PQ-2961-son Qaror · 06.05.2017

2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining budjeti va bolalar sporti obyektlari hamda suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2961
  • Qabul qilingan sana:06.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:29.05.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 21

Bolalar sportini keng koʻlamda, tizimli va barcha joylarda rivojlantirish, respublikaning hududlarida, shu jumladan, qishloq joylarda bolalar sporti inshootlari tarmogʻini yanada kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarni, ayniqsa qizlarni sport bilan muntazam shugʻullanishiga keng jalb qilishni taʼminlash, shu asosda barkamol rivojlangan va jismonan sogʻlom oʻspirin avlodni tarbiyalashning muhim barqaror omillarini shakllantirish maqsadida:

1. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar, tijorat banklari va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, xorijiy investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) xayriya yordamini 1 — 3-ilovalarga muvofiq miqdorda ixtiyoriy asosda yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi tashabbuslari maʼqullansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda xayriya yordami mablagʻlari hisobidan Jamgʻarma daromadlarini shakllantirishni muvofiqlashtirish boʻyicha tashkiliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin va Jamgʻarma daromadlarini yakuniy shakllantirish natijalari asosida Jamgʻarmaning Homiylik kengashiga tegishli axborotni taqdim etsin.

2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2017-yilgi daromad va xarajatlarining prognoz koʻrsatkichlari 4-5-ilovalarga muvofiq;

2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha manzilli dastur 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Quyidagilar:

2017-yilning 20-mayigacha Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan tashkilotlarni jalb etgan holda, 2017-yilda bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan manzilli dasturga kiritilgan obyektlar boʻyicha tanlov savdolarini yakunlash va pudrat shartnomalarini tuzish;

6-ilovaga kiritilgan bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini namunaviy loyihalarga qatʼiy muvofiq ravishda, shaharsozlik norma va qoidalari, ekspluatatsiya xavfsizligiga rioya etgan holda amalga oshirish, shuningdek, obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining zimmasiga yuklansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2017-yilda bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha hududiy manzilli roʻyxatlarni 2017-yilning 25-mayiga qadar tasdiqlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tasdiqlangan hududiy manzilli roʻyxatlar asosida 2017-yilda bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlanishini moliyalashtirish hamda ularni obyekt qiymatining 30 foizi miqdorida bir martalik avans bilan taʼminlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi hamda Jamgʻarma bilan hamkorlikda buyurtmachilar va pudratchilar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, shu jumladan bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarida tasdiqlangan namunaviy loyihalar, shaharsozlik norma va qoidalariga muvofiq bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifatiga qoʻyiladigan talablarga qatʼiy rioya etilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.

Monitoring natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda tegishli axborot taqdim etsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi 2017-yilda foydalanishga topshiriladigan bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini belgilangan talab va standartlarga muvofiq zarur uskuna va anjomlar bilan oʻz vaqtida jihozlanishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yilning har choragi yakuni boʻyicha Jamgʻarma hududiy filiallarining bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishda va smeta xarajatlariga rioya etilishida tekshiruv oʻtkazilishini taʼminlasin hamda bajarilgan ishlar natijalari yuzasidan Jamgʻarma Homiylik kengashiga axborot bersin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini oʻz vaqtida foydalanishga topshirish va zarur uskuna hamda anjomlar bilan jihozlash ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin va oʻz majlislarida bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash boʻyicha mazkur qaror bilan tasdiqlangan manzilli dastur bajarilishini har chorakda koʻrib chiqsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 6-may,

PQ-2961-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2017-yilda respublika tashkilotlaridan tushadigan xayriya mablagʻlarining

