PQ-4840-son Qaror · 24.09.2020

“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4840
  • Qabul qilingan sana:24.09.2020
  • Kuchga kirgan sana:25.09.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:ҚММБ 07/20/4840/1318

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6010-son Farmonining ijrosini taʼminlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali tabiiy gazni hisobga olish tizimini takomillashtirish, yoʻqotishlarni bartaraf etish, shuningdek isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlash maqsadida:

1. “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish doirasida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender natijalariga muvofiq “Texnopark” MCHJ bilan elektron gaz hisoblagichlari va zarur boʻlgan uskunalarni yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Loyihani amalga oshirish:

a) quyidagi asosiy yoʻnalishlar asosida jadallashtirilsin:

tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi oʻrinlarda — Tizim) “ishlab chiqarish — gaz taqsimlash stansiyasi — tuman (shahar) chegarasi — yirik uchastkalar kirish qismi — isteʼmolchi” prinsipi asosida butun tarmoq boʻyicha joriy qilish;

hisoblagichlarni birinchi navbatda aholining tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarga oʻrnatish, shuningdek yirik isteʼmolchilar va tadbirkorlik subyektlarini ularning hisobidan Tizimga ulash;

aholi yashash punktlarida barcha isteʼmolchilarning (maishiy, sanoat va budjet) hisoblagichlarini hamda yirik uchastkalar kirish qismidagi hisoblagichlarni bir vaqtning oʻzida oʻrnatish va Tizimga ulash hamda tarmoqdagi yoʻqotishlarni bartaraf etish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish;

hisoblagichlarni oʻrnatish va Tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish orqali joylardagi barcha xodimlarning koʻnikma va malakasini oshirish;

b) quyidagi tartibda tashkil etilsin:

“Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari evaziga 2020-yil 1-oktabrga qadar Qibray, Zangiota va Toshkent tumanlarida Tizimni oʻrnatish;

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan kredit mablagʻlari evaziga 2021-yil 1-fevralga qadar Oʻrtachirchiq, Chinoz, Yuqorichirchiq, Yangiyoʻl va Karmana tumanlari hamda Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Qarshi, Kattaqoʻrgʻon, Qoʻqon, Margʻilon shaharlarida va boshqa qarzdorlik darajasi baland boʻlgan hududlarda Tizimni oʻrnatish;

2021-yil 1-avgustga qadar respublikaning boshqa hududlarida isteʼmolchilarga zamonaviy hisoblagichlarni oʻrnatib, Tizimni toʻliq joriy etish;

ikki oy muddatda yirik isteʼmolchilar, avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarini, 2020-yil yakuniga qadar qolgan tadbirkorlik subyektlarini ularning oʻz mablagʻlari hisobidan hamda 2021-yil 1-mayga qadar ijtimoiy soha obyektlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Tizimga ulanishini taʼminlash.

3. Loyihani moliyalashtirish va 2021-yil 1-avgustga qadar amalga oshirish uchun:

a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 1 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 4 yil muddatda qaytarish sharti bilan, 6 oylik LIBOR plyus 3 foiz yillik stavkada, imtiyozli davrda asosiy qarz boʻyicha hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinishi hisobga olinib, 150 million AQSH dollari miqdoridagi krediti jalb qilinsin;

b) quyidagilar jalb qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 27,5 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi krediti;

elektron gaz hisoblagichlarini yigʻish uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlarini Italiyadan xarid qilishga yoʻnaltiriladigan Italiyaning “SACE” davlat eksport-kredit agentligining sugʻurta qoplamasi ostida xorijiy tijorat banklari krediti;

Loyihaning mahalliy xarajatlarini qoplash uchun birinchi oʻrinda respublika jamgʻarmalari va mahalliy tijorat banklarining mablagʻlari va zaruratga koʻra xorijiy moliyaviy tashkilotlar qarz mablagʻlari.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Energetika vazirligi va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar Italiyaning “SACE” davlat eksport-kredit agentligi va xorijiy moliyaviy tashkilotlar bilan muzokaralar yakunlanishini hamda zarur miqdordagi mablagʻlar jalb qilinishini taʼminlasin.

Moliya vaziriga “Hududgaztaʼminot” AJning Loyiha doirasida taʼminot boʻyicha moliya tashkilotlari, jamgʻarmalar va banklar oldidagi majburiyatlari yuzasidan tegishli kredit shartnomalarining talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini berish vakolati taqdim etilsin.

