PQ-2953-son Qaror · 04.05.2017

2017-2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2953
  • Qabul qilingan sana:04.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:04.05.2017
  • Holati:Amalda

Xiva shahri va butun Xorazm hududi haqli ravishda YUNESKO va jahon tadqiqotlar hamjamiyati tomonidan insoniyat tamadduni paydo boʻlgan makon, eng qadimgi tarixiy-madaniy markazlar qatorida tan olingan.

Xorazm oʻzining noyob meʼmoriy obidalari bilan mashhur. Ayniqsa, Xiva shahrining “ochiq osmon ostidagi muzey” sifatidagi xususiyati, shuningdek, Xorazm viloyati hududida joylashgan 250 ta meʼmoriy, tarixiy, madaniy va sanʼat obidalari diqqatga sazovordir. Insoniyatning bebaho merosi — Xiva shahrining qadimiy qismi — “Ichan qalʼa” YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Oʻzbekistonning milliy turizm salohiyatini kompleks targʻib qilish doirasida har yili Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm-maʼrifiy salohiyatini yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalarida, jumladan VVS, NHK, Euronews, Discovery Network International va boshqa telekanallar tarmoqlarida maqsadli reklama va targʻib qilish boʻyicha muntazam ravishda chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugungi kunda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini targʻib qilish, shuningdek zamonaviy turizm infratuzilmasini barpo etish, turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratishda turizm sohasidagi vakolatli boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan bir qatorda Xorazm viloyatidagi 22 ta turizm faoliyati subyektlari va 52 ta mehmonxonalar ham shugʻullanmoqda.

Shu bilan birga, tan olish kerakki, joriy bosqichda hududning mavjud turizm salohiyati yetarli darajada samarali foydalanilmasdan qolmoqda. Xorazm viloyati va Xiva shahrining yangilangan, zamonaviy qiyofasini yaratish, shahar va transport infratuzilmasini takomillashtirish, Yevropa, Osiy va MDH mamlakatlaridan tashrif buyurishi koʻpayib borayotgan turistlar oqimiga keng xizmatlar turi va yuqori sifatli xizmatlar taklif eta oladigan turizm faoliyati subyektlari, zamonaviy mehmonxonalar sonini koʻpaytirish, xorijiy ommaviy axborot vositalari va turoperitorlari vakillariga maqsadli tanishtiruv turlarini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan choralarni davom ettirish, shuningdek turizm sohasida kadrlar tayyorlashda zamonaviy yondashuv talab etilmoqda.

Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada rivojlantirish va oshirish, Xiva shahrining noyob tarixiy-madaniy va meʼmoriy obidalari, shu jumladan ochiq osmon ostidagi “Ichan qalʼa” qalʼa shaharcha-muzeyi hududidagi yodgorliklar bilan turistlarni keng tanishtirish maqsadida eng qulay shart-sharoitlar bilan taʼminlash, hududlarning zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va koʻrsatilayotgan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari sifatini takomillashtirish, ichki turizmni faollashtirish, turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashni tubdan yaxshilash, shuningdek yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi daromadlari oʻsishini ragʻbatlantirish maqsadida:

1. 2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va quyidagi muhim yoʻnalishlar boʻyicha Dasturning samarali amalga oshirilishi taminlansin:

turistlarni doimiy ravishda qabul qilish uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yoʻnalishi boʻyicha turizm markazlarini ulovchi temir yoʻl qurilishi va Xiva shahrida zamonaviy vokzal bunyod etilishi, Yevropa, Osiyo va MDH mamlakatlaridan charter qatnovlarini tashkil etish, Italiya, Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan Urganch shahri aeroportiga doimiy qatnovlar sonini koʻpaytirish, Urganch-Xiva yoʻnalishidagi alohida obyektlarda yuqori qulaylikka ega boʻlgan turizm toifasidagi avtobuslar bilan qatnovlarni joriy etish orqali Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm infratuzilmasini rivojlantirish;

turistlar oqimini koʻpaytirishga va ularning hududda boʻlish muddatlarini uzaytirishga imkon beruvchi taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini va turizm yoʻnalishlarini takomillashtirish. shu jumladan Amudaryo daryosining qirgʻoq hududlarida ekzotik turizmning yangi turlarini tashkil etish. Xazorasp qalʼasi negizida 600 oʻrinli ochiq amfiteatr, hunarmandlar rastasi va doʻkonlarni qamrab oluvchi sharqiy bozor qurilishi asosida turizm kompleksini tashkil etish, “Ichan qalʼa” kompleksining Karvonsaroy negizida zamonaviy mehmonxona va koʻngilochar kompleksini qurish, Xiva shahridagi turizm namoyishi obyektlarida oʻzbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi va milliy anʼanalarini namoyishini taʼminlovchi madaniy, koʻngilochar va milliy sport tadbirlarini oʻtkazish joriy etilishini nazarda tutuvchi xizmatlarni takomillashtirish;