mln soʻm. T/r Tashkilotlar nomi Xayriya yordami miqdori 1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 7 000,0 2. “Oʻzbektelekom” AK 7 000,0 3. “Oʻzbekneftgaz” MXK 6 850,0 4. “Oʻzavtosanoat” AK 6 850,0 5. “Navoiy KMK” DK 6 500,0 6. “Olmaliq KMK” AJ 6 500,0 7. “Oʻzmetkombinat” AJ 6 000,0 8. “Qizilqumsement” AJ 5 000,0 9. “Oʻzbekenergo” AJ 4 500,0 10. “Oʻzneftmahsulot” AK 3 900,0 11. “Asaka” ATB 3 000,0 12. OʻR TIF Milliy bank 3 000,0 13. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 3 000,0 14. “Ipoteka-bank” ATIB 3 000,0 15. “Oʻzvinosanoat-xolding” XK 3 000,0 16. Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2 760,0 17. “Oʻzpaxtasanoat” AJ 2 750,0 18. Tashqi savdo vazirligi 2 580,0 19. Davlat soliq qoʻmitasi 2 500,0 20. Davlat bojxona qoʻmitasi 2 500,0 21. “CosCom” (Ucell) XK MChJ 2 500,0 22. “Unitel” (Beeline) XK MChJ 2 500,0 23. “Oʻzpaxtayogʻ” AJ 2 400,0 24. “Agrobank” ATB 2 100,0 25. “Qishloq qurilish bank” ATB 2 100,0 26. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK 2 100,0 27. “Oʻzbekinvest” EIMSK 2 100,0 28. “Oʻzkimyosanoat” AJ 2 100,0 29. “Oʻzdonmahsulot” AJ 2 100,0 30. “Ohangaronsement” AJ 1 750,0 31. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 1 550,0 32. “Oʻzpaxtaeksport” AJ 1 550,0 33. “OʻzBAT AJ” QK 1 250,0 34. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi 1 200,0 35. “Oʻzbekyengilsanoat” AJ 1 150,0 36. “Mikrokreditbank” ATB 1 000,0 37. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi 900,0 38. “Oʻzagrosugʻurta” AJ 900,0 39. “Oʻzeltexsanoat” AK 850,0 40. “OʻzRTXB” AJ 850,0 41. “Bekobodsement” AJ 750,0 42. “Trest-12” AJ 750,0 43. Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi 750,0 44. “Kafolat” AJ 700,0 45. “Universal Mobile Systems” (UMS) MChJ 700,0 46. Oʻzbekiston-Germaniya “Savdogar” ATB 600,0 47. “Kapitalbank” ATB 600,0 48. “Aloqa bank” ATB 600,0 49. “Ipak yoʻli” ATIB 600,0 50. “Trastbank” XAB 600,0 51. “Oʻzspirtsanoat” AK 600,0 52. “Sharq” NMAK 510,0 53. “Neftgazmontaj” MChJ 500,0 54. “Xalq banki” ATB 500,0 55. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK 480,0 56. “Hamkorbank” ATB 360,0 57. “Turonbank” ATB 360,0 58. “Invest Finance Bank” ATB 360,0 59 “Asia Alliance bank” ATB 360,0 60. “Orient Finans” XATB 360,0 61. “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ 300,0 62. “Nestle Oʻzbekiston” QK MChJ 300,0 63. “Coca-Cola ichimligi Uzbekiston LTD” KQ MChJ 270,0 64. “Rubicon Wireless Communications” (Perfectum Mobile) XK MChJ 220,0 65. “International Beverages Tashkent” (Pepsi) QK MChJ 200,0 66. “Knauf Buxoro” XK MChJ 200,0 67. “Turkiston bank” XATB 160,0 68. “Universal bank” XATB 160,0 69. “Ravnaqbank” XATB 160,0 70. “Davrbank” XATB 160,0 71. “Ni-Tech BANK” XATB 150,0 72. “Nydrolife Bottlers” MChJ 150,0 73. “93-maxsus trest” AJ 150,0 74. “Oʻzfarmsanoat” DAK 150,0 75. “Kvars” AJ 120,0 76. “Osiyo Granit” MChJ 120,0 77. “SaM-Antep-Gilam” QK MChJ 120,0 78. “Stekloplastik” MChJ 120,0 JAMI: 135 390,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga respublika hududlari kesimida 2017-yilda hududiy tashkilotlardan tushadigan xayriya mablagʻlarining

