10. Quyidagilar:

a) Bolalar xirurgiyasi markazining asosiy vazifalari etib:

18 yoshgacha boʻlgan bolalarga kardioxirurgiya, urologiya, neonatal xirurgiya, neyroxirurgiya va xirurgiyaning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish;

bolalar xirurgiyasi sohasi boʻyicha yuqori texnologiyalarga asoslangan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, sohani jahon taʼlim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiya qilish asosida rivojlantirish;

b) Reabilitatsiya markazining asosiy vazifalari etib:

18 yoshgacha boʻlgan bemor bolalarning hayot sifatini yaxshilash, shuningdek, salomatligini reabilitatsiya qilish orqali davolash, nogironlikning oldini olish;

kasalliklarning profilaktikasi va tibbiy reabilitatsiya boʻyicha yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashgan yordamga boʻlgan ehtiyojni qondirish, respublika sohaviy muassasalariga tashkiliy-metodik yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;

v) Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazining asosiy vazifalari etib:

aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish, bepushtlikni bartaraf etish, yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullarini qabul qilingan klinik protokollar va standartlar asosida qoʻllash;

zamonaviy hamda xalqaro talablarga javob beradigan eng ilgʻor diagnostika va davolash standartlarini amaliyotga joriy etib, ushbu yoʻnalishda xorijiy davlatlardagi tibbiyot muassasalari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish belgilansin.

11. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bolalar xirurgiyasi markazini qurish uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi hududidan belgilangan tartibda yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:

2020-yil 1-aprelga qadar Bolalar xirurgiyasi markazini xalqaro talablar va standartlar asosida qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishini;

2023-yil 1-yanvarga qadar Bolalar xirurgiyasi markazining qurib bitkazilishi va ishga tushirilishini taʼminlasin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining xususiy tibbiyot muassasalari uchun tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

Belgilansinki, tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanish faqat Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini taʼminlay oladigan tugʻruq, jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tugʻilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, endovizual ginekologiya boʻlimlari, poliklinika va klinik-biokimyo laboratoriyasi hamda yuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud boʻlgan, bakteriologik laboratoriya xizmatlarini muassasada laboratoriya tashkil qilish orqali yoki autsorsing shartnomasi asosida yoʻlga qoʻygan, shuningdek, sogʻliqni saqlash va FHDY organlari oʻrtasida tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini doimiy yuritish sharti bilan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi

(13-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)

14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar sogʻliqni saqlash va FHDY organlari oʻrtasida tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini (keyingi oʻrinlarda — Elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturi) quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirsin:

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tavsiya qilingan hisobot shakllarini real vaqt rejimida yuritish;

Elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturiga xususiy tibbiyot muassasalarining ulanishi hamda uni sogʻliqni saqlash kompleks axborot tizimiga integratsiya qilish uchun zarur sharoitlar yaratish.

15. Belgilansinki, Elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturi 2020-yil 1-iyuldan boshlab mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barcha tugʻruqni qabul qilish muassasalarida yuritilishi majburiy hisoblanadi.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:

2020-yil 1-fevralga qadar Reabilitatsiya markazi va Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazining nizom va tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

uch oy muddatda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun alohida litsenziya talablari, shu jumladan Elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini yuritish shartlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar dalillarga asoslangan tibbiyotga muvofiq zamonaviy davolash-diagnostika xizmatlari boʻyicha uslub va texnologiyalarni kiritgan holda, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid klinik protokollarni, diagnostika va kasalliklarni davolash standartlarini qayta koʻrib chiqsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati tizimida mavjud umumiy amaliyot shifokorlarining ish yuklamalarini qayta koʻrib chiqish va sonini optimallashtirish hisobidan pediatr va akusher-ginekolog shtat birliklarini nazarda tutuvchi shtatlar meʼyorlarini tasdiqlasin.

