PQ-2563-son Qaror · 20.07.2016

Koreyaning Eksport-import bankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasi ishtirokida “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2563
  • Qabul qilingan sana:20.07.2016
  • Kuchga kirgan sana:20.07.2016
  • Holati:Amalda

Umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali maktab taʼlimi tizimining sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida:

1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:

2015-yil 28-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Eksport-import banki oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasidan (EDCF) mablagʻlari hisobidan 2766 ta umumtaʼlim maktablarini 2859 ta oʻquv kompyuter sinflari, shu jumladan, tizim va amaliy dasturlar toʻplami, ixtisoslashtirilgan kompyuter mebellari bilan jihozlashni nazarda tutuvchi “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 40 yil muddatga, shu jumladan oʻn yillik imtiyozli davrga ega boʻlgan 33,0 mln. AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilganligi.

loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshadigan hissasi ekvivalentligi 18,3 mln. AQSH dollariga teng, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlarini berish orqali 8,1 mln. AQSH dollarni tashkil etadi;

qonun hujjatlariga muvofiq ushbu loyihani amalga oshirish doirasida Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasidan (EDCF) qarz mablagʻlari hisobidan xarid qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi;

mazkur imtiyozlar taqdim etish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi hisoblanadi.

loyihani amalga oshirish muddati uch yil etib belgilangan.

2. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasidan (EDCF) jalb etayotilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish va mazkur loyihani amalga oshirish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasining (EDCF) asosiy qarzini toʻlash va qarz boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

3. Quyidagilar:

“Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;

“Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasi boʻyicha Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasining (EDCF) qarzini soʻndirish va foizlarini toʻlash prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi budjet mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazi tuzilmasida 3 shtat birligidan iborat loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin, shuningdek, loyihani amalga oshirishda Markazning cheklangan umumiy soni 2 birlikka koʻpaytirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomasiga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga Xalq taʼlimi vazirligining talabnomasiga koʻra, koʻp martalik vizalar berilishini va ularni muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtincha roʻyxatda turish va uning yashash joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishni davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomasi boʻyicha mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2016-yil 20-iyul,

2563-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-iyuldagi PQ-2563-son qaroriga1-ILOVA

“Maktab taʼlimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasining Texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy

ming AQSH dollariT/rKoʻrsatkich nomiOʻlchov birligiJamiMoliyalashtirish manbalari:EDCF qarziOʻzbekiston Respublikasining hissasi**1.Loyihaning umumiy qiymati*ming AQSH doll.51 351,333 000,018 351,32.Kapital qoʻyilmalarning umumiy summasi, jamiming AQSH doll.43 217,033 000,010 217,0Jumladan, tashkilot texnikasi va jihozlar:ming AQSH doll.30 519,327 507,53 011,8Erkin ayirboshlash valyutada (EAV)ming AQSH doll.27 507,527 507,5Jumladan:oʻqituvchilar uchun 2 859 ta kompyuter va dasturiy taʼminot xarid qilish1 987,0/ 987,0oʻquvchilar uchun 43 127 ta kompyuter xarid qilish23 935,523 935,52 859 ta printer xarid qilish411,7411,72 859 ta tarmoq uskunalari xarid qilish594,7594,72 859 ta kuchlanish stabilizatorlari xarid qilish446,0446,022 872 ta uzaytirgich xarid qilish132,6132,6milliy valyutadaekv. ming AQSH doll.3 011,83 011,82 859 ta konditsioner xarid qilish3011,83011,8Boshqa xarajatlar12 623,45 459,57 163,9Erkin ayirboshlash valyutada (EAV)ming AQSH doll.5 459,55 459,5Jumladan:konsalting xizmatlari koʻrsatish1 020,0/ 020,0oʻrnatish-montaj ishlarini tashkil etish2 410,52 410,5trening kurslarini oʻtkazish178,0178,0kutilmagan xarajatlar1 851,01 851,0milliy valyutadaekv. ming AQSH doll.7 163,97 163,9jihozlar xarid qilish7 074,87 074,8LARG xodimlarining ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovi (YEIT)89,189,1Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar74,333,041,3Erkin ayirboshlash valyutada (EAV) (qarz boʻyicha komissiya toʻlovlari)mingAQSH doll33,033,0milliy valyutada (qarz boʻyicha foiz toʻlovlari)ekv. ming AQSH doll41,341,3Soliq va bojxona imtiyozlari8 134,38 134,3milliy valyutadaekv. ming AQSH doll8 134,38 134,3bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari) va QQS8 134,38 134,33.Mavjud asosiy fondlarning qiymati00004.Loyihaning quvvati2 766 ta maktab va 2 859 ta oʻquv kompyuter sinflari toʻplami5.Taxminiy bandlik soniLoyiha boʻyicha yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilmagan6.Investitsiya davrining davomiyligi36 oy7.Ishlab chiqarish fondlarini yaratish qiymati51 351,3 ming AQSH dollari8.Qarzni qaytarish muddati40 yilImtiyozli davr10 yil

Izohlar:

* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari tender (tanlov) savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.