mln soʻm. T/r Hududlar nomi Xayriya yordami miqdori 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2 750,0 2. Andijon viloyati 5 200,0 3. Buxoro viloyati 4 550,0 4. Jizzax viloyati 2 700,0 5. Qashqadaryo viloyati 6 800,0 6. Navoiy viloyati 5 200,0 7. Namangan viloyati 5 000,0 8. Samarqand viloyati 5 200,0 9. Surxondaryo viloyati 3 550,0 10. Sirdaryo viloyati 2 700,0 11. Toshkent viloyati 5 900,0 12. Fargʻona viloyati 5 900,0 13. Xorazm viloyati 2 900,0 14. Toshkent sh. 11 000,0 JAMI: 69 350,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2017-yilda xorijiy investorlardan tushadigan mablagʻlar

ming AQSh dollari T/r Xorijiy investorlar nomi Xayriya yordami miqdori 1. “Lukoil Uzbekistan operating company” MChJ 170,0 2. Xorijiy investorlar (Tashqi savdo vazirligi orqali) 120,0 JAMI: 290,0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2017-yilgi daromad va xarajatlarining (milliy valyutada)

mln soʻm. T/r Daromad va xarajatlar 2017-yilda jami Shu jumladan: respublika fondi hududiy filiallar 1. Yil boshida mablagʻlar qoldigʻi: 37 383,1 26 767,5 10 615,6 2. Jami daromadlar: 231 380,0 162 030,0 69 350,0 2.1. Respublika tashkilotlaridan tushgan tushumlar 135 390,0 135 390,0 2.2. Hududiy tashkilotlardan tushgan tushumlar 69 350,0 69 350,0 2.3. Respublika budjeti mablagʻlari 25 200,0 25 200,0 2.4. Boshqa tushumlar, shu jumladan Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan tushgan tushumlar 1 440,0 1 440,0 3. Jami resurslar: 268 763,1 188 797,5 79 965,6 4. Jami xarajatlar: 249 732,7 182 685,5 67 047,2 4.1. Yangi bolalar sporti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash (39 ta obyekt), jumladan: 228 423,7 170 248,6 58 175,1 4.1.1. sport obyektlarini qurish (25 obyekt, ulardan 8 ta universal sport komplekslari, 8 ta bolalar sport komplekslari bolalar va oʻsmirlar sport maktabi va ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi negizida, 9 suzish havzalari) 145 050,0 104 734,0 40 316,0 4.1.2. mavjud sport inshootlarini rekonstruksiya qilish (13 ta obyektlar, ulardan 1 ta universal sport kompleksi, 6 ta bolalar sport kompleksi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi va ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi negizida, 6 ta suzish basseynlari) 55 731,0 43 238,0 12 493,0 4.1.3. sport inshootlarini kapital taʼmirlash (1 ta obyekt — bolalar sport kompleksi ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi negizida) 1 000,0 1 000,0 4.1.4. avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 26 642,7 21 276,6 5 366,1 4.2. Yangidan ishga tushirilayotgan inshootlarga sport anjomlari va inventarlar sotib olish 8 000,0 8 000,0 4.3. Sport musobaqalari va boshqa tadbirlarni oʻtkazish xarajatlar 2 200,0 1 200,0 1 000,0 4.4. Muntazam sport bilan shugʻullanuvchi qizlarga sotib olingan sport kiyimi boʻyicha qarzdorlikni toʻlash xarajatlari (2016-yilda tuzilgan shartnomalarga muvofiq) 1 860,0 1 860,0 4.5. Respublika hududlariga sport anjomlari va inventarlarni markazlashtirilgan tartibda yetkazib berish xarajatlari 876,0 876,0 4.6. Jamgʻarma apparati va uning filiallarini joriy saqlash xarajatlari 8 373,0 1 376,9 6 99 6,1 ulardan, mehnatga haq toʻlash xarajatlari 7 283,7 851,7 6 432,0 5. Yil oxirida mablagʻlar qoldigʻi: 19 030,4 6 112,0 12 918,4

