PQ-2960-son Qaror · 06.05.2017

Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2960
  • Qabul qilingan sana:06.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:15.05.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 19

Yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishda ularga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha aniq yoʻnaltirilgan va tizimli ishlar olib borishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, shu asosda band boʻlmagan aholini, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalarini hal qilish maqsadida:

1. 2017-yilning 1-iyulidan boshlab mahalliy ijro hokimiyati rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tizimini joriy etish, unga muvofiq:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari aholi bandligi oʻsishining tasdiqlangan har chorak prognoz koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — prognoz koʻrsatkichlari) bajarilishini taʼminlagan taqdirda, ularga lavozim maoshlarining 15 foizi miqdorida mukofot toʻlanadi, prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda — lavozim maoshlarining 15 foizi miqdorida jarima shaklida intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlariga, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga, prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlangan taqdirda, lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida mukofot toʻlanadi, prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda — lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida jarima solinadi.

2. Quyidagilar:

aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi hududlari kesimida 2017-yilning III va IV choragida aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2017-yilning III va IV choragida aholi bandligi oʻsishini taʼminlash hududiy prognoz koʻrsatkichlarini tuman va shaharlar kesimida tasdiqlasin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yildan boshlab:

aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlari respublikamiz hududlari kesimida har chorak boʻyicha taqsimlangan holda, tasdiqlangan hududiy va tarmoq rivojlanish dasturlariga muvofiq tashkil qilinadigan doimiy ish oʻrinlari koʻrsatkichlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi Aholi bandligi dasturiga kiritiladi;

aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlari shahar va tumanlar kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi aholi bandligi manzilli hududiy dasturlariga kiritiladi.

4. Quyidagilar belgilansin:

mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning birinchi oʻrinbosarlariga hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga mukofot yoki jarima hajmini belgilash uchun asos boʻladigan aholi bandligi oʻsishi koʻrsatkichlarini aniqlashda band aholi sonining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlariga nisbatan oʻzgarishi hisoblanadi;

band aholi soni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlayotgan fuqarolar umumiy soni asosida aniqlanadi;

mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga mukofot berish va ularning oylik maoshidan jarima undirish hisobot chorakda prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi natijalariga koʻra, kelgusi chorak davomida amalga oshiriladi.

5. Mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.

Komissiya (A.N. Aripov):

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan prognoz koʻrsatkichlarining hududlar kesimida bajarilishi toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlariga nisbatan ularni moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish choralarini qoʻllash haqidagi masalani har chorak yakunlari boʻyicha koʻrib chiqsin;

aholi bandligi prognoz koʻrsatkichlarini bajarish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatni kuchaytirish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar, shuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.

Komissiyaga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Mehnat vazirligi, mahalliy ijro hokimiyati organlarining prognoz koʻrsatkichlari amalda bajarilishi dinamikasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqqan asoslangan takliflari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududlari kesimida tasdiqlangan 2017-yilning III va IV choragida aholi bandligi oʻsish prognoz koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

6. Belgilansinki, prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mukofotlar toʻlash va lavozim maoshlaridan jarimalar undirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda ularning birinchi oʻrinbosarlariga — Komissiyaning taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori asosida;

shahar va tuman hokimlari hamda ularning birinchi oʻrinbosarlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari qarorlari asosida;

iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga — iqtisodiy kompleksning respublika organlari rahbarlari qarorlari asosida.

7. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy ijro hokimiyati organlarining rahbarlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari, shuningdek iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga mukofotlar toʻlash manbai budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisoblanadi.

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari oʻz ish faoliyatida iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlariga ular faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni, jumladan, joylarga chiqqan holda, tizimli hal qilishda amaliy yordam koʻrsatish, shu asosda band boʻlmagan aholini, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalarini hal qilishga qatʼiy va soʻzsiz rioya etsin.

9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari, shuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari, uzluksiz ikki chorak davomida, yoki yil davomida uch chorakda prognoz koʻrsatkichlari bajarilmaganligi taqdirda, ular tomonidan aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlari qoniqarsiz, deb topilishi va egallab turgan lavozimlariga noloyiqligi masalasi koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining aholi bandligi oshishini taʼminlashda moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini oshirish tartibini, jumladan tegishli prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va uning bajarilishini nazorat qilishni hisobga olgan holda, ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 6-may,

PQ-2960-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-son qaroriga1-ILOVA

Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi toʻgʻrisida

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish (keyingi oʻrinlarda — moddiy ragʻbatlantirish tartibi) tartibini belgilaydi.

