PQ-4787-son Qaror · 23.07.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4787
  • Qabul qilingan sana:23.07.2020
  • Kuchga kirgan sana:24.07.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4787/1093

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

3. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek noqonuniy mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

5. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:

texnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan kompleks maqsadli dasturlarni amalga oshirish, shu jumladan uzum koʻchatlarini xarid qilish, uzumning seleksiya navlarini yaratish va ularni ekishni tashkillashtirish bilan bogʻliq vazifalarning samarali bajarilishi;

(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

suv tejovchi, shu jumladan tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda subsidiyalar berish;

sanoatbop tokzorlarda irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sigʻimlar sotib olish;

texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha qarz berish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizli punktgacha chegirgan holda tijorat banklariga kredit resurslarini berish;

mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;

mahalliy sharoitda tok oʻsimligi toʻqimalaridan (meristema hujayra) “In vitro” usulida yetishtirilgan tok koʻchatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;

umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan texnik navli uzumchilik yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha boʻlgʻusi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etish;

texnik navli uzum koʻchatlarini shpaleraga koʻtarish uchun subsidiyalar ajratish;

vinochilik sohasidagi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, uzum yetishtiruvchilarni, vinochilik korxonalari xodimlarini, shu jumladan xorijda, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

(5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

mahalliy alkogol, shu jumladan vino mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha festivallar, koʻrgazmalar va yarmarkalar tashkil etish, alkogol sohasi korxonalarining, shu jumladan xorijda oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga koʻmaklashish hamda ularning bunday tadbirlardagi ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash;

sanoatbop uzumchilik va vinochilik, yangi turdagi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va marketingda “nou-xau” bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish;

texnik navli uzumlarning onalik maydonlari va kolleksiya uchastkalari, koʻchatxona (pitomnik)lar barpo etish;

kolleksion vino va konyak distillyati mahsulotlarini zaxiraga qoʻyish.

(5-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni;

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

8. Quyidagilar:

2020 — 2024-yillarda sanoatbop tokzorlar barpo etish va qayta ishlash uchun xom ashyo yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;

2020 — 2024-yillarda tokzorlarda resurs tejamkor, zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etish va suv resurslari bilan taʼminlash prognoz koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2020 — 2022-yillarda tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati hamda tarmoq korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish grafigini tasdiqlasin.

9. Belgilansinki, Agentlik quyidagilarni 2021-yil 1-yanvarga qadar amalga oshirishga masʼul hisoblanadi:

a) Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda xalqaro standartlar va talablarni inobatga olgan holda isteʼmol va texnik etil spirtini hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha texnologik reglamentni ishlab chiqish;

b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — hisobga olish axborot tizimi) quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish:

2021-yil 1-yanvargacha isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchilar hamda 2022-yil 1-yanvargacha alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mulkdorlarining oʻz mablagʻlari hisobidan isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda oʻlchov uskunalarini va hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini oʻrnatish. Bunda oʻlchov uskunalari hamda boshqa hisobga olish va qayd etish vositalariga texnik talablar Agentlik tomonidan belgilanadi;

hisobga olish axborot tizimini oʻzaro axborot almashinuvini oʻrnatish uchun moliya, iqtisodiyot organlari, shuningdek soliq va bojxona xizmatlari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining barcha ishlab chiqaruvchilarini, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarni hisobga olish axborot tizimiga ulash;

v) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish.

10. Belgilab qoʻyilsinki:

hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish hamda ushbu tizim ishlashi uchun zarur infratuzilmani yaratish boʻyicha ishlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son)

hisobga olish axborot tizimini joriy etish va unda ishlash isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan va keng polosali Internet tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.

12. “Oʻzstandart” agentligi va Agentlik:

Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar texnik etil spirtini ishlab chiqarish yagona davlat standartini ishlab chiqsin va joriy etsin;

2021-yil 1-iyulga qadar Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” DUKni xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazishni tashkil etsin.

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 6-uy manzilida joylashgan Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi va Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining bino va inshootlarini jihozlari va tashkiliy texnikasi bilan birga Agentlikning operativ boshqaruviga berilishini, shuningdek tugatish jarayoni yakunlanganidan keyin ularning qolgan pul mablagʻlari va asosiy vositalarini Agentlikka oʻtkazilishini taʼminlasin.

15. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 23-iyul,

PQ-4787-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga2-ILOVA

Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek noqonuniy mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish boʻyicha

