PQ-1795-son Qaror · 02.08.2012

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1795
  • Qabul qilingan sana:02.08.2012
  • Kuchga kirgan sana:02.08.2012
  • Holati:Amalda

Respublika hududlarida elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish, yoʻqotishlarni kamaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasini hisobga olishning aniqligi va toʻliqligini oshirish maqsadida:

1. “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish maqsadida 2012-yil 16-fevralda quyidagi hujjatlar imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:

Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) oʻrtasida kredit shartnomasi;

“Oʻzbekenergo” va OTB oʻrtasidagi loyiha shartnomasi.

2. Umumiy qiymati 207,426 million AQSH dollari ekvivalentida “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish”. Oʻzbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi 0,4 kV isteʼmolchilarning elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini etib quyidagilar belgilansin:

OTBning oddiy resurslari hisobidan 25 yil, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 150,0 million AQSH dollari miqdoridagi OTB krediti;

“Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining 25,226 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan soliq va bojxona imtiyozlari koʻrinishidagi 32,2 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar.

3. “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlari 0,4 kV isteʼmolchilarining elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan birgalikda ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Ushbu loyiha boʻyicha “Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari buyurtmachi etib belgilansin.

5. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida OTB kredit mablagʻlari hisobidan sotib olingan tovarlar, ishlar va xizmatlar davlat maqsadli jamgʻarmalariga bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻi, majburiy ajratmalar va yigʻimlardan ozod qilinsin.

Belgilansinki, koʻrsatilgan imtiyozlar berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi hisoblanadi.

Ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlar “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining ushbu loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlari hisobidan sotib olingan tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek avtotransport vositalariga nisbatan kengaytirilsin.

6. “Oʻzstandart” agentligi “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlari isteʼmolchilarining 0,4 kV elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasi doirasida import qilinadigan tovarlar, asbob-uskunalar va materiallarni oʻz vaqtida sertifikatlash amalga oshirilishini taʼminlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ soʻroviga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari belgilangan tartibda, konsullik yoki boshqa yigʻimlarsiz rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining talabiga binoan koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, vaqtinchalik propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning muddatini uzaytirishni koʻrsatilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasida davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda taʼminlasin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari G.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 2-avgust,

PQ-1795-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi PQ-1795-son qarorigaILOVA

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy parametrlari “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi 0,4 kV isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi”

T/rKoʻrsatkichlar nomiOʻlchov birligiJamishu jumladan:OTB krediti“Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlariOʻzbekiston Respublikasining hissasi1.Loyihaning umumiy qiymati*ming. doll.207 426150 00025 22632 2002.Jami kapital qoʻyilmalar*ming. doll.175 226150 00025 226-2.1.Shu jumladan:Mashina va uskunalar, jamiming. doll.126 438120 9365 502-SKVdaming. doll.114 627114 627--milliy valyutadaekviv. ming dollar11 8116 3095 502-2.2.qurilish-montaj ishlariekviv. ming dollar20 0324 67415 358-SKVdaming. doll.----milliy valyutadaekviv. ming dollar20 0324 67415 358-2.3.investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlarekviv. ming dollar2 228-2 228-SKVdaming. doll.873-873-milliy valyutadaekviv. ming dollar1 355-1 355-2.4.boshlangʻich aylanma mablagʻlarekviv. ming dollar----SKVdaming. doll..----milliy valyutadaekviv. ming dollar----2.5.boshqa xarajatlarekviv. ming dollar26 52824 3902 138-SKVdaming. doll.24 39024 390--milliy valyutadaekviv. ming dollar2 138-2 138-3.Oʻzbekiston Respublikasining bojxona va soliq imtiyozlari koʻrinishidagi hissasiekviv. ming dollar32 200--32 2004.Korxona quvvati- qoʻshimcha hisobga olingan elektr energiyasi hajmi19 590 mln kVt.s- kutilayotgan eksport hajmieksport kutilmaydi5.Ishchilarning taxminiy soniodam1836.Loyihani qoplashning taxminiy muddatiyil197.Investitsion davrning davomiyligi (shu jumladan loyiha ishlari)oy408.Yaratilgan ishlab chiqarish fondlarining tannarxiekviv. ming dollar175 2269.Kredit va boshqa qarz mablagʻlari muddati,yil25shu jumladan SRdayil25

Eslatma.

* Yakuniy xarajat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib berish boʻyicha tenderlar va qurilish ishlarini bajarish natijalariga koʻra aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.