2. Moddiy ragʻbatlantirish tartibiga muvofiq aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining lavozim maoshlaridan mukofotlar berish va jarimalar undirish tizimi joriy etilib, u quyidagi miqdorda boʻladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan aholi bandligi oʻsishining tasdiqlangan har chorak hududiy prognoz koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — prognoz koʻrsatkichlari) bajarilishi taʼminlangan taqdirda, ularga lavozim maoshlarining 15 foizi miqdorida mukofot toʻlanadi, prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda — lavozim maoshlarining 15 foizi miqdorida jarima shaklida intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari tomonidan prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlangan taqdirda, ularga lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida mukofot puli toʻlanadi, prognoz koʻrsatkichlariga erishilmagan taqdirda — lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida jarima solinadi.

3. Ushbu Nizomda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasida — respublika), shahar va tuman boʻlinmalari, shuningdek, tijorat banklari filiallari rahbarlari nazarda tutiladi.

4. Moddiy ragʻbatlantirish tartibi 2017-yil 1-iyuldan amalda joriy etiladi.

II. Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini belgilash tartibi

5. Ushbu Nizomga muvofiq:

band aholi soni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi) sugʻurta badallarini toʻlovchi fuqarolarning umumiy sonining koʻrsatkichi sifatida belgilanadi;

aholi bandligi oʻsishi oʻtgan yilning huddi shu choragiga (keyingi oʻrinlarda — bazaviy davr) nisbatan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlovchi aholi bandligi soni hisobot choragida (keyingi oʻrinlarda — hisobot davri) koʻpayishi sifatida belgilanadi.

6. 2018-yildan boshlab prognoz koʻrsatkichlar quyidagicha belgilanadi:

respublikamiz hududlari kesimida har chorak boʻyicha taqsimlangan holda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi Aholi bandligi dasturida;

shahar va tumanlar kesimida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi aholi bandligi manzilli hududiy dasturlarida.

Prognoz koʻrsatkichlari hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari, modernizatsiya qilishning tarmoq dasturlari, investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlari, xususiylashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan boshqa tegishli dasturiy hujjatlarga muvofiq tashkil qilinadigan doimiy ish oʻrinlari koʻrsatikichlarini inobatga olib ishlab chiqiladi.

Bunda, prognoz koʻrsatkichlari koʻrsatilgan hudud, shahar va tumanda aholi bandligi oʻsish surʼatlarining oʻtgan yildagi chorakning oʻrtacha koʻrsatkichlardan past boʻlishi mumkin emas, respublika Hukumati qarorlari bilan belgilangan holatlar bundan mustasno.

7. 2017-yilning III va IV choragiga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari respublika hududlari kesimida mazkur qaror bilan tasdiqlangan.

2017-yilning III va IV choragiga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari respublikaning shahar va tumanlari kesimida aholi bandligining tasdiqlangan hududiy dasturlarida doimiy yaratiladigan ish oʻrinlari koʻrsatkichlarini inobatga olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlanadi.

8. Aholi bandligi oʻsishini taʼminlash uchun iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi, shu jumladan prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va bajarishni nazorat qilish mexanizmlari iqtisodiy kompleksining tegishli respublika organlari qarorlari bilan ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan koʻrsatkichlar va mezonlarga muvofiq belgilanadi.

III. Aholi bandligi oʻsish prognoz koʻrsatkichlarini bajarishni baholash tartibi

9. Hududiy mehnat boshqarmalari, davlat soliq boshqarmalari, budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boshqarmalari shahar va tumanlar kesimida band aholining soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bazaviy davr oxiri va hisobot davrida, keyingi hisobot choragidan keyingi oyning 28-sanasidan kechiktirmay, band aholining oʻsish soni toʻgʻrisida hisobot davrida, shuningdek, shahar va tumanlar kesimida tegishli hududlarda tasdiqlangan bajarilgan (bajarilmagan) prognoz koʻrsatkichlarini shakllantiradilar.

