PQ-2965-son Qaror · 11.05.2017

“Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2965
  • Qabul qilingan sana:11.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:11.05.2017
  • Holati:Amalda

Polimer mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilishni taʼminlash, “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash, tashqi va ichki bozorlarda talab yuqori boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish hamda xomashyo va materiallar importini qisqartirish maqsadida:

1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ilmiy-texnik kengashi tomonidan “Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” va “Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish” investitsiya loyihalarini oʻzaro bogʻliq holda amalga oshirish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarishda olinadigan har yili 430 ming tonna hajmdagi sintetik naftani polimer mahsulotlarga chuqur qayta ishlashni tashkil etish;

umumiy infratuzilmaga ega boʻlgan yagona neft-kimyo klasterini tashkil etishni nazarda tutgan holda Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining mavjud muhandislik kommunikatsiyalari va yordamchi obyektlaridan optimal foydalanish;

koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihalarini integratsiya qilish hisobiga respublikaning neftni qayta ishlash zavodlariga sintetik naftani yetkazib berish bilan bogʻliq transport xarajatlarini qisqartirish.

2. “Oʻzbekneftgaz” MXK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining “Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) amalga oshirish doirasida:

polietilen ishlab chiqarish loyiha quvvatini yiliga 125 ming tonnadan 405 ming tonnagacha oshirish va 430 ming tonna hajmdagi sintetik naftani chuqur qayta ishlash hisobiga quvvati yiliga 100 ming tonnagacha boʻlgan yangi polipropilen ishlab chiqarishni tashkil etish;

“Enter Engineering Pte. Ltd” (Singapur) kompaniyasiga investitsiya loyihasini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida amalga oshirish boʻyicha bosh pudratchi etib, unga, zarur hollarda, oʻxshash loyihalarni amalga oshirishda tajribaga ega boʻlgan xalqaro tan olingan kompaniyalarni jalb etgan holda konsorsium tuzish huquqini berish;

investitsiya loyihasini texnik boshqarish funksiyalarini “OʻzLITIneftgaz” AJga yuklash, uning tuzilmasida texnik kuzatib borish boʻyicha maxsus injiniring guruhini tashkil etish.

3. Quyidagilar “Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

“Shoʻrtan GKM” MCHJning “Shoʻrtan GKM” MCHJ ixtiyorida qoladigan polietilen granulalarni sotishdan olingan qoʻshimcha foydaning 50 mln AQSH dollari miqdoridagi qismi mablagʻlari hisobiga shakllantiriladigan maxsus investitsiya hisob raqami mablagʻlari;

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 300 mln AQSH dollarigacha boʻlgan summadagi krediti;

“Shoʻrtan GKK” MCHJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida jalb etiladigan va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan xorijiy banklarning 650 mln AQSH dollari miqdoridagi kreditlari.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekneftgaz” MXK Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda 2018-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xorijiy banklarning 650,0 mln AQSH dollari miqdoridagi kreditlarini jalb etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. “Oʻzbekneftgaz” MXK vakolatli ekspertiza organlari bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda “Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Investitsiya loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida uning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangunga qadar loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 300 mln AQSH dollarigacha miqdordagi krediti hisobiga ildam moliyalashtirishga ruxsat berilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning xorijiy banklar oldidagi majburiyatlari boʻyicha hamda “Oʻzbekneftgaz” MXK va “Shoʻrtan GKM” MCHJning jalb etiladigan xorijiy kreditlar va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qayta moliyalashtiriladigan krediti boʻyicha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB oldidagi majburiyatlari yuzasidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini berishga vakil qilinsin.

8. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida 2022-yil 1-yanvarga qadar:

“Shoʻrtan KMK” MCHJ va uning pudratchilari, bosh pudratchi va uning subpudratchilari — belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan (shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida) Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, materiallar, ehtiyot qismlar, xomashyo, transport vositalari, maxsus texnika, asboblar, moslamalar va detallar, shuningdek yoqilgʻi-moylash materiallari uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;

xorijiy litsenziarlar, bosh pudratchi va xorijiy subpudratchilar — Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan, ham toʻlov manbaida, ham doimiy muassasa orqali soliqqa tortiladigan daromadlar boʻyicha soliq toʻlashdan ozod etilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 20-iyundagi PQ-2551-son qarori bilan tashkil etilgan Ishchi guruh (Gʻ.I. Ibragimov) investitsiya loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar kompleksini oʻz vaqtida va tezkorlik bilan hal etish, uni 2020-yilning toʻrtinchi choragida soʻzsiz foydalanishga topshirish boʻyicha vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligini samarali muvofiqlashtirishni taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-iyundagi “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2551-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 11-may,

PQ-2965-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2965-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 20-iyundagi PQ-2551-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 1-bandda:

a) ikkinchi xatboshidagi “2016 — 2019-yillarda” soʻzlari “2017 — 2020-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) uchinchi xatboshidagi “200 ming tonna” soʻzlari “405 ming tonna” soʻzlari bilan almashtirilsin va 430 ming tonna hajmdagi sintetik naftani chuqur qayta ishlash hisobiga yiliga 100 ming tonnagacha polipropilen ishlab chiqarish tashkil etilsin.”.

2. 2 va 6-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

3. 5-banddagi “2019-yil” degan soʻzlar “2020-yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

4. 7-banddagi “2017-yil 1-iyunda” degan soʻzlar “2019-yil 1-iyulda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

5. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga jalb etilayotgan loyihalash va pudrat tashkilotlari roʻyxati

T/rLoyiha va pudrat tashkilotlarning nomiIshlarning nomiIshlarni tugatish muddati1.“Enter Engineering Pte. Ltd” (Singapur) kompaniyasi “OʻzLITIneftgaz” AJ va “SV & ITechnology Inc.” (AQSH) va “Chvron Philipps Chemical Company LP” (AQSH)”Kengaytirilgan bazaviy loyihani chiqish 2017-yil noyabr2017-yil noyabr2.“OʻzLITIneftgaz” AJInvestitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish2018-yil yanvar3.“OʻzLITIneftgaz” AJ, “Sredazenergosetproyekt” AJTashqi infratuzilma obyektlarining ish hujjatlarini ishlab chiqish2019-yil aprel4.“Shoʻrtan GKK” MCHJ huzuridagi “Taʼmirlash-montaj qurilish boshqarmasi” SHKTashqi infratuzilma obyektlarini qurish2020-yil aprel5.“Enter Engineering Pte. Ltd (Singapur)Loyihalashtirish, uskunalar va materiallarni yetkazib berish, qurilish-montaj ishlarini bajarishjadval boʻyicha, ishlar 2020-yil IV chorakda tugallanadi6.Oʻxshash loyihalarni boshqarishda tegishli tajribaga ega boʻlgan xalqaro kompaniyalarni jalb etgan holda “OʻzLITIneftgaz” AJInvestitsiya loyihasini amalga oshirishni boshqarish va texnik nazorat qilishInvestitsiya loyihasini amalga oshirishni boshqarish va texnik nazorat qilish 2020-yil

6. 2-ilovada:

a) “B.A. Xodjayev — iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari” soʻzlari “A.I. Axmedxodjayev — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) “Sh.A. Toʻlaganov — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari,” “Sh.R. Xashimov — Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ekspert baholash agentligi bosh direktori,” “S.A. Xalmoʻminov — “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti direktori” va “R.V. Roʻziyev — “Boshtransloyiha” AJ direktori” soʻzlari chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.