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2017-yilgi daromad va xarajatlarining (xorijiy valyutada)

ming AQSh dollari T/r Tashkilotlar nomi 2017-yil uchun prognoz 1. Yil boshida mablagʻlar qoldigʻi 15 239,2 2. Jami daromadlar: 2 125,0 2.1. “Oʻzbekneftgaz” MXK 210,0 2.2. “Navoiy KMK” DK 180,0 2.3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 170,0 2.4. “Lukoil Uzbekistan operating company” MChJ 170,0 2.5. “Olmaliq KMK” AJ 150,0 2.6. “Oʻzbektelekom” AK 130,0 2.7. “Oʻzavtosanoat” AK 125,0 2.8. OʻR TIF Milliy banki 120,0 2.9. “Asaka” ATB 120,0 2.10. “Oʻzbekinvest” EIMSK 120,0 2.11. Xorijiy investorlar (Tashqi savdo vazirligi orqali) 120,0 2.12. “Oʻzpaxtaeksport” AJ 110,0 2.13. Boshqa tushumlar, shu jumladan boʻsh mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan tushgan tushumlar 400,0 3. Jami resurslar 17 364,2 4. Xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish uchun xarajatlar 1 200,0 5. Yil oxirida mablagʻlar qoldigʻi 16 164,2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2961-son qaroriga6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan 2017-yilda bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha

mln soʻm. T/r Obyektning nomi va joylashgan joyi Loyiha quvvati Hisob-kitob qiymati Moliyalashtirish summasi Shu jumladan, moliyalashtirish manbalari boʻyicha Obyektni ishga tushirish muddati Respublika jamgʻarmasi Hududiy filiallar Respublika boʻyicha jami (39 obyekt): 298 423,7 228 423,7 170 248,6 58 175,1 shu jumladan: Yangi qurilish (25 obyekt) 205 050,0 145 050,0 104 734,0 40 316,0 Rekonstruksiya qilish (13 obyekt) 65 731,0 55 731,0 43 238,0 12 493,0 Kapital taʼmirlash (1 obyekt) 1 000,0 1 000,0 1 000,0 Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 26 642,7 26 642,7 21 276,6 5 366,1 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jami: 8 978,1 8 978,1 6 999,6 1 978,5 Rekonstruksiya qilish 8 000,0 8 000,0 6 190,0 1 810,0 1. Nukus shahri, Jumanazarov koʻchasidagi sport markazini rekonstruksiya qilishni tugatish obyekt 3 500,0 3 500,0 1 690,0 1 810,0 2017-yil avgust 2. Shumanay tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabini rekonstruksiya qilish va 960 ta tomoshabinga moʻljallangan tribuna qurish obyekt 1 500,0 1 500,0 1 500,0 2017-yil oktyabr 3. Nukus shahrida suv sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabini rekonstruksiya qilish obyekt 3 000,0 3 000,0 3 000,0 2017-yil noyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 978,1 978,1 809,6 168,5 Andijon viloyati Jami: 35 614,7 20 614,7 16 075,3 4 539,4 Yangi qurilish 33 100,0 18 100,0 13 940,0 4 160,0 1. Andijon shahrida universal sport kompleksini qurish yakka tartibdagi loyiha 30 000,0 15 000,0 10 840,0 4 160,0 2017-2018-yy. 2. Paxtaobod tumanida ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yopiq suzish havzasini va sport zalini qurish 25 x 11 3 100,0 3 100,0 3 100,0 2017-yil noyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 2 514,7 2 514,7 2 135,3 379,4 Buxoro viloyati Jami: 34 850,6 19 850,6 15 937,0 3 913,6 Yangi qurilish 34 300,0 19 300,0 15 615,0 3 685,0 1. Buxoro shahrida universal sport kompleksini qurish yakka tartibdagi loyiha 30 000,0 15 000,0 11 315,0 3 685,0 2017-2018-yy. 2. Qorakoʻl tumanida ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yopiq suzish havzasini qurish yak�a tartibdagi loyiha 4 300,0 4 300,0 4 300,0 2017-yil noyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 550,6 550,6 322,0 228,6 Jizzax viloyati Jami: 20 462,5 20 462,5 18 326,4 2 136,1 Yangi qurilish 15 550,0 15 550,0 13 775,0 1 775,0 1. Jizzax shahrida universal sport kompleksini qurish yakka tartibdagi loyiha 10 000,0 10 000,0 8 225,0 1 775,0 2017-2018-yy. 2. Zafarobod tumanida ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining bolalar sport kompleksini qurish II turi 3 800,0 3 800,0 3 800,0 2017-yil noyabr 3. Zarbdor tumani Boʻston shaharchasida ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining bolalar sport kompleksini qurish I turi 1 750,0 1 750,0 1 750,0 2017-yil oktyabr Rekonstruksiya qilish 3 000,0 3 000,0 3 000,0 4. Zarbdor tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabini rekonstruksiya qilish va 960 ta tomoshabinga moʻljallangan tribuna qurish obyekt 1 500,0 1 500,0 1 500,0 2017-yil oktyabr 5. Paxtakor tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabini rekonstruksiya qilish obyekt 1 500,0 1 500,0 1 500,0 2017-yil oktyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 1 912,5 1 912,5 1 551,4 361,1 Qashqadaryo viloyati Jami: 44 601,1 34 601,1 28 426,7 6 174,4 Yangi qurilish 3 800,0 3 800,0 3 800,0 1. Nishon tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabining bolalar sport kompleksini qurish II turi 3 800,0 3 800,0 3 800,0 2017-yil noyabr Rekonstruksiya qilish 38 000,0 28 000,0 22 051,0 5 949,0 2. Qarshi shahrida sport-sogʻlomlashtirish kompleksini qurish va yoniga yopiq koʻp tarmoqli suzish havzalarini qurish yakka tartibdagi loyiha 30 000,0 20 000,0 14 051,0 5 949,0 2017-2018-yy. 3. Qarshi shahrida bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yopiq suzish havzasini rekonstruksiya qilish obyekt 2 000,0 2 000,0 2 000,0 2017-yil noyabr 4. Qarshi shahrida olimpiya zaxiralari kollejidagi yopiq suzish havzasini rekonstruksiya qilish obyekt 4 000,0 4 000,0 4 000,0 2017-yil noyabr 5. Mirishkor tumanida “Pomuk” qishlogʻida bolalar va oʻsmirlar sport maktabini rekonstruksiya qilish obyekt 2 000,0 2 000,0 2 000,0 2017-yil noyabr Kapital taʼmirlash 1 000,0 1 000,0 1 000,0 6. Qarshi shahrida suv sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabini kapital taʼmirlash obyekt 1 000,0 1 000,0 1 000,0 2017-yil oktyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 1 801,1 1 801,1 1 575,7 225,4 Navoiy viloyati Jami: 3 811,3 3 811,3 560,7 3 250,6 Yangi qurilish 3 100,0 3 100,0 3 100,0 1. Nurota tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabida yopiq suzish havzasini qurish 25 x 11 3 100,0 3 100,0 3 100,0 2017-yil noyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 