(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)

Belgilansinki, umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligidan pediatr va akusher-ginekolog lavozimiga oʻtuvchi mutaxassislarning ish staji va toifasi saqlanadi.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatning aholi hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan va xususiy tibbiyot muassasalari uchun taqiqlangan ayrim turlari roʻyxatining rus tilidagi matni 4-bandidagi “Prinyatiye rodov i prekrasheniye” soʻzlari “Prekrasheniye” soʻzi bilan almashtirilsin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 8-noyabr,

PQ-4513-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PQ-4513-son qaroriga1-ILOVA

2019 — 2023-yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirishga yoʻnaltirilgan

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)

* Ishlab chiqilgan loyiha smeta hujjatlariga koʻra obyektlar qiymati oʻzgarishi mumkin.

Dastur tadbirlarini amalga oshirish uchun 197,1 mlrd soʻm va 146,5 mln AQSH dollari talab etiladi, shundan:

mlrd soʻmda mln AQSH dollarida Davlat budjeti mablagʻlari 190,4 2,18 Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablagʻlari 6,69 0,5 Xalqaro moliya tashkilotlar kredit mablagʻlari va grantlari - 143,7

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PQ-4513-son qaroriga2-ILOVA

Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PQ-4513-son qaroriga3-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish

I. Loyihaning qisqacha tavsifi.

1. Loyihaning maqsadlari.

1.1. Perinatal muassasalarning infratuzilmasini yaxshilash va zarur uskunalar bilan jihozlash orqali aholini perinatal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.

1.2. Onalar va goʻdaklarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, aholining oʻz sogʻligi va ovqatlanishi boʻyicha ongli ravishda qaror qabul qilishi uchun tibbiy savodxonligini oshirish.

2. Loyihani amalga oshirish joyi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.

Maqsadli hududlar: Beruniy, Qoʻngʻirot tumanlari va Nukus shahri.

Qoʻshimcha ravishda Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa, Moʻynoq, Shumanay va Qonlikoʻl tumanlari qamrab olinadi.

3. Loyihani amalga oshirish muddati.

18 oy.

II. Loyihani amalga oshirish uchun masʼullar va moliyalashtirish manbalari.

1. Loyihani amalga oshirish uchun masʼullar:

YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

2. Loyihani moliyalashtirish manbalari:

Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi mablagʻlari — 1,61 mln AQSH dollari;

YUNISEF mablagʻlari — 155,4 ming AQSH dollari;

BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi mablagʻlari — 54 ming AQSH dollari.

III. Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natija.

1. Onalar va goʻdaklar oʻlimini kamaytirish.

2. II-darajali perinatal muassasalarning infratuzilmasini yaxshilash, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.

3. Perinatal muassasalarining tibbiyot xodimlarini homilador ayollar va goʻdaklarga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish va maslahat berish masalalari boʻyicha salohiyatini oshirish.

Loyiha ilovada keltirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshiriladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasigaILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish boʻyicha

