PQ-4515-son Qaror · 11.11.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4515
  • Qabul qilingan sana:11.11.2019
  • Kuchga kirgan sana:12.11.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4515/4013

Qarshi nasos stansiyalari kaskadi ishonchliligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini mukammal tiklash-taʼmirlash (III Faza)” loyihasini amalga oshirishda birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2977-son qarorida:

1-bandning “v” kichik bandidagi “2019” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin;

2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;

7-bandning ikkinchi xatboshidagi “2018-yilning 1-martigacha” soʻzlari “2020-yilning 1-iyuligacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-fevraldagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III Faza)” loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4170-son qarori 2-ilovasi 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 11-noyabr,

PQ-4515-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.