711,3 711,3 560,7 150,6 Namangan viloyati Jami: 4 914,5 4 914,5 1 383,6 3 530,9 Yangi qurilish 3 100,0 3 100,0 3 100,0 1. Yangiqoʻrgʻon tumanida 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida yopiq suzish havzasini qurish 25 x 11 3 100,0 3 100,0 3 100,0 2017-yil noyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 1 814,5 1 814,5 1 383,6 430,9 Samarqand viloyati Jami: 39 458,8 24 458,8 20 002,4 4 456,4 Yangi qurilish 35 100,0 20 100,0 16 033,0 4 067,0 1. Samarqand shahrida universal sport kompleksini qurish yakka tartibdagi loyiha 30 000,0 15 000,0 10 933,0 4 067,0 2017-2018-yy. 2. Kattaqoʻrgʻon shahrida bolalar va oʻsmirlar sport maktabining universal sport zalini qurish 18x42 2 000,0 2 000,0 2 000,0 2017-yil oktyabr 3. Ishtixon tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yopiq suzish havzasini qurish 25x11 3 100,0 3 100,0 3 100,0 2017-yil noyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 4 358,8 4 358,8 3 969,4 389,4 Surxondaryo viloyati Jami: 9 231,0 9 231,0 6 422,5 2 808,5 1. Rekonstruksiya qilish 5 000,0 5 000,0 2 345,0 2 655,0 Termiz shahrida ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabini rekonstruksiya qilish obyekt 5 000,0 5 000,0 2 345,0 2 655,0 2017-yil noyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 4 231,0 4 231,0 4 077,5 153,5 Sirdaryo viloyati Jami: 15 194,0 15 194,0 12 990,9 2 203,1 Yangi qurilish 9 600,0 9 600,0 9 600,0 1. Boyovut tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabining universal sport zalini qurish 18 x 42 2 000,0 2 000,0 2 000,0 2017-yil oktyabr 2. Xovos tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabining bolalar sport kompleksini qurish II turi 3 800,0 3 800,0 3 800,0 2017-yil noyabr 3. Guliston tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabining bolalar sport kompleksini qurish II turi 3 800,0 3 800,0 3 800,0 2017-yil noyabr Rekonstruksiya qilish 3 731,0 3 731,0 1 652,0 2 079,0 2017-yil avgust 4. Guliston shahrida suv sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabini rekonstruksiya qilish va yoniga 25 x 11 m, 6 x 12,5 m suzish basseynlari va oʻlchami 10 x 12 m boʻlgan tramplin qurish obyekt 3 731,0 3 731,0 1 652,0 2 079,0 Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 1 863,0 1 863,0 1 738,9 124,1 Toshkent viloyati Jami: 36 329,7 21 329,7 16 109,5 5 220,2 Yangi qurilish 30 000,0 15 000,0 10 828,0 4 172,0 1. Oʻrtachirchiq tumanida universal sport kompleksini qurish yakka tartibdagi loyiha 30 000,0 15 000,0 10 828,0 4 172,0 2017-2018-yy. Rekonstruksiya qilish 4 000,0 4 000,0 4 000,0 2. Angren shahrida bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yopiq suzish havzasini rekonstruksiya qilish obyekt 4 000,0 4 000,0 4 000,0 2017-yil noyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 2 329,7 2 329,7 1 281,5 1 048,2 Fargʻona viloyati Jami: 16 341,0 16 341,0 11 197,7 5 143,3 Yangi qurilish 15 100,0 15 100,0 10 365,0 4 735,0 1. Fargʻona shahrida universal sport kompleksini qurish yakka tartibdagi loyiha 10 000,0 10 000,0 5 265,0 4 735,0 2017-2018-yy. 2. Furqat tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabining universal sport zalini qurish 18 x 42 2 000,0 2 000,0 2 000,0 2017-yil oktyabr 3. Quva tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yopiq suzish havzasini qurish 25 x 11 3 100,0 3 100,0 3 100,0 2017-yil noyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 1 241,0 1 241,0 832,7 408,3 Xorazm viloyati Jami: 6 462,3 6 462,3 4 141,7 2 320,6 Yangi qurilish 6 100,0 6 100,0 3 901,0 2 199,0 1. Urganch shahri, Yoshlik koʻchasida sportkompleks qurilishini tugatish yakka tartibdagi loyiha 3 000,0 3 000,0 801,0 2 199,0 2017-yil avgust 2. Xonqa tumanida bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yopiq suzish havzasini qurish 25 x 11 3 100,0 3 100,0 3 100,0 2017-yil noyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 362,3 362,3 240,7 121,6 Toshkent shahri Jami: 22 174,1 22 174,1 11 674,6 10 499,5 Yangi qurilish 16 200,0 16 200,0 6 877,0 9 323,0 1. Yakkasaroy tumanida universal sport kompleksini qurish yakka tartibdagi loyiha 10 000,0 10 000,0 677,0 9 323,0 2017-2018-yy. 2. Mirobod tumanida 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yopiq suzish havzasini qurish 25 x 11 3 100,0 3 100,0 3 100,0 2017-yil noyabr 3. Sergeli tumanida suzish sport turlari boʻyicha 1-ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabining yopiq suzish havzasini qurish 25 x 11 3 100,0 3 100,0 3 100,0 2017-yil noyabr Rekonstruksiya qilish 4 000,0 4 000,0 4 000,0 4. Mirobod tumanida sport kompleksini rekonstruksiya qilish obyekt 4 000,0 4 000,0 4 000,0 2017-yil noyabr Avval ishga tushirilgan obyektlar boʻyicha kreditor qarzdorlikni toʻlash (5% kafolatli summa) 1 974,1 1 974,1 797,6 1 176,5

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.