T/r Chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochilar 1. Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) chakana realizatsiya qilingan tabiiy vino (qadoqlangandan tashqari) mahsulotlariga nol darajali stavka boʻyicha aksiz soligʻi solish tartibini belgilash. Qonun loyihasi 2020-yil 1-dekabr Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (Sh. Kudbiyev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov) 2. Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish, shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomasini cheklanmagan muddatga berish, shuningdek, avval rasmiylashtirilgan ruxsat guvohnomalarini qayta rasmiylashtirishni bir ish kunida amalga oshirish tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari 2020-yil 1-sentabr DSQ (Sh. Kudbiyev) 3. Alkogol mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini 2021-yil 1-yanvardan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar toifasiga oʻtkazish. Qonun loyihasi 2020-yil 1-dekabr Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (Sh. Kudbiyev) 4. Noqonuniy olib kirilgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash boʻyicha jamoatchilik nazoratini taʼminlovchi maxsus dasturiy (mobil) ilovani joriy etish. Raqamli markirovkalash boʻyicha tajriba loyihasi natijasi bilan tashkiliy tadbirlar 2020-yil 1-dekabr Agentlik, DSQ (Sh. Kudbiyev), “CRPT TURON” MCHJ (A. Bachikalov) 5. Mahalliy koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari namunalarini jamoat joylarida tekin tarqatishni istisno etgan holda, ularning reklamasiga ruxsat berish tartibini joriy etish. Qonun loyihasi 2020-yil 15-sentabr Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) 6. Xalqaro tajribani oʻrgangan holda uzum, meva va rezavorlardan tayyorlangan alkogol mahsulotlarini shishadan boshqa qadoqlarda ishlab chiqarish tartibini joriy etish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2020-yil 1-noyabr Agentlik, “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov) 7. Xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb etgan holda etil spirti ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan bugʻdoy meʼyorini qayta tasdiqlash hamda ularni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan qoplash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2020-yil 1 dekabr Agentlik, Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (Sh. Kudbiyev), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Toshkent kimyo-texnologiya instituti 8. Chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat xaridini amalga oshirish, shuningdek, ularni vakolatli organlar bilan sifat va standart nazoratidan oʻtkazish maqsadida ekspertizadan oʻtkazish va mazkur xarajatlarni Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan qoplash tartibini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2020-yil 1-oktabr Agentlik, Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) 9. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi qonun talablariga asosan etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda litsenziya talab va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzish holatlarining aniq mezonlarini belgilash. Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi 2020-yil 1-sentabr Agentlik 10. Xalqaro yoʻnalishdagi aeroport va temir yoʻl vokzallarida kamida 70 kv. metrdan iborat mahalliy tabiiy vino chakana savdosiga ixtisoslashgan savdo nuqtalari (“Duty free” andozasida) ochish uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarga joy ajratish choralarini koʻrish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2020-yil 1-sentabr Transport vazirligi (E. Ganiyev) 11. Isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda oʻlchov uskunalarini hamda hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini oʻrnatish tartibini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2020-yil 1-oktabr Agentlik, Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov) 12. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan hamda respublikadagi mavjud isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy uskunalarini majburiy roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, uning mulkdorlarini Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish hamda uskunalarni identifikatsiya kodlari orqali markirovkalash tartibini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2020-yil 1-oktabr Agentlik, Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) 13. Yangi turdagi hamda shishadan boshqa qadoqdagi alkogol mahsulotlar uchun aksiz soligʻini hisoblash hamda aksiz markalari bilan markalash tartibini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2020-yil 1-oktabr Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (Sh. Kudbiyev), Agentlik 14. Alkogol mahsulotlarini qadoqlashda foydalanilgan shisha qadoqlarni qayta ishlash va ularni utilizatsiya qilishni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish boʻyicha taklif kiritish. Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish 2020-yil 1-dekabr Agentlik, “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov) 15. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan alkogol mahsulotlarining importi bilan shugʻullanuvchi korxonalarga ulgurji savdo faoliyati uchun ilgari berilgan litsenziyalar asosida 2020-yil 1-avgustga qadar yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda ularni qayta rasmiylashtirilishi sharti bilan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat yuritishiga ruxsat berish. Tashkiliy chora-tadbirlar Bir hafta muddatda Agentlik 16. 2021-yil 1-yanvardan boshlab, etil spirti narxini davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish, shuningdek, etil spirtini realizatsiya qilish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish. Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi 2020-yil 1-oktabr Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Agentlik 17. 2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishda Alkogol mahsulotlarini roʻyxatdan oʻtkazilgan (patentlangan) tovar belgilarining mavjudligi boʻyicha litsenziya talabini joriy etish. Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi 2020-yil 1-noyabr Agentlik 18. Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan: etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarning oʻlchov uskunalarini xarid qilish hamda oʻrnatish boʻyicha xarajatlari uchun bir yil muddatga qaytarish va maqsadli foydalanish shartlari bilan ssudalar ajratish; hisobga olish axborot tizimidan foydalanish hamda uni kelgusida takomillashtirish xarajatlarini moliyalashtirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2020-yil 1-sentabr Agentlik 19. Mahalliy alkogol mahsulotlari eksport hajmlarini oshirish, jumladan tayyor va xom ashyo mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasi bozoriga imtiyozli asosda kirishini taʼminlash choralarini koʻrish. Tashkiliy chora-tadbirlar, muzokaralar Doimiy ravishda Agentlik, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (B. Abidov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga4-ILOVA

2020 — 2024-yillarda sanoatbop tokzorlar barpo etish va qayta ishlash uchun xomashyo yetishtirishningPROGNOZ KOʻRSATKICHLARI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga5-ILOVA

2020 — 2024-yillarda tokzorlarda resurs tejamkor, zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etish va suv resurslari bilan taʼminlashPROGNOZ KOʻRSATKICHLARI

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.