Band aholining soni toʻgʻrisida bazaviy davr oxiri va hisobot davrida, shuningdek, hisobot davrida band aholining soni oʻsishi toʻgʻrisidagi maʼlumot soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) asosida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini faol toʻlovchilari boʻlgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida axborot-kompyuter maʼlumotlar bazasi asosida shakllantiriladi.

Bunda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallar toʻlovini bazaviy davr yoki hisobot davrida hech boʻlmaganda bir marta amalga oshirgan fuqarolar budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarining faol toʻlovchilari hisoblanadilar.

Tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarini bajarganlik (bajarmaganlik) toʻgʻrisida maʼlumot aholi bandligi oʻsishi sonini tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarga taqqoslash asosida moʻljalga olinadi.

10. Hududiy mehnat boshqarmalari, davlat soliq boshqarmalari, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boshqarmalari har chorakdan keyingi oyning 30-sanasidan kechiktirmasdan shaharlar va tumanlar kesimida hududlar boʻyicha aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi (bajarilmaganligi) toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlarni ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda (keyingi oʻrinlarda — Hisobot maʼlumotlari):

aholi bandligi oʻsishining prognoz parametrlarini bajarganligi uchun — shahar va tuman hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlarini mukofotlash yoki ulardan jarima ushlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga;

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga keyinchalik tegishli maʼlumotlarni Mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Komissiyaga kiritish uchun (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) yuboradilar.

11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Hisobot maʼlumotlarini olganidan keyin uch ish kun davomida shahar va tuman hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlarining lavozim maoshlaridan mukofot berish yoki jarima ushlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Hisobot maʼlumotlarini olganidan soʻng uch ish kuni davomida har bir hudud boʻyicha aholi bandligining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari bajarilganligi (bajarilmaganligi) toʻgʻrisida Hisobot maʼlumotnomasini ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda shakllantiradi va Komissiyaga yuboradi.

13. Komissiya Hisobot maʼlumotnomasini olganidan soʻng oʻn kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlariga nisbatan ularni moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish choralarini qoʻllash haqidagi masalani koʻrib chiqadi.

Komissiya aholi bandligi prognoz koʻrsatkichlarini bajarish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatni kuchaytirish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida, shuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqiga ega.

14. Prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mukofotlar toʻlash va lavozim maoshlaridan jarimalar undirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda ularning birinchi oʻrinbosarlariga — Komissiyaning taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori asosida;

shahar va tuman hokimlari hamda ularning birinchi oʻrinbosarlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari asosida;

iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga — iqtisodiy kompleksning respublika organlari rahbarlari qarorlari asosida.

Prognoz koʻrsatkichlari hududda, shaharda yoki tumanda bajarilmagan va mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlariga nisbatan jarima shaklida intizomiy chora qoʻllanilgan taqdirda, iqtisodiy kompleksning tegishli hududiy organlar rahbarlari ularga belgilangan prognoz parametrlari bajarilishidan qatʼiy nazar mukofotlanmaydilar.

15. Mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga prognoz koʻrsatkichlarini bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181 — 184-moddalarida nazarda tutilgan tartibda jarima solinadi. Bunda jarima shaklidagi intizomiy jazoning amal qilish muddati hisobot choragidan keyingi chorak hisoblanadi.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy ijro hokimiyati organlarining rahbarlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari, shuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga mukofotlar toʻlash manbai boʻlib budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilmaydigan iqtisodiy kompleks organlari uchun mukofotlarni toʻlash manbai boʻlib oʻzlarining mablagʻlari hisoblanadi.