T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish muddati Kutilayotgan natija I maqsad. Perinatal muassasalarning infratuzilmasini yaxshilash va zarur uskunalar bilan jihozlash orqali aholini perinatal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish 1. Tugʻruqxonalarni jihozlash uchun zarur boʻlgan uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari roʻyxatini tuzish. 2019-yil IV chorak Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarini jihozlash uchun zarur boʻlgan zamonaviy uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarining batafsil tavsifi va roʻyxati shakllantiriladi. 2. Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan suv taʼminotini yaxshilash, xonalarda elektr energiyasi, sovitish va ventilyatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish. 2019-yil IV chorak Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida suv nasoslari va rezervuarlari, suvni isitish va yumshatish tizimlari oʻrnatiladi, elektr taʼminoti, sovitish va ventilyatsiya tizimlari modernizatsiya qilinadi. 3. Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilish. (Muvofiqlashtiruvchi BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi). 2019-yil IV chorak Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha rejalashtirilgan ishlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ushbu maqsadda jalb qilinayotgan yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. 4. Tugʻruqxonalarga zarur tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarini yetkazib berish hamda oʻrnatilishini taʼminlash. (Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi). 2020-yil I — III chorak (reja asosida) Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari bilan taʼminlanadi. 5. Tugʻruqxonalarga zarur tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallarini yetkazib berish hamda oʻrnatilishini taʼminlash. (Muvofiqlashtiruvchi BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi). 2020-yil I — III chorak (reja asosida) Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlari belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha uskunalar, tibbiy texnika, butlovchi jihozlar, reagentlar va sarflash materiallari bilan taʼminlanadi. 6. Xarid qilingan tibbiy texnikadan foydalanish boʻyicha tibbiyot xodimlari uchun treninglar tashkil qilish. (Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi). 2020-yil II-III chorak Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarining tibbiyot xodimlari yangi tibbiy texnikadan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshiradi. 7. Xalqaro xaridlar boʻyicha mutaxassisni yollash. (Muvofiqlashtiruvchi YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi). 2019-yil IV chorak — 2020-yil II chorak Xaridlar boʻyicha loyiha hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi va xaridlar oʻtkazilishini shaffofligi taʼminlanadi. II maqsad. Onalar va goʻdaklarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, aholining oʻz sogʻligi va ovqatlanishi boʻyicha ongli ravishda qaror qabul qilishi uchun tibbiy savodxonligini oshirish 8. Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini baholash (shu jumladan uy-joy xoʻjaliklarini oʻrganish orqali). 2019-yil IV chorak Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati mazkur sohada zarur bilim va koʻnikmalarga ega 8 ta malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda baholanadi. 9. Onalar va chaqaloqlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini baholash natijalariga koʻra tibbiyot muassasalari va xodimlari salohiyatini oshirish hamda qoʻllab-quvvatlovchi kuratorlik tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2019-yil IV chorak Onalar va chaqaloqlarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash boʻyicha aniq mexanizmlarni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. 10. Oʻquv materiallari, ota-onalar uchun qoʻllanmalar, plakatlar va tarqatma materiallarini chop etish hamda treninglar oʻtkazish uchun kanselyariya buyumlarini xarid qilish. 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak Aholining tibbiy savodxonligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. 11. Chaqaloqlarni parvarish qilish boʻyicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish. 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak Chaqaloqlarni parvarish qilish boʻyicha 15 ta trening oʻtkazish orqali 360 nafar tibbiyot xodimlarining bilim va koʻnikmalari oshiriladi. 12. Kam vaznli yoki xastaligi mavjud chaqaloqlarga yordam koʻrsatish boʻyicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak Erta tugʻilgan chaqaloqlarga yordam koʻrsatayotgan 5 ta tibbiyot muassasasi xodimlarining bilim va koʻnikmalari oshiriladi. 