PF-6126-son Farmon · 07.12.2020

Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-6126
  • Qabul qilingan sana:07.12.2020
  • Kuchga kirgan sana:07.12.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/20/6126/1608

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi bir oy muddatda aholining ipoteka krediti mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish, shu jumladan ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal miqdorini kamaytirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

3. Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 7-dekabr,

PF-6126-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-son Farmonida:

a) 4-band beshinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” va “ikki va uch xonali” soʻzlari tegishincha “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi”va “ikki va undan koʻp xonali” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 9-bandda:

ikkinchi xatboshi “2020-yilda” soʻzlaridan keyin “harbiylar, shu jumladan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

uchinchi xatboshidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi” va “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi” soʻzlari tegishincha “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” va “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga 1-ILOVA

2020-yilda qishloq joylarida yangi tartibga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar toʻlashning

Izoh:

* 2020-yilda qishloq joylarida yangi tartibga muvofiq koʻp kvartirali uylarni qurish va subsidiyalar toʻlashning maqsadli moʻljallariga zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bozor tamoyillari asosida uy-joy qurilishi va sotilishining yangi tartibini joriy etish boʻyicha respublika komissiyasi taklifiga koʻra tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

** Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan sotib olinadigan kvartiralarga ajratilishi rejalashtirilgan subsidiyalar qayta taqsimlanmaydi”;

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga 2-ILOVA

2020-yil shaharlarda yangi tartibga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar toʻlashning

Izoh:

* 2020-yilda shaharlarda yangi tartibga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar toʻlashning maqsadli moʻljallariga zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bozor tamoyillari asosida uy-joy qurilishi va sotilishining yangi tartibini joriy etish boʻyicha respublika komissiyasi taklifiga koʻra tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

** Andijon, Namangan, Fargʻona va Samarqand viloyatlarida qurilgan kvartiralar sonidan ortgan subsidiyalar yangi tartib doirasidan tashqari qurilgan va birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha berilishi mumkin”.

g) 6-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga 6-ILOVA

Bozor tamoyillari asosida uy-joy qurilishi va sotilishining yangi tartibini joriy etish boʻyicha respublika komissiyasi

Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4701-son qarorida:

a) 3-bandda:

birinchi xatboshi “qurilgan kvartiralarni” soʻzlaridan keyin “(mazkur qarorning 3-1-bandida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarda “2 xonali” soʻzlari “1 va 2 xonali” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:

“3-1. Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan xonalarga boʻlinmagan holda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori quyidagi miqdorlarda belgilansin:

Toshkent shahrida — umumiy maydoni 60 metr kvadratgacha boʻlgan kvartiralar uchun — 264 mln soʻm, umumiy maydoni 60 metr kvadratdan ortiq boʻlgan kvartiralar uchun — 352 mln soʻm;

boshqa hududlarda — umumiy maydoni 60 metr kvadratgacha boʻlgan kvartiralar uchun — 240 mln soʻm, umumiy maydoni 60 metr kvadratdan ortiq boʻlgan kvartiralar uchun — 320 mln soʻm.

Mazkur banda koʻzda tutilgan ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar toʻlanmaydi”;

v) 4-band “20 yilgacha” soʻzlaridan keyin “(yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

g) 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari “20 yilgacha” soʻzlaridan keyin “(yigirmanchi yilni ham qoʻshgan holda)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

d) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Belgilab qoʻyilsinki:

mazkur qarorning 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan tartib va shartlar 2022-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi va yangi tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlariga nisbatan tatbiq etiladi;

mazkur qarorning 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kvartiralarni sotib olishga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida toʻlanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan 2020 va 2021-yil uchun belgilanadigan uy-joylarning hisoblangan qiymatida bir xonali kvartiralar ham inobatga olinadi”;

e) quyidagi mazmundagi 7-1-band bilan toʻldirilsin:

“7-1. Fargʻona viloyati hokimligi, Markaziy bank va Moliya vazirligining Fargʻona viloyatining choʻl-adir hududlarida, istisno tariqasida, 2020-2021-yillarda yakka tartibdagi namunaviy uylar qurilishi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:

yakka tartibdagi namunaviy uy-joylar qurilishi xususiy pudrat tashkilotlarining oʻz mablagʻlari, tijorat banklaridan olingan kredit va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish meʼyorlariga mos, tayyor holda qurib bitkazilgan yakka tartibdagi namunaviy uylarni aholi tomonidan sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari beriladi;

yakka tartibdagi namunaviy uylar qurilishini reyting bahosi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan belgilanadigan darajadan kam boʻlmagan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

Fargʻona viloyati hokimligi aholi arizalari va uy-joy bozorini oʻrganish hamda aholining ipoteka kreditlari boʻyicha real toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda yakka tartibdagi namunaviy uylarning qurilish ishlarini tashkil etsin”;

j) 10-bandda:

uchinchi xatboshi “qoplash uchun” soʻzlaridan keyin “kreditning butun davri, biroq kredit olingan kundan boshlab 24 oydan ortiq boʻlmagan muddat davomida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi xatboshidagi “2-xonali” soʻzlari “1 va 2 xonali” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi PF-6274-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 06/21/6274/0766-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.