PQ-4827-son Qaror · 15.09.2020

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4827
  • Qabul qilingan sana:15.09.2020
  • Kuchga kirgan sana:16.09.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4827/1279

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1998-yil 11-fevralda imzolangan Ikki yoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi konvensiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida 2019-yil 19-aprelda Toshkent shahrida imzolangan bayonnoma tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisida Koreya tomoniga tegishli xabarnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 15-sentabr,

PQ-4827-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.