PQ-4844-son Qaror · 29.09.2020

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4844
  • Qabul qilingan sana:29.09.2020
  • Kuchga kirgan sana:30.09.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4844/1341

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2019-yil 24-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Toshkent shahrida Iqtisodiyotni qayta tiklash boʻyicha kredit institutining (KfW) mahalliy byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.

2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani Germaniya Federativ Respublikasi tomoniga yuborsin;

Toshkent shahrida Iqtisodiyotni qayta tiklash boʻyicha kredit institutining (KfW) mahalliy byurosi xorijiy davlatning iqtisodiy va texnik hamkorlik boʻyicha Hukumat tashkiloti vakolatxonasi sifatida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 29-sentabr,

PQ-4844-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.