Xorazm viloyatining turizm salohiyati va Xiva shahrining brendini insoniyat tamaddunining qadimiy tarixiy-madaniy markazlaridan biri sifatida MDH mamlakatlarining markaziy teleradiokanallarida hamda yetakchi xorijiy telekanallarda, butunjahon Internet axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda keng reklama kampaniyasini oʻtkazish, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va turoperatorlar uchun tanishtiruv turlarini tashkil etish, shuningdek “Xorazm madaniyati kuni”, “Xorazm vohasining xalq raqslari”, “Xorazm qovuni” kabi turli mavzulardagi festivallar oʻtkazish, Paxlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlab respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar mehmonlari ishtirokida kurash, sambo va dzyudo sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqalar tashkil etish orqali targʻib qilish;

xorijiy va milliy valyutani qabul qilish boʻyicha bankomatlar va terminallar tarmogʻini kengaytirish va doimiy faoliyat yurituvchi komsheks koʻngilochar dasturlarini yaratish, turistlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha infratuzilma obyektlarining holatini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni koʻzda tutgan holda sifatli turizm xizmatlarini koʻrsatish;

Urganch va Xiva shaharlaridagi kasb-hunar kollejlari, Urganch davlat. universitetida mehmonxona va turoperatorlik faoliyatida ingliz tili savodxonligiga ega mutaxassislarni tayyorlovchi qisqa muddatli kurslar tashkil etish orqali turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash. qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. ushbu jarayonga Fransiya, Ispaniya, Turkiya va boshqa turizm sanoati rivojlangan mamlakatlarining ixtisosli taʼlim muassasalari yetakchi maslahatchilari va mutaxassislarini jalb etish;

2017 — 2021-yillarda turizm xizmatlari eksporti hajmini 2,3 barobar, turistlar sonini esa 2,1 barobarga oshishini taʼminlash.

2. 2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi ijrosi yuzasidan nazoratni taʼminlash boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etilsin.

Ishchi gypyh (R.S. Azimov):

Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilsin va muvofiqlashtirsin;

Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

Dasturga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar, donor mamlakatlarning kredit va grant mablagʻlari hamda xalqaro moliya institutlarini jalb etish choralarini koʻrsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ishchi guruhning asoslangan takliflari asosida, Dastur parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.

3. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Xiva shahrini loyihalashtirishning batafsil rejasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashiga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda taqdim etsin. Bunda shahar va “Ichan qalʼa” hududining tashqi va ichki qismlarini jahon talablariga mos, zamonaviy turizm markaziga aylantirish maqsadida kompleks restavratsiya va tiklash ishlarini amalga oshirishni, shuningdek Dasturga kiritilgan boshqa chora-tadbirlarni bajarishni nazarda tutsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi (B.I. Zakirov) Xorazm viloyatining alohida qoʻriqlanadigan tarixiy-madaniy hududlari — Xiva shahrining “Ichan qalʼa” qalʼa shaharchasi va uning qoʻriqlanma hududlarida, uning Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan noyob obyekt ekanligini hisobga olib qurilish, taʼmirlash-tiklash va boshqa ishlarni amalga oshirishda Butunjahon madaniy va tabiiy merosini himoya qilish Konvensiyasi (Parij, 1972-y.) normalari hamda YUNESKO Butunjahon merosi Markazining tavsiyalariga muvofiq minimal aralashuv yuzasidan zarur choralar koʻrishga alohida eʼtibor qaratsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda — uch oy muddatda Xorazm viloyatining tarixiy-madaniy meros obyektlarini xatlovdan oʻtkazsin hamda 2017 — 2021-yillarda Xiva shahri va Xorazm viloyatining tarixiy-madaniy meros obyektlari holatini yaxshilash, restavratsiya qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Dasturga kiritilgan tadbirlar doirasida:

qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari va olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirib, shaharsozlik normalari va qoidalariga qatiy rioya etgan holda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin;

Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda — noqonuniy qurilish hamda ajratilgan yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Xiva shahrining brendini ishlab chiqish, 2017 — 2021-yillar mobaynida xususan, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq hamda MDH davlatlarida keng reklama kampaniyalarini, shu jumladan eng ommabop xorijiy axborot vositalarida, butunjahon Internet axborot tarmogʻida ham tashkil etgan holda Xiva shahri va Xorazm viloyatiga turistlar oqimini oshirish boʻyicha zarur amaliy-tashkiliy choralar koʻrsin.

7. Loyiha tashabbuskorlari va tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari, bank kreditlari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kredit va grant mablagʻlari, homiylik xayriyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari ushbu qarorda nazarda tutilgan va Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda moliyalashtirish manbalari etib belgilansnn.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 2017 — 2021-yillar davrida Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xorazm viloyati hokimligi va Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni Ishchi guruhga har chorakda taqdim etib borsin.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 4-may,

PQ-2953-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2953-son qaroriga1-ILOVA

2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish

Izoh:

1. Hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

2. Ushbu qaror va dasturlarning bajarilishini nazorat va monitoring qilinishini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan taʼminlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2953-son qaroriga2-ILOVA

2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi ijrosi yuzasidan nazoratni taʼminlash boʻyicha Ishchi guruh

Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.