4. Quyidagilar:

Loyiha doirasida elektron gaz hisoblagichlarini yetkazib berish va oʻrnatish grafiklari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;

tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarda Tizimni joriy qilish grafigi 3-ilovaga muvofiq;

tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarning yirik uchastkalari kirish qismiga elektron gaz hisoblagichlarini 2020-yilda oʻrnatish grafigi 4-ilovaga muvofiq;

tabiiy gaz ulgurji isteʼmolchilarining Loyiha maʼlumotlar bazasiga ulanish grafigi5-ilovaga muvofiq;

tabiiy gaz hisoblagichlarini oʻrnatish hamda Tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha 2020-yil oktabr oyida oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlar grafigi 6-ilovaga muvofiq;

Tizimni joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhining namunaviy tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Tizimni joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhlari:

bir hafta muddatda hisoblagichlarni oʻrnatish va Tizimga ulash ishlarini tashkillashtirishga mahalla raislari va nozirlarini jalb qilish hamda tizimli ravishda aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borishni tashkil qilsin;

hisoblagichlar oʻrnatilgan xonadonlarda ishlatilgan tabiiy gaz uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish va yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish ishlarini tizimli tashkil qilsin;

hududda Tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish, oʻrnatilgan hisoblagichlarga servis xizmatlari koʻrsatish ishlarini tashkil qilsin;

Tizimni joriy etish boʻyicha kunlik nazorat oʻrnatsin;

amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida masʼul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini har haftada tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarida hamda har oyda viloyat darajasida eshitishni tashkillashtirsin.

6. Tizim joriy etilishini nazorat qilish, natijadorligini oʻrganish va tahlil qilish komissiyasi 8-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Quyidagilar mazkur komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Tizim joriy etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish, aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish;

Tizimni joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhlarining ishlari natijadorligini, debitor qarzdorlikni kamaytirish va noqonuniy ulanishlarga chek qoʻyish samaradorligini baholash, ushbu yoʻnalishlarda masʼul rahbarlarning lavozimga loyiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

7. Vazirlar Mahkamasi Hisob palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrdan boshlab ushbu qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan hududlarda aholiga sotilgan tabiiy gaz boʻyicha qoʻshimcha tushumlarning bir qismini “Hududgaztaʼminot” AJning har bir hudud kesimida maxsus hisob raqamlarida jamgʻarish hamda mazkur mablagʻlar hisobidan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb qilingan kredit mablagʻlarini qaytarish tartibini joriy qilsin.

8. Hisob palatasi tuzilmasida xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida 5 nafar shtat birligidan iborat Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarining joriy etilishini hamda hisob-kitoblar holatini monitoring qilish shuʼbasi tashkil etilsin.

Hisob palatasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

taʼminotchi korxonalarning taqsimlash tarmoqlarida elektr energiyasi va tabiiy gaz yoʻqotishlarining oʻzgarishini tahlil qilish;

elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish holati, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli, oʻzaro hisob-kitoblar va mavjud debitor-kreditor qarzdorliklarining tahlili va monitoringini olib borish, ushbu yoʻnalishlarda tegishli choralar koʻrib borish;

maxsus hisob raqamlarga pul tushumlari, ularning maqsadli sarflanishi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit mablagʻlari toʻliq va oʻz vaqtida qaytarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish.

9. “Hududgaztaʼminot” AJ:

2021-yil 1-yanvardan boshlab tabiiy gaz hisobini toʻliq yoʻlga qoʻyish, toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirishni taʼminlash, Tizim orqali aniqlangan xatolarni tezkorlik bilan joyiga chiqib, oʻrganish va bartaraf qilish ishlarini tizimli tashkillashtirishni;

Loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishni hamda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni;

tabiiy gaz hisoblagichlarini oʻrnatish va Tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha mazkur qarorga 6-ilovadagi grafik asosida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishini tashkil etib, joylardagi barcha xodimlarning koʻnikma va malakasini oshirishni;

har bir tuman va shaharda hisoblagich oʻrnatish guruhlarini shakllantirish, ehtiyojga koʻra, tumanlararo mobil oʻrnatish guruhlarini tashkillashtirib, grafik asosida hududlarga jalb qilishni yoʻlga qoʻyishni;

hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan Loyiha doirasida tabiiy gaz hisoblagichlarining isteʼmolchilarga oʻrnatilishida belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilishini va isteʼmolchilar huquqlari buzilishining oldini olishni;

mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishni;

mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishining ekspertizasini yakunlab, 2020-yil 1-dekabrga qadar tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishni;

2021-yil 1-iyunga qadar Tizim bilan muvofiqlikda ishlovchi zamonaviy billing tizimi yaratilishini;

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda tuman va shaharlar kesimida elektron gaz hisoblagichlari oʻz vaqtida yetkazib berilishini, shuningdek, har bir hududda hisoblagich va boshqa uskunalarni taʼmirlash va ularga servis xizmatini koʻrsatish shoxobchalari tashkil qilinishini taʼminlasin.

10. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda isteʼmolchilarning “Hududgaztaʼminot” AJ oldidagi isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun qarzdorliklarini undirish grafigini ishlab chiqib, uni amalga oshirish choralarini koʻrib borsin.

11. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Loyihani moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditni soʻndirish hamda ushbu kredit boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

12. Energetika vazirligi Loyiha doirasida:

“Hududgaztaʼminot” AJga ajratiladigan qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish;

tabiiy gaz hisobini yuritish;

aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz yoʻqotishlarini bartaraf etish boʻyicha rejalashtirilgan natijadorlikni taʼminlash;

toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq miqdorlarda undirilishini taʼminlash ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

13. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi ikki hafta muddatda:

“Hududgaztaʼminot” AJning Loyiha boʻyicha majburiyatlarini hisobga olgan holda tabiiy gazni sotib olish narxlarini va tabiiy gazni sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlasin;

respublikadagi issiqlik taʼminoti korxonalarining pul mablagʻlari taqsimoti tartibini “Hududgaztaʼminot” AJ oldidagi yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun mavjud qarzdorlikni soʻndirishni hisobga olgan holda ishlab chiqib, tasdiqlasin.

14. “Hududgaztaʼminot” AJga Loyiha amalga oshirilishida, istisno tariqasida, uning texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanguniga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtgan import shartnomalari, shuningdek, mahalliy pudratchi va taʼminotchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha moliyalashtirishga ruxsat berilsin.

15. Belgilab qoʻyilsinki:

Energetika vazirligi Loyiha oʻz vaqtida amalga oshirilishiga masʼul ijrochi organ hisoblanadi;

“Hududgaztaʼminot” AJ Loyiha doirasida jalb etilayotgan kreditlar boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi, u asosiy qarzni toʻlaydi, tegishli mablagʻlar hisobidan foizlar, komissiyalar va kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni qoplaydi hamda jalb etiladigan qarz va kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul hisoblanadi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyat hokimliklari “Hududgaztaʼminot” AJ bilan hamkorlikda mazkur qarorga 3 va 4-ilovalarga muvofiq elektron gaz hisoblagichlarining toʻliq oʻrnatilishini taʼminlaydi;

ushbu qarorga 5-ilovada belgilangan muddatlardan soʻng ulgurji isteʼmolchilar bilan shartnomaviy munosabatlarga maʼlumotlarning Tizimga faqat onlayn tarzda uzatilishi taʼminlangan holda yoʻl qoʻyiladi.

16. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda Tizim oʻrnatiladigan hududlarda aloqa va Internet qamrovi bilan taʼminlanganlik hamda aloqa sifati texnik talablarga mosligi darajasini oʻrgansin;

bir oy muddatda barcha hududlarni aloqa va Internet qamrovi bilan 2020-yil yakuniga qadar taʼminlash hamda aloqa sifatini texnik talablarga moslashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini taʼminlab borsin.

17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari B.T. Turabov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 24-sentabr,

PQ-4840-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga1-ILOVA

“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi doirasida elektron gaz hisoblagichlarini yetkazib berish