17. Prognoz koʻrsatkichlari ketma-ket ikki chorak yoki yil davomida uch chorak bajarilmagan taqdirda, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va hududiy iqtisodiy kompleks rahbarlari tomonidan aholi bandligini taʼminlash boʻyicha olib boriladigan ishlar qoniqarsiz deb topiladi, bunda ularning egallab turgan lavozimlariga noloyiq ekanligi toʻgʻrisidagi masala quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:

shahar yoki tuman hududida prognoz koʻrsatkichlari bajarilmagan taqdirda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shahar va tuman hokimlari ularning birinchi oʻrinbosarlarining egallab turgan lavozimlariga noloyiq ekanligi toʻgʻrisidagi masalani qonunchilikda belgilangan tartibda kiritadilar;

tegishli hududda prognoz koʻrsatkichlari bajarilmagan taqdirda — Komissiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlarining egallab turgan lavozimlariga noloyiq ekanligi toʻgʻrisidagi masalani qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

prognoz koʻrsatkichlari iqtisodiy kompleksning hududiy organlari tomonidan bajarilmagan taqdirda — iqtisodiy kompleksning respublika organlari rahbarlari iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining egallab turgan lavozimlariga noloyiq ekanligi toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladilar.

IV. Yakunlovchi qoidalar.

18. Ushbu Nizomning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.

Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga1-ILOVA

Iqtisodiy idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari faoliyatini baholash uchun aholi bandligi oʻsishi prognoz parametrlarining

*Izoh. Aholi bandligi oʻsishi koʻrsatkichlari va mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurdagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlovchi band fuqarolar sonini hisobga olgan holda belgilanadi.

Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga2-ILOVA

Aholi bandligining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarini shahar va tumanlar kesimida (hududlar nomi) bajarganligi (bajarilmaganligi) toʻgʻrisida

Shahar va tumanlar nomi Bazaviy chorak oxiri boʻyicha band aholi soni (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini faol toʻlovchilar soni) Hisobot choragi oxiri boʻyicha band aholi soni (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini faol toʻlovchilar soni) Ban� aholi sonining oʻsishi Aholi bandligi oʻsishi, foizda Aholi bandligi oʻsishining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari, foizda Aholi bandligi oʻsishining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari bajarilganligi (+)/ bajarilmaganligi (-), foizda 1 2 3 4 (3-2) 5 (4/2*100) 6 7 (5-6) Hududlar boʻyicha jami

Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga3-ILOVA

Aholi bandligining tasdiqlangan hududiy prognoz koʻrsatkichlari bajarganligi (bajarilmasligi) toʻgʻrisida HISOBOT MAʼLUMOTNOMASI _______________________________________________________boʻyicha (hudud nomi) A. Bazaviy chorak (oʻtgan yilning xuddi shu choragi) oxiri boʻyicha band aholi soni (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini faol toʻlovchilar soni) — ____________ nafar. V. Hisobot choragi oxiri boʻyicha band aholi soni (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini faol toʻlov�ilar soni) — ____________ nafar. S. Band aholi sonining oʻsishi (V-A) — ____________ nafar. D. Aholi bandligi oʻsishi, foizda da (S/A * 100) — ________ foizda. E. Aholi bandligi sonining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari — ______ foizda. F. Aholi bandligi oʻsishining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarini bajarilganligi (+)/ bajarilmaganligi (-) (D-E) — _______ p. p. ______________________________ ______________________________ ______________________________ (F.I.O.) M.Oʻ. (F.I.O.) M.Oʻ. (F.I.O.) M.Oʻ. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-son qaroriga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi hududlari kesimida 2017-yilning III va IV choragida aholi bandligi oʻsishining

foizda T/r Hududlar nomi Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlari 2017-yil III chorak 2017-yil IV chorak 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 104,1 105,1 2. Andijon viloyati 104,4 105,5 3. Buxoro viloyati 103,4 104,4 4. Jizzax viloyati 104,3 105,3 5. Qashqadaryo viloyati 103,4 104,4 6. Navoiy viloyati 102,3 103,3 7. Namangan viloyati 104,1 105,1 8. Samarqand viloyati 103,7 104,7 9. Surxondaryo viloyati 103,1 104,2 10. Sirdaryo viloyati 103,9 104,9 11. Toshkent viloyati 102,4 103,4 12. Fargʻona viloyati 102,4 103,4 13. Xorazm viloyati 103,9 104,9 14. Toshkent shahri 101,5 102,6

Izoh. Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlari budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining sugʻurta badallari toʻlovchilari boʻlgan band fuqarolar sonining foizi oʻtgan yilning xuddi shu choragidagi koʻrsatkich bilan solishtirganda prognozda koʻrsatilgan davrda (chorak) oʻsishini bildiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-son qaroriga3-ILOVA

Mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Komissiya

Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.