13. Yuqori sifatli shoshilinch akusherlik yordami koʻrsatish boʻyicha tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish. 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak Yuqori sifatli shoshilinch akusherlik yordami koʻrsatish boʻyicha 15 ta trening oʻtkazish orqali 360 nafar tibbiyot xodimlarining bilim va koʻnikmalari oshiriladi. 14. Tibbiyot xodimlarini ishdan ajralmagan holda yuqori sifatli shoshilinch yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalarini oshirish. 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak Yuqori sifatli shoshilinch yordam koʻrsatish boʻyicha 8 ta tibbiyot muassasasida treninglar oʻtkazish. 15. Anesteziolog — reanimatologlarni ishdan ajralmagan holda oʻqitish orqali onalarga intensiv terapiya yordamini koʻrsatish boʻyicha salohiyatini oshirish. 2019-yil IV chorak — 2020-yil III chorak Anesteziolog — reanimatologlarni onalar kasallanishi va oʻlimi holatlarini kamaytirish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi. 16. Chaqaloqlarni parvarishlashda qoʻllab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi boʻyicha treninglar oʻtkazish. 2020-yil I-II chorak 40 nafar tibbiyot va rahbar xodimlari uchun treninglar tashkil qilinadi. 17. Akusherlik va ginekologik yordam koʻrsatishda qoʻllab-quvvatlovchi kuratorlik tizimi boʻyicha treninglar oʻtkazish. 2020-yil I-II chorak 80 nafar tibbiyot xodimlari uchun 4 ta trening tashkil qilinadi. 18. Chaqaloqlarni parvarish qilish boʻyicha oʻqitilgan tibbiyot xodimlariga kuratorlik tashriflarini amalga oshirish. 2019-yil IV chorak — 2020-yil IV chorak Oʻtkazilgan trening va oʻquv seminarlari tibbiyot xodimlari tomonidan oʻzlashtirilganligi va ularning natijalari amaliyotga tatbiq etilayotganligi oʻrganiladi. 19. Akusherlik va ginekologik yordam koʻrsatish boʻyicha oʻqitilgan tibbiyot xodimlariga kuratorlik tashriflarini amalga oshirish. 2019-yil IV chorak — 2020-yil IV chorak Oʻtkazilgan trening va oʻquv seminarlari tibbiyot xodimlari tomonidan oʻzlashtirilganligi va ularning natijalari amaliyotga tatbiq etilayotganligi oʻrganiladi. 20. Tibbiyot xodimlarini ishdan ajralmagan holda oʻqitish orqali chaqaloqlarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish. 2020-yil I — IV chorak 8 ta tibbiyot muassasasi xodimlarini chaqaloqlarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi. 21. Bemorlarning kritik holatini tahlil qilish amaliyotini joriy etish. 2019-yil IV chorak, 2020-yil IV chorak 8 ta tibbiyot muassasasi xodimlariga bemorlarning kritik holatini tahlil qilish boʻyicha treninglar oʻtkaziladi. 22. Perinatal audit amaliyotini joriy etish. 2019-yil IV chorak, 2020-yil IV chorak 40 nafar tibbiyot xodimlari perinatal audit oʻtkazish boʻyicha oʻqitiladi. 23. Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha tibbiyot muassasalarining rahbar xodimlarini salohiyatini oshirish. 2019-yil IV chorak, 2020-yil I chorak 20 nafar rahbar xodimlarning tibbiyot muassasasi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi. 24. Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha tibbiyot muassasalarining tibbiy xodimlari salohiyatini oshirish. 2020-yil I — IV chorak 63 nafar tibbiy xodimlarning tibbiyot muassasasi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi. 25. Tajriba almashish va oʻquv tashriflarini amalga oshirish. 2020-yil I va IV choraklar Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida loyiha ishtirokchilari, ijrochilari va kuzatuvchilar oʻrtasida tajriba almashuvi yoʻlga qoʻyiladi. 26. Tibbiy xizmat sifati boʻyicha hisobot berish mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy qilish va doimiy yuritilishini taʼminlash. 2020-yil I — IV chorak Tibbiy xizmat sifatini nazorat qilish boʻyicha dasturiy taʼminot ishlab chiqiladi va uni yuritish uchun 24 nafar tibbiyot xodimi oʻqitiladi. 27. Qoraqalpogʻiston Respublikasida homilador ayollar va goʻdaklarga koʻrsatilayotgan perinatal yordam sifati va ommabopligini oshirish loyihasini amalga oshirish jarayonining monitoringi (Muvofiqlashtiruvchilar YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonalari). Loyihani amalga oshirishning toʻliq davrida Loyiha boʻyicha rejalashtirilgan ishlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi taʼminlanadi. 28. Beruniy va Qoʻngʻirot tumanlari hamda Nukus shahar perinatal markazlarida koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yakuniy baholash (shu jumladan uy-joy xoʻjaliklarini oʻrganish orqali). 2020-yil III chorak Loyihani amalga oshirish natijasida tibbiy xizmat sifatining oʻzgarishi oʻrganiladi va baholanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.