T/r Mahsulotlar nomi Jami oʻrnati-ladigan EGH va uskunalar soni 2020-yil 1-sentabr holatiga yetkazib berilgan EGH va uskunalar soni EGH va uskuna-larni yetkazib berish rejasi shu jumladan: 2020-yil 2021-yil sentabr oktabr noyabr dekabr yanvar fevral mart aprel may iyun iyul 1 EGHlar jami 3 546 148 343 620 3 202 528 91 772 91 771 359 388 350 643 362 047 359 189 358 178 358 178 359 178 359 193 152 991 shu jumladan: 1.1. G-1,6 rusumli 449 891 11 771 438 120 496 497 35 367 53 035 62 562 49 569 68 695 52 488 55 291 47 878 12 242 1.2. G-2,5 rusumli 339 936 10 675 329 261 13 822 13 504 44 188 43 460 27 294 43 910 31 220 34 997 36 919 27 537 12 410 1.3. G-4 rusumli 941 873 149 092 792 781 38 320 25 102 124 114 82 914 82 812 77 776 80 839 80 564 80 925 92 285 27 130 1.4. G-6 rusumli 1 683 687 168 998 1 514 689 36 651 50 192 140 253 158 706 176 527 170 448 159 824 179 095 173 011 176 324 93 658 1.5. G-10 rusumli 114 050 2 089 111 961 2 147 2 139 14 274 9 870 12 466 14 487 16 302 8 696 11 108 12 996 7 476 1.6. G-16 rusumli 16 711 995 15 716 336 337 1 192 2 658 386 2 999 1 298 2 338 1 924 2 173 75 2 Bosim rostlagichlari 1 292 969 66 246 1 226 723 47 554 42 967 117 528 145 112 128 726 118 737 149 530 138 070 137 969 132 858 67 672 shu jumladan: 2.1. TRG-MK 10 rusumli 1 162 208 66 246 1 095 962 42 663 39 891 105 793 122 186 115 910 106 707 127 022 124 944 126 417 118 814 65 615 2.2. TRG-MK 25 rusumli 130 761 - 130 761 4 891 3 076 11 735 22 926 12 816 12 030 22 508 13 126 11 552 14 044 2 057 3 Himoya qutisi 2 455 176 62 376 2 392 800 75 220 83 341 248 382 262 764 222 592 245 903 276 299 302 413 256 225 276 352 143 309

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga2-ILOVA

“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi doirasida elektron gaz hisoblagichlarini oʻrnatish

T/r Vazifalar Loyiha boʻyicha rejalash-tirilgan 2020-yil 1-sentabr holatiga amalda bajarilgan 2020-yil sentabr-dekabr rejasi shu jumladan: 2021-yil yanvar-iyul rejasi sentabr oktabr noyabr dekabr Jami respublika boʻyicha Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 3 546 148 343 620 893 574 91 772 91 771 359 388 350 643 2 308 954 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 1 292 969 66 246 353 161 47 554 42 967 117 528 145 112 873 562 Himoya qutisini oʻrnatish 2 455 176 62 376 669 707 75 220 83 341 248 382 262 764 1 723 093 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 5 235 528 55 16 6 25 8 4 652 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 1 294 328 148 23 8 65 52 818 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 1 288 - 442 441 1 738 1 704 1 675 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 241 592 13 213 51 848 - - 26 650 25 198 176 531 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 103 492 2 945 32 941 - - 11 285 21 656 67 606 Himoya qutisini oʻrnatish 206 885 1 097 52 786 - - 21 230 31 556 153 002 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 8 8 - - - - - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 237 109 31 - - 21 10 97 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 48 - - - 128 121 152 2. Andijon viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 221 013 61 996 72 547 12 750 14 476 22 720 22 601 86 470 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 88 788 8 065 38 371 6 375 7 314 13 320 11 362 42 352 Himoya qutisini oʻrnatish 177 404 5 265 78 303 4 911 14 476 29 282 29 634 93 836 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 27 - 11 - - 7 4 16 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 54 - 25 - - 17 8 29 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 95 - 62 69 109 109 64 3. Buxoro viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 262 033 23 953 66 276 - - 33 138 33 138 171 804 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 120 223 3 265 34 523 - - 10 444 24 079 82 435 Himoya qutisini oʻrnatish 220 589 1 097 37 918 - - 18 223 19 695 181 574 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 4 916 436 6 - - 3 3 4 474 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 101 79 6 - - 3 3 16 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 57 - - - 149 149 147 4. Jizzax viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 143 825 14 365 40 982 10 378 10 190 10 397 10 017 88 478 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 61 147 1 793 22 020 6 192 5 136 4 744 5 948 37 334 Himoya qutisini oʻrnatish 114 721 4 337 33 253 8 786 8 627 9 025 6 815 77 131 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 21 2 2 - - 2 - 17 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 24 8 2 - - 2 - 14 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 34 - 50 49 50 48 74 5. Qashqadaryo viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 150 809 17 473 49 106 - - 24 456 24 650 84 230 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 64 769 4 225 21 116 - - 10 516 10 600 39 428 Himoya qutisini oʻrnatish 114 646 3 833 36 748 - - 18 301 18 447 74 065 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 36 11 3 - - 3 - 22 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 441 9 2 - - 2 - 430 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 58 - - - 118 119 64 6. Navoiy viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 132 797 13 273 24 463 - - 12 231 12 232 95 061 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 42 734 1 345 10 934 - - 4 252 6 682 30 455 Himoya qutisini oʻrnatish 83 187 665 22 918 - - 12 221 10 697 59 604 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 18 13 - - - - - 5 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 61 61 - - - - - - Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 65 - - - 60 59 89 7. Namangan viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 164 194 15 007 55 922 - - 28 774 27 148 93 265 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 65 973 12 040 10 368 - - 4 559 5 809 43 565 Himoya qutisini oʻrnatish 130 417 3 393 40 405 - - 19 120 21 285 86 619 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 15 15 - - - - - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 30 29 1 - - 1 - - Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 128 - - - 138 150 87 8. Samarqand viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 281 750 9 813 79 450 20 116 18 436 21 946 18 952 192 487 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 110 188 1 985 24 252 6 142 5 628 6 698 5 784 83 951 Himoya qutisini oʻrnatish 220 299 89 48 493 12 278 11 252 13 395 11 568 171 717 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 84 - 15 12 3 - - 69 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 40 - 8 6 2 - - 32 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 140 - 97 89 106 91 160 9. Surxondaryo viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 107 833 14 617 29 227 - - 14 820 14 407 63 989 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 43 193 3 905 8 031 - - 4 265 3 766 31 257 Himoya qutisini oʻrnatish 85 804 3 401 16 060 - - 7 635 8 425 66 343 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 1 - 1 - - 1 - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 26 2 2 - - - 2 22 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 42 - - - 71 69 89 10. Sirdaryo viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 105 943 13 409 24 175 - - 12 087 12 088 68 359 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 40 584 3 777 7 091 - - 5 980 1 111 29 716 Himoya qutisini oʻrnatish 80 711 6 129 13 999 - - 7 776 6 223 60 583 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 8 - - - - - - 8 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 10 - - - - - - 10 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 40 - - - 84 85 60 11. Toshkent viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 593 513 89 950 191 077 48 528 48 669 46 970 46 910 312 486 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 234 540 15 652 91 330 28 845 24 889 20 436 17 160 127 558 Himoya qutisini oʻrnatish 448 621 24 872 178 851 49 245 48 986 44 344 36 276 244 898 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 53 26 12 4 3 4 1 15 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 75 10 32 17 6 7 2 33 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 424 - 233 234 226 226 - 12. Fargʻona viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 299 079 21 281 60 349 - - 31 024 29 325 217 449 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 100 490 5 121 21 745 - - 13 184 8 561 73 624 Himoya qutisini oʻrnatish 197 348 2 249 45 132 - - 25 167 19 965 149 967 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 46 17 5 - - 5 - 24 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 50 21 4 - - 4 - 25 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 62 - - - 148 141 197 13. Xorazm viloyati Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 224 968 14 173 48 152 - - 24 175 23 977 162 643 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 99 236 1 345 11 622 - - - 11 622 86 269 Himoya qutisini oʻrnatish 196 257 633 35 988 - - 12 010 23 978 159 636 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 2 - - - - - - 2 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 56 - 15 - - 8 7 41 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 51 - - - 112 184 97 14. Toshkent shahri Elektron gaz hisoblagichini oʻrnatish 616 799 21 097 100 000 - - 50 000 50 000 495 702 Gaz bosimi rostlagichini oʻrnatish 117 612 783 18 817 - - 7 845 10 972 98 012 Himoya qutisini oʻrnatish 178 287 5 316 28 853 - - 10 653 18 200 144 118 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish - - - - - - - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 89 - 20 - - - 20 69 Oʻrnatuvchi guruhlarning jami soni - 44 - - - 240 153 396

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga3-ILOVA

Tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarda tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga4-ILOVA

Tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarning yirik uchastkalari kirish qismiga elektron gaz hisoblagichlarini 2020-yilda oʻrnatish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga5-ILOVA

Tabiiy gaz ulgurji isteʼmolchilarining “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish” loyihasi maʼlumotlar bazasiga ulanish

Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6010-son Farmoniga muvofiq “Oʻztransgaz” AJning magistral gaz quvurlariga ulangan ulgurji isteʼmolchilar 2021-yilning 31-dekabriga qadar “Hududgaztaʼminot” AJ gaz tarmoqlariga ulanishi koʻzda tutilgan boʻlib ular maʼlumotlar bazasiga “"Hududgaztaʼminot” AJ bilan shartnoma tuzish jarayonida ulanadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga6-ILOVA

Tabiiy gaz hisoblagichlarni oʻrnatish hamda Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha 2020-yil oktabr oyida oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga7-ILOVA

Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga8-ILOVA

Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishini nazorat qilish, natijadorligini oʻrganish va tahlil qilish komissiyasi

Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga9-ILOVA

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditni soʻndirish hamda ushbu kredit boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlashning

* asosiy qarz va foiz toʻlovlari kredit mablagʻlarni amalda jalb qilish muddatlari va qiymatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.