PQ-4717-son Qaror · 18.05.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4717
  • Qabul qilingan sana:18.05.2020
  • Kuchga kirgan sana:19.05.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4717/0599

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va takomillashtirish, ularning ishtirokida respublikada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy rivojlanishga ilgʻor tajriba va imtiyozli mablagʻlarni keng jalb qilish hamda vazirlik va idoralarning xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarini muvofiqlashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 18-may,

PQ-4717-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ-4717-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 25-martdagi “Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi PQ-1310-son qarori 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3439-son qarorida:

1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Oʻzbekiston Respublikasidan quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — xalqaro moliya institutlari (Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bundan mustasno) bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov — Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Islom taraqqiyot banki guruhi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov — Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Sh.A. Vafayev — Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Jahon banki guruhi, Islom taraqqiyot banki guruhi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov — Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari etib belgilansin”;

5 va 8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;

7-bandning birinchi xatboshisidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.