PQ-3663-son Qaror · 12.04.2018

Oʻzbekiston Respublikasining tarozi va oʻlchovlar boʻyicha bosh konferensiyasining assotsiasyalashgan aʼzosi maqomini olishi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3663
  • Qabul qilingan sana:12.04.2018
  • Kuchga kirgan sana:12.04.2018
  • Holati:Amalda

Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilgan oʻlchash natijalarining xalqaro darajada tan olinishini taʼminlash, savdoda texnik toʻsiqlarni bartaraf etish muhimligini inobatga olgan holda:

1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (Oʻzstandart) agentligining:

Oʻzbekiston Respublikasining tarozi va oʻlchovlar boʻyicha Bosh konferensiyaning assotsiatsiyalashgan aʼzosi maqomini olish;

Milliy oʻlchov etalonlari va milliy metrologiya institutlari tomonidan berilgan kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarining oʻzaro tan olinishi toʻgʻrisidagi Bitim (1999-yil 14-oktabr, Parij), 2003-yil qayta koʻrib chiqilgan Texnik ilova bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda — Bitim) imzolanishi toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Bitimda ishtirok etish boʻyicha vakolatli tashkilot etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Tarozi va oʻlchovlar boʻyicha Bosh konferensiya faoliyatida assotsiatsiyalashgan aʼzo sifatida ishtirok etish niyati toʻgʻrisida rasmiy arizani diplomatik kanallar orqali Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi direktoriga yuborishni;

Tarozi va oʻlchovlar boʻyicha Bosh konferensiyaga assotsiatsiyalashgan aʼzolik uchun yillik badal toʻlovlari “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda toʻlanishini taʼminlasin.

4. Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu Bitim imzolanganidan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 12-aprel,

PK-3663-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.