** Xorijiy valyuta kursi, hisob-kitoblarda qoʻllaniladigan: 1 AQSH dollari — 2532,34 soʻm.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-iyuldagi PQ-2563-son qaroriga2-ILOVA

“Maktab taʼlimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasi (EDCF) qarzini qaytarish va unga foiz toʻlovlarini toʻlash boʻyicha

Qarz mablagʻlarining summasi33,0 mln. AQSH dollariFoiz stavkasiyillik 0,1% Xizmat koʻrsatish uchun komissiyaQarz summasining 0,1%Qarz muddati40 yil, shu jumladan 10 yillik imtiyozli davrAQSH dollari.ToʻlovlarEDCF qarzining asosiy qismini qaytarishFoiz toʻlovlari (yiliga 0,1%)Jami toʻlanishi lozim boʻlgan summa*2015-yil 20-may--2015-yil 20-noyabr-2 786,472 786,472016 yil 20-may-5 495,905 495,902016 yil 20-noyabr-8 326,138 326,132017 yil 20-may-10 915,0410 915,042017 yil 20-noyabr-13 865,7913 865,792018 yil 20-may-16 364,3816 364,382018 yil 20-noyabr-16 635,6216 635,622019 yil 20-may-16 364,3816 364,382019 yil 20-noyabr-16 635,6216 635,622020 yil 20-may-16 454,7916 454,792020 yil 20-noyabr16 635,6216 635,622021 yil 20-may-16 364,3816 364,382021 yil 20-noyabr-16 635,6216 635,622022 yil 20-may-16 364,3816 364,382022 yil 20-noyabr-16 635,6216 635,622023 yil 20-may-16 364,3816 364,382023 yil 20-noyabr-16 635,6216 635,622024 yil 20-may-16 454,7916 454,792024 yil 20-noyabr-16 635,6216 635,622025 yil 20-may-16 364,3816 364,382025 yil 20-noyabr550 000,0016 635,62566 635,622026 yil 20-may550 000,0016 091,64566 091,642026 yil 20-noyabr550 000,0016 081,10566 081,102027 yil 20-may550 000,0015 546,16565 546,162027 yil 20-noyabr550 000,0015 526,58565 526,582028 yil 20-may550 000,0015 083,56565 083,562028 yil 20-noyabr550 000,0014 972,05564 972,052029 yil 20-may550 000,0014 455,21564 455,212029 yil 20-noyabr550 000,0014 417,53564 417,532030-yil 20-may550 000,0013 909,73563 909,732030-yil 20-noyabr550 000,0013 863,01563 863,012031-yil 20-may550 000,0013 364,25563 364,252031-yil 20-noyabr550 000,0013 308,49563 308,492032-yil 20-may550 000,0012 889,59562 889,592032-yil 20-noyabr550 000,0012 753,97562 753,972033-yil 20-may550 000,0012 273,29562 273,292033-yil 20-noyabr550 000,0012 199,45562 199,452034-yil 20-may550 000,0011 727,81561 727,812034-yil 20-noyabr550 000,0011 644,93561 644,932035-yil 20-may550 000,0011 182,33561 182,332035-yil 20-noyabr550 000,0011 090,41561 090,412036-yil 20-may550 000,0010 695,62560 695,622036-yil 20-noyabr550 000,0010 535,89560 535,892037-yil 20-may550 000,0010 091,37560 091,372037-yil 20-noyabr550 000,009 981,37559 981,372038-yil 20-may550 000,009 545,89559 545,892038-yil 20-noyabr550 000,009 426,85559 426,852039-yil 20-may550 000,009 000,41559 000,412039-yil 20-noyabr550 000,008 872,33558 872,332040-yil 20-may550 000,008 501,64558 501,642040-yil 20-noyabr550 000,00 8 317,81558317,812041-yil 20-may550 000,007 909,45557 909,452041-yil 20-noyabr550 000,007 763,29557 763,292042-yil 20-may550 000,007 363,97557 363,972042-yil 20-noyabr550 000,007 208,77557 208,772043-yil 20-may550 000,006 818,49556 818,492043-yil 20-noyabr550 000,006 654,25556 654,252044-yil 20-may550 000,006 307,67556 307,672044-yil 20-noyabr550 000,006 099,73556 099,732045-yil 20-may550 000,005 727,53555 727,532045-yil 20-noyabr550 000,005 545,21555 545,212046-yil 20-may550 000,005 182,05555 182,052046-yil 20-noyabr550 000,004 990,68554 990,682047-yil 20-may550 000,004 636,58554 636,582047-yil 20-noyabr550 000,004 436,16554 436,162048-yil 20-may550 000,004 113,70554 113,702048-yil 20-noyabr550 000,003 881,64553 881,642049-yil 20-may550 000,003 545,62553 545,622049-yil 20-noyabr550 000,003 327,12553 327,122050-yil 20-may550 000,003 000,14553 000,142050-yil 20-noyabr550 000,002 772,60552 772,602051-yil 20-may550 000,002 454,66552 454,662051-yil 20-noyabr550 000,002 218,08552 218,082052-yil 20-may550 000,001 919,73551 919,732052-yil 20-noyabr550 000,001 663,56551 663,562053-yil 20-may550 000,001 363,70551 363,702053-yil 20-noyabr550 000,001 109,04551 109,042054-yil 20-may550 000,00818,22550 818,222054-yil 20-noyabr550 000,00554,52550 554,522055-yil 20-may550 000,00272,74550 272,74Jami33 000 000,00792 579,3233 792 579,32

* Toʻlov summalari qarz